savalash, badaniga qizdirilgan temirni bosish, hatto qatl qilishgacha
borilar edi. Shekspir Stratforddan qochadi va Londonda panoh topadi.
Oradan besh yil o'tgach, uning yurtdoshi, hunarmand Berbej
tomonidan qurilgan London teatrida aktyor va dramaturg sifatida paydo
bo‘ladi. Shekspir teatrdagi ishni badavlat tomoshabinlarning otlariga
qo‘riqchilik qilishdan boshlaydi. Keyinchalik aktyorlik qiladi. So'ngra
unga eski pyesalarni qayta ishlash vazifasini topshiradilar. Tajriba
to‘plagach, mustaqil ijod bilan shug'ullana boshlaydi.
90- yillar Shekspir hayotining moddiy va ma’naviyjihatdan gullab-
yashnagan davri hisoblanadi. Oilasi hali ham Stratfordda yashar, u
tez-tez kelib ularning holidan xabar olib turar edi. Shekspir shahardagi
eng yaxshi uy va shahar tashqarisida yer sotib oladi. Otasiga barcha
qulayliklar yaratdi, unga dvoryanlik unvonini olib berdi.
Shekspir davri teatri hozirgisiga uncha o'xshamaydi. Sayyoh
aktyorlar, asosan, mehmonxona hovlilarida tomosha ko'rsatishar,
tom oshabinlar oldindan, yon tom ondan hamda m ehm onxona
balkonlaridan sahnani tomosha qilardilar. XVI asrdagi Londonning
d oim iy teatrlari ham ana shunday qurilgan b o ‘lib, parda va
dekoratsiyalari bo‘lmagan ochiq maydonchadan iborat edi. Aktyorlar
sahnaga orqa tomondagi eshikdan kirar edilar, tomoshabinlar esa hatto
ba’zan sahnaga ham chiqib o ‘tirardilar.
Tomoshada ayollar qatnashmasdi, teatiga kelgan ayollar yengiltabiat
hisoblanardi. Ba’zi gap-so‘zdan qo'rqmaydigan kibor ayollar teatrga
kelishga jur’at qilardilar, lekin ular ham yuzlarini niqob bilan to'sib
olardilar. Aktyorlar ichida ham ayollar yo‘qedL Dezdemona va Ofeliya
rollarini chiroyli o'spirin yigitchalar ijro etardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |