Sh. M. Ulug‘ova


Birinchi bob boʻyicha xulosa


Download 0.71 Mb.
bet7/16
Sana31.01.2024
Hajmi0.71 Mb.
#1830439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
nnnn

Birinchi bob boʻyicha xulosa


Olib borilgan nazariy-ilmiy tahlillar mavzu doirasidagi muammolarni, xususan, ekstremal vaziyatlar davrida oʻzini oʻzi psixologik himoya qilish haqidagi tasavvurlarni nazariy tadqiq qilinishiga bagʻishlangan ishlarning bugungi kunda taqchilligi va shu bilan birga dolzarbligini koʻrsatdi. Jahonda koʻplab ilgʻor psixologiya namoyandalarining ekstremal vaziyatlar davrida oʻzini oʻzi psixologik himoyaga oid qarashlari tadqiq qilinganda bu jarayon shaxs ijtimoiylashuvi va rivojlanishi uchun oʻrganilishi muhim boʻlgan tadqiqot yoʻnalishi ekanligi qayta-qayta ta‟kidlanadi.
Ayni paytda, Rossiyadagi olimlar hamda mamlakatimiz olimlari ham aynan shu muammoning ayrim xususiyatlarini yoritishga va tadqiq qilishga oʻz e‟tiborlarini qaratmoqdalar. Bu boradagi qator izlanishlar va ilmiy mushohadalarning tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:

    1. Shuningdek, shaxsning oʻzini oʻzi ekstremal vaziyatlar davrida oʻzini oʻzi psixologik himoya qilish shakllariga nisbatan tarixda va bugungi kunda turli xil munozarali fikrlar mavjud boʻlib, bu qarashlar turli manbalarda, sharq va gʻarb mutafakkirlari ijodida, ilgʻor psixologiya vakillarining ilmiy asarlarida asrlar davomida ilmiy sayqal topib kelgan. Ayni paytda, psixologik himoya shaxs oʻzligini anglashning, oʻzini oʻzi rivojlantirishning va oʻz imkoniyatlariga adekvat baho berishning muhim omili sifatida olimlar e‟tiborini tortgan doimiy tadqiqotlar ob‟ekti hamda sub‟ektiga aylantirilgan.

    2. Shaxs psixologik himoya jarayonini tadqiq qilish bilan bogʻliq nazariy- ilmiy manbalarning oʻrganilishi psixologik himoya omillari haqida batafsilroq mushohadalar yuritish imkonini beradi. Bu imkoniyat esa shaxs psixologik muhofaza motivastiyasi va dinamikasini oʻrganishni taqozo etadi.

    3. Shaxslarda psixologik himoya omillarining xilma-xilligi va ularning namoyon etilishi individual xususiyatlar; identifikastiya va refleksiya jarayonlari bilan bevosita bogʻliq ekanligi olimlar tomonidan alohida e‟tirof etilgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling