Sh. M. Ulug‘ova


Riks-Uessman shkalasi bo‘yicha ekstremal vaziyatlarda o‘smir hissiy holati bilan bog‘liq psixologik himoya mezonlarini tadqiq qilish uslubi


Download 0.71 Mb.
bet15/16
Sana31.01.2024
Hajmi0.71 Mb.
#1830439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
nnnn

Riks-Uessman shkalasi bo‘yicha ekstremal vaziyatlarda o‘smir hissiy holati bilan bog‘liq psixologik himoya mezonlarini tadqiq qilish uslubi
Psixologik himoyaning mezoni sifatida tanlangan uslub bu o„zini o„zi hissiy baholash shkalasidir. Mazkur mezon Riks-Uessman shkalasi talablariga mos ravishda tanlandi. Ushbu mezon ko„rsatkichlari orqali ekstremal vaziyatlarda o„smirlardagi o„zini o„zi hissiy baholash bilan bog„liq tasavvurlar ko„lamiga baho berish mumkin. Bu tasavvurlarning shakllanishi esa Riks-Uessman shkalasida qayd etilgan asabiylik-xotirjamlik, toliqqanlik-g„ayrat-shijoatlilik, tushkunlik-ko„tarinkilik, ishonchsizlik-o„z-o„ziga ishonch kabi shaxs hissiy holatidagi mazkur sifatlarning nechog„lik namoyon etilayotganligi bilan bevosita bog„liqdir.
Mazkur uslub taniqli Amerikalik psixologlar A.E.Uessman va D.F.Riks tomonidan ishlab chiqilgan “O„z-o„zidagi hissiy holatni baholash” usuli asosida ishlab chiqildi. Aslida Riks-Uessman usuli har bir shaxsning u yoki bu faoliyati jarayonida namoyon bo„layotgan ichki hissiy kechinmalarini maxsus tuzilgan “O„zini o„zi baholash” shkalasi bo„yicha olingan javoblar asosida tadqiq qilishga mo„ljallanganligi bilan qimmatlidir.
Usulni qo„llash tartibi
Usulda qayd etilgan har bir shkala shaxsning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsata
olishga bir-biriga qarama-qarshi bo„lgan ikki xil (ijobiy yoki salbiy) ta‟sirning qay darajada namoyon bo„layotganligini aniqlashga yo„naltirilganligi bilan xarakterlanadi.
Jumladan:
I shkala xotirjamlik-asabiylik;

  1. shkala g„ayrat-shijoatlilik-toliqqanlik;

  2. shkala hissiy ko„tarinkilik-hissiy tushkunlik;

  3. shkala o„ziga-o„zi yuksak ishonch-o„ziga-o„zi ishonchsizlik;

kabi ko„rsatmalar asosida u yoki bu shaxsning etakchi ichki hissiy kechinmalari haqida tegishli tasavvurga ega bo„lish mumkin.
Usuldagi har bir shkalada 10 ta hissiy holat qayd etilgan bo„lib, tekshiruvchi ushbu holatlar bilan tanishgach, o„zining ayni paytdagi hissiy kechinmalariga mos xususiyatlar ifodalangan holatlarni tanlaydi va tegishli tartib asosida belgilab beradi. Ushbu belgi shaxs psixologik himoyasi imkoniyatlari haqida tasavvur qilish imkonini beradi.
Usulni qo„llash imkoniyatlari
Usul shartiga ko„ra har bir shkala ma‟lumotlari 10 ballik tizim asosida qayta ishlanadi, ya‟ni har bir holatning joylashgan tartib raqami, o„sha raqam hajmidagi ballni belgilaydi. Demak, respondent tanlagan ballar soni qanchalik yuqori bo„lsa, me‟yoriy-hissiy faollik darajasi shunchalik yuqori, ballar qanchalik past bo„lsa, hissiy faollik darajasi shunchalik past ko„rsatkichni tashkil etadi. Olingan empirik ma‟lumotlar shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. YA‟ni 6,7,8,9,10 vaziyatlar, shaxs psixologik himoyasi uchun “adekvat” vaziyatlar hamda 1,2,3,4,5 vaziyatlarni esa “noadekvat” vaziyatlar sifatida qabul qilish mumkin.
Olingan natijalar esa shaxs umumiy bezovtaligi va psixologik himoya uyg„unligi o„rtasidagi uzviy bog„liqlikni baholashga xizmat qiladi. Ayni paytda, har bir respondentning o„zini o„zi baholash bilan bog„liq tasavvurlarni ifoda etgan u yoki bu vaziyatni tanlashga asoslanib, uni “a” yoki “b” variant asosida faoliyat ko„rsatayotgan o„smirlar guruhiga qo„shgan holda tadqiq qilinadi. Mazkur usul asosida olinadigan natijalarning ilmiy salohiyatini ta‟minlash
maqsadida qo„shimcha savol- javoblar, individual suhbatlar hamda kontent tahlillar imkoniyatidan o„rni bilan foydalaniladi.
Respondentlar haqida umumiy ma‟lumot: Mazkur tadqiqot ishiga Buxoro viloyatlarining umumta‟lim maktablarida tahsil oluvchi beshinchi va to„qqizinchi sinf o„quvchilari (o„smirlar guruhi) jalb qilindi. Jumladan, beshinchi sinf o„quvchilari orasidan 100 nafar, to„qqizinchi sinf o„quvchilari orasidan ham jami 100 nafar o„quvchi tanlandi. SHuni alohida qayd etish kerakki, har bir ob‟ektdagi respondentlarni to„liq o„rganish, ular bilan individual suhbatlar olib borish, ular faoliyatini tadqiqot maqsadiga mos metodikalar yordamida tadqiq qilish uchun hududlardagi amaliyotchi psixologlar, sinf rahbarlari, ota-onalari yaqindan yordam berdilar. Respondentlar tomonidan olingan barcha og„zaki va yozma ma‟lumotlar tadqiqot maqsadiga mos ravishda qayta ishlandi.

REAKTIV VA SHAXSIY XAVOTIRLIK SHKALALARINI O„RGANUVCHI



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling