Sezgi psixik jarayon sifatida
Idrokning xususiyatlari va shakllari
Download 25.91 Kb.
|
3- seminar
Idrokning xususiyatlari va shakllari.
Idrokni klassifikatsiya qilinishida ham sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi analizator ustunroq kelishiga muvofiq ko‘rish-eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezik, hidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilinishi farqlanadi. Idrok qilish jarayoni odatda o‘zaro birgalikda bir qancha analizatorlar vositasida sodir bo‘ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi. Idrokning predmetUligi - obyektivlashtirish hodisasi, ya’ni tashqi olamdan olinadigan axborotlaming o‘sha narsaga mansubligida ifoda qilinadi va xatti-harakatni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Biz narsalami ulaming ko‘rinishiga qarab emas, balki ulami amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab baholaymiz. Idrokning yana bir xususiyati, uning yaxlitliligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. Yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlami umumlashtirish negizida tarkib topadi. Idrokning yaxlitliligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlaming o‘ziga xos xususiyatlaridir va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlaming reflektor faoliyati natijasidir. Idrokning doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o‘zgarishiga qaramay, narsaga xos bo‘lgan kattalik, shakl, rang va boshqa xususiyatlaming idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajasi o‘zgarishiga qaramay, biz qomi oq, ko‘mimi 93 qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. Qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo‘lib ko‘rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda yerdagi odamlar va narsalar kichkina b o iib ko‘rinsa ham ulami odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko‘rinsa ham, uni to‘rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko‘rinsa ham, uni butun deb idrok qilamiz. Narsalaming shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak-atrofdagi narsalami aslida qanday bo‘lsa shundayligicha obyektiv ravishda bilishga imkon beradi. Idrokning individual farqlari va rivojlanishi I ngliz psixologi Jon Lokk (1632-1704) biz o ‘z tajribalarimiz orqali olamni turlicha idrok qilishni o ‘rganishimiz mumkinligi haqida o ‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Chindan ham, biz predmetlami ulam ing masofasi va o ‘lchamlarini bir-biriga bogMash orqali o ‘rganamiz. X o‘sh, bunday holatda tajriba qanday muhim ahamiyatga ega? Viliyam M olineks kub va shar orasidagi farqni, ko‘r b o ‘lib tug‘ilib, hozirda ko‘ra oladigan inson farqlay oladimi yoki ko‘rish qobiliyatiga har doim ega bo‘lgan inson farqlay oladimi degan savol bilan Jon Lokkga yuzlanganda Lokk bu savolga nisbatan y o ‘q inson farqlami ko‘rish orqali o ‘rganmaydi deb javob qaytaradi. Molineksning taxminiy fikrlari bir nechta butunlay ko‘r b o iib tug‘ilgan o‘spirinlarda tajriba o ‘tkazish orqali isbotlandi. Ulaming ko‘pchiligi katarakta bilan tug‘ilgan bo‘lib, bu katarakta linzalari ularga oddiy tipdagi rangni ko'rishga imkoniyat yaratgan. Katarakta operatsiyasidan so‘ng, bemorlar turli xil figuralami va ranglami bir-biridan farqlay oladilar, shuning uchun sezishning barcha ko ‘rinishlari tug‘ma qobiliyat deb baholanadi. Lekin Jon Lokkning fikrlashicha, bunday odamlar tegish, ushlab ko‘rish orqali ularga m a’lum, tanish bo‘lgan predmetlami har doim ham ko‘rish orqali payqab olavermaydilar. Siz va men yakka holdagi yuzni bir butunlikda tasavvur qilishimiz va idrok qilishimiz mumkin. Bizga yuzning aynan bir xil qismi bilan juftlashgan ikkita har xil eng pastki yarim qismi aynan yuzning eng yuqori yarim qismidan farqlanadi. 43 yoshli erkakning 40 yillik ko‘rlikdan so‘ng ko‘rish qobiliyati tiklandi va u odamlami o ‘ziga xos xususiyatlarini ko ‘rib, idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Ammo u yuzlami doimiy ravishda yodda saqlab qola olmasdi. Bundan tashqari, doimiy sezish qobiliyati ham yetarli darajada bo‘lmasdi, masalan insonlar undan uzoqlashganda ulam ing hajmi kichiklashib borayotganday tuyulardi. Psixolog George Stratton o ‘z tajribalari uchun 8 kun davomida kiyiladigan maxsus optik bosh kiyimini yaratdi. Bu optik bosh kiyimning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u chapni o ‘ngga, yuqorini pastga qilib ko‘rsatadi. Stratton bu moslamani kiyganda o ‘zining harakatlarida adashganligini his qildi. U yurishni xohlaganda, o ‘z oyog‘ini 96 topolmay qoldi. Bu bosh kiyimni kiyganda ovqatlanish deyarli amrimahol edi. U bu jarayonda qattiq asabiylashgan holda vaziyatdan chiqish yo'lini qidirdi, 8 kundan so‘ng, deyarli hech narsaga urilmagan holatda to‘g ‘ri yo ‘nalishda shu bilan birga qulay holatda o ‘zi istagan predmetlarga yetib bora oldi. U bosh kiyimini yechganda, o ‘zining asl holatiga yana qaytadan moslashdi. Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling