Sezgilar haqida umumiy tushuncha sezgining inson hayotidagi faoliyati va o'rni


Temperament haqida umumiy tushuncha


Download 77.76 Kb.
bet9/15
Sana12.03.2023
Hajmi77.76 Kb.
#1262175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
1-15 psixol

Temperament haqida umumiy tushuncha


Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:
1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi. I.P.Pavlov ta`limotiga ko`ra, shartli reflekslar hosil bo`lishining xususiyatlari asab tizimining xususiyatlariga bog`liqdir. I.P.Pavlov ana shunday xususiyatlardan uchtasini ajratgan:
1) qo`zg`alish va tormozlanish jarayoni kuchi;
2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
3) qo`zg`alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi.
Bu xususiyatlar doimo qo`shilib kelgan, uni I.P.Pavlov asab tizimining tipi deb atagan va
to`rtta asosiy tipga ajratgan:
1) kuchli, muvozanatli, epchil. 2) kuchli, muvozanatsiz, epchil. 3) kuchli, muvozanatli, sust. 4) kuchsiz, muvozanatsiz, sust. Hozirgi paytda temperamentning yaxlit tavsifi bilan uning alohida xususiyatlari bo`lgan asab tizimining o`z davrida hayvonlarda I.P.Pavlov tomonidan ajratilgan 4 ta tipi o`rtasida aloqa borligi aniqlangan. Temperament bog`liq bo`lgan asab tizimining ochilgan tiplari inson va hayvonlar uchun umumiy bo`lib, ular umumiy tiplar deb ataladi. SHunday qilib, temperamentning fiziologik asosini asab tizimining umumiy tiplari tashkil qiladi. Ayrim chet el olimlari - nemis psixologi Krechmer, amerika psixologi SHeldon fikriga ko`ra, temperament asab tizimining umumiy tipiga emas, balki tana, gavda tuzilishining nisbatiga bog`liq deb hisoblaydilar, ya`ni vistserotonik - semiz, qorin bo`shlig`i kuchli rivojlangan odam uchun shodlik, dilxushlik, yaxshi ovqatlanishga mo-yillik xosdir. Skelet muskullari yaxshi rivojlangan odamlar uchun g`ayratlilik, faollik, somatotoniklarga xosdir. Asab tizimi va xususan bosh miyasi kuchli taraqqiy etgan odamlar uchun yuksak sezgirlik, tashvishlanish, o`z xayollari bilan band bo`lish - tserebrotonikka xosdir. Bunday nazariya noto`g`ridir. Temperamentning psixologik xususiyatlari asab tizimining umumiy tipining fiziologik xususiyatlariga ko`p tomoni tobedir. SHuning uchun asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqotlar garchi zarur bo`lsa ham, temperament hosil bo`lishi qonuniyatlarini o`rganish uchun etarli emas. Asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqot qilish bilan birga psixologik jihatdan ham tadqiq qilish kerak.

Download 77.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling