Sferik geometriya


Download 62.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi62.21 Kb.
#1068127
Bog'liq
Sferik geometriya - Vikipediya



Sferik geometriya
Sferik geometriya - sfera ustida joylashgan geometrik shakllarni oʻrganuvchi matematik fan.
Sferani tekislik bilan kesganda aylana, kesuvchi tekislik sfera markazidan oʻtsa, katta doira
deb ataluvchi aylana hosil buladi. Diametral qaramaqarshi boʻlmagan har 2 nuqtadan faqat
bitta katta doira oʻtkazish mumkin (1rasm, 1); katta doiralar sferaning geodezik chiziqlari
boʻlib, toʻgri chiziqning planimetriyada bajargan vazifasiga oʻxshash rol uynaydi. Lekin tugʻri
chiziqning istalgan kesmasi shu kesma uchlarining orasidagi eng kiska masofa boʻladi,
sferada esa katta doira yoyi qoʻshimcha yoydan kichik bulgandagina eng qisqa masofa buladi
(1rasmda AtV2 ta nuqtada kesishadi.
Sferadagi AV kesma uzunligi, yaʼni katta doiraning AtV yoyi unga mos kelgan markaziy
burchak AOV bilan ulchanadi. 2 ta katta aylana yoylaridan tuzilgan ABC burchak V nuqtadan
shu aylanalarga oʻtkazilgan urinmalar orasida A’V’S burchak bilan yoki OVA va O VS tekisliklar
hosil qilgan ikki yokli burchak bilan ulchanadi (1rasm, 2).
Sferada 2 ta katta doira kesishib, turtta sferik ikki burchak hosil qiladi (1rasm, 3). Sfera radiusi
R, ikki burchakning burchagi A (radianda) berilgan boʻlsa, yuzi Sq2R2A formula boʻyicha
topiladi.
Har bir jufti karamaqarshi nuk,talarda kesishmaydigan 3 ta katta doira 8 ta sferik uchburchak
hosil kiladi (2rasm, a). Ulardan birining elementlari maʼlum boʻlsa, qolganlarinikini topish
mumkin. Shuning uchun, odatda uch tomoni ham katta doiraning yarmidan kichik bulgan
uchburchak qaraladi (Eyler uchburchagi). Sferik uchburchakning a,, s tomonlari uch yokli
OAVS burchakning yassi burchaklari bilan A, V, S burchaklari esa shu uch yokli burchakning
ikki yokli burchaklari bilan ulchanadi (2rasm, b). Sferik uchburchaklarning xossalari
tekislikdagi uchburchaklar xossalaridan ancha farq, kiladi. Planimetriyadagi uchburchaklar


tengligining 3 alomati sferik uchburchaklar uchun ham urinli. Bundan tashkdri, mos
burchaklari teng 2 sferik uchburchaklar teng boʻladi.
Har qanday sferik uchburchakda bitta tomon qolgan ikki tomon ayirmasidan katta va
yigʻindisidan kichik, uchala tomon yigindisi hamisha 2 k dan kichik. Uning burchaklari
yigʻindisi j uchun p < s < Zya tengeizlik urinli. Sferik uchburchakning yuzi R2e ga teng, bunda
ye q s — l; R— sfera radiusi.
Yer sharining sirti, yulduzli osmon koʻrinishi sferaga uxshashligi uchun geodeziya va
astronomiyada S.g.ning amaliy ahamiyati katta.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sferik_g
eometriya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Sferik_geometriya&oldid=28
57577
" dan olindi 


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 62.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling