Sh. M. Ulug‘ova


UMUMIY ХULОSA ADABIYOTLAR RO‘YХATI ILOVALAR


Download 0.71 Mb.
bet2/16
Sana31.01.2024
Hajmi0.71 Mb.
#1830439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
nnnn

UMUMIY ХULОSA ADABIYOTLAR RO‘YХATI ILOVALAR


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Psixologik himoya qilish muammosi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‟lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‟zini o‟zi rivojlantira borishi ko‟p jihatdan ushbu jarayonga bog`liqdir.
Alohida ta‟kidlash joizki, shaxslar o‟zlarining ma‟lum doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida yetarli ma‟lumotga ega bo‟lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan har qanday muvaffaqiyatsizliklarni osonlik bilan bartaraf etishga, o‟z imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalana olishga, bir so‟z bilan aytganda, o‟zlari haqida yanada teran, ijobiy va o‟ziga xos ijtimoiy qiymatga ega bo‟lgan tasavvurlarning shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Zero, bu jarayonda eng avvalo ta‟lim-tarbiya tizimi, uning mazmun- mohiyati, ta‟lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoyasi tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o„sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag„ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida ma‟naviy komponentning o„rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo„lgan ma‟naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog„lom e‟tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo„lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Prezidentimiz yosh avlod tarbiyasi borasida fikr yuritar ekanlar: “...barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma‟naviy jihatdan sog„lom qilib o„stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini ko„rish, dunyoda hech kimdan kam bo„lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”1, deb alohida e‟tirof etadilar.
Agar biz O„zbekiston kelajagi, taqdiriga o„zimizning javobgar ekanligimizni his etsak, har birimiz uning taraqqiyoti vositasi bo„lmish yosh avlodni tarbiyalash


1“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi. – Toshkent, 2010.
masalalarini chuqur egallamog„imiz, yangicha tafakkur asosida yashashni o„z burchimiz deb bilmog„imiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, yosh avlodni to„g„ri tarbiyalash, ularda to„g„ri munosabatni shakllantirish, ularning ruhan tetik shaxs sifatida rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish zarurati bosh maqsadlarimizdan biridir.
Rеspublikаmizdа o„zigа хоs izchillik bilаn аmаlgа оshirilаyotgаn bаrchа islоhоtlаrning tub mаrkаzidа shахs vа uning ijtimоiy tаrаqqiyotini tа‟minlаshgа qаrаtilgаn qаtоr chоrа-tаdbirlаr yotаdiki, bu jаrаyondа psiхоlоgik yondаshuvlаr muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Zеrо, hаr bir shахs tezkor vaziyat muhit bilаn bоg„liq o„zigа хоs psiхоlоgik imkоniyatlаrigа еtаrlichа bаhо bеrmаy turib shахsning tаrаqqiyotigа hоzirgi zаmоn tаlаblаrigа mоs natija ko„rsatish judа mushkuldir. Tаbiiyki, bu hоlаt psiхоlоglаr,favqulotda vaziziyat,yong„in xavfsizligi xodimlari zimmаsigа yanаdа ko„prоq mаs‟uliyat yuklаtiladi. Azal-azaldan mehribon mehmon do„st va inson parvar hisoblangan o„zbek xalqi uchun inson hayoti hamma narsadan ustundir.shuning uchun ham ekstremal vaziyatlarda shaxslarga psixologik yordam ko„rsatish va favqulotda vaziyatlarda psixologik himoya qilish qlish hozirgi kunda dolzarb muommo hisoblanadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling