Sezgi psixik jarayon sifatida
Paranormal (g‘ayritabiiy) idrok mavjudmi?
Download 25.91 Kb.
|
3- seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat va vaqtni idrok etish.
- Idrok buzilishlari
Paranormal (g‘ayritabiiy) idrok mavjudmi?
G‘ayritabiiy idrok - bu ichki sezgilardan ajralgan holatda telepatiya (fikran so‘zlashish), kleyarens (normal holatdagi sezgi organlari bilan sezib boMmaydigan sezish qobiliyati) hamda kelajakni oldindan ko‘ra olishni idrok qila olish qobiliyatining bahsli tasdig‘i hisoblanadi. Parapsixologiya - bu odatdagi voqea-hodisalami g ‘ayritabiiy sezuvchi idrok ham da g ‘ayritabiiy aqliy iste’dodni o ‘z ichiga qamrab olgan holatda izlanishlar olib boradi. Harakat va vaqtni idrok etish. Odamning yo ‘nalish harakati biz qilayotgan harakatga aloqador b o ‘ladi. Biz harakat qilgan paytimiz harakatsiz bo ‘lgan obyektlar ham harakatlanayotgandek bo‘ladi. M asalan, avtobusda ketayotgan paytimiz uylar ham harakatlanayotganday b o iad i. Yoki biz old tarafga harakatlanayotgan bo‘lsak oldimizdagi obyektlar bizdan uzoqlashib borayotganday harakatlanadi. Biz harakatni qanday idrok qilamiz? Harakatni idrok qilinishi - obyektlamig fazoda egallagan holati o‘zgarishini aks ettirishdir. Harakatni idrok etilishi hayotiy muhim ahamiyatga ega. Faraz qiling, siz dunyoning rangini, tuzilishi va chuqurligini idrok qilyapsizu, ammo uning harakatini idrok qila olmayapsiz. Sizda nafaqat velosiped haydashda, m ashina haydashda qolaversa, yozish va yurishda ham muammo bo‘ladi. Vaqtni idrok qilish. Vaqtni idrok qilinishi voqelik hodisalaming obyektiv ravishda doimiyligini, tezligi va izchilligini aks ettirish demakdir. Vaqtni idrok qilish kishiga muhitdan mo‘ljal olish imkonini beradi. Odamda vaqtni chamalash miya qobig‘i bo‘lmalarida ro‘y beradi. Miya qobig‘ining ma’lum bir joyida vaqtni chamalash ro‘y beradi, vaqtni sarhisob qilishning maxsus markazi mavjud degan taxmin asossizdir. Vaqtni idrok etilishi negizini qo‘zg‘alish va tormozlanishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy nerv sistemasida, bosh miya yarimsharlarida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari susayishining oqibati deb hisoblash mumkin. Idrok buzilishlari Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o‘ziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illuziya hodisasidir. Odatda ikki xil illuziya farqlanadi: a) obyektiv illuziya; b) subyektiv illuziya. Obyektiv illuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo‘lib, uni geometrik illuziya deb ham yuritiladi. Obyektiv illuziya biz idrok qilayotgan narsalaming o‘zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illuziyaning bu turi har xil geometrik shakllami idrok qilishda juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo‘lgan ikkita gorizontal to‘g‘ri chiziq chizilsa, bu chiziqlaming uchlarida tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illuziyaning bu turiga juda ko‘plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo‘lgan uchta ketma-ket turgan to‘g‘ri burchakli ustunchalami chizib, ulaming atrofiga uzoqlashtimvchi chiziqlami chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Bu yerda uzoqlashtimvchi chiziqlaming ta’sirida illuziya hosil bo‘ladi. Subyektiv illuziyalar odamning ayni chog‘dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro‘y beradigan o ‘zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o ‘tilganidek, odam kechasi yolg‘iz ko‘chada qo‘rqib ketayotgan b o isa , har bir sharpa uning qo'rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro‘parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o ‘xshab ko‘rinadi. Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko‘plab gaplar kuchli qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g ‘ri idrok qilish, ya’ni subyektiv illuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba’zan odam qattiq qo‘rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po‘stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik 1.1.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog‘liq b o ig an organizmning biror qismida keskin o ‘zgarish paydo b o iad i. Chunonchi, odamning og‘zi yoki ko‘zi qiyshayib qolishi mumkin yoki qo‘li, oyog‘i falaj bo’lib qolishi mumkin. Subyektiv illuziya hodisasi, ya’ni qattiq qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g ‘ri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yuqoridagi mulohazalarni, ya’ni yanglish idrok natijasida paydo boladigan qo‘rqinchli obrazlami nazarda tutib, hech vaqt bolalami qo‘rqitish kerak emas. Psixologiyada ko‘rish illuziyalarining o‘rganilishi o ‘zining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz k o ‘rsatkich va o‘rta barmoqlarimizni chalishtirib, no‘xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barm og‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no‘xot bordek his qilamiz. Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling