Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


ulkan hissa qo'shdi, realistik hikoyaning ilk yo'nalishini boshlab berdi


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
ulkan hissa qo'shdi, realistik hikoyaning ilk yo'nalishini boshlab berdi. 
100 ta novelladan iborat «Dekameron» (1352—1354) to‘plami bilan 
Bokachcho hikoyani tuban janrdan yuqori janrga ko‘tardi, unga chuqur 
g ‘oyaviy mazmun baxsh etdi. «Dekameron»ga kirgan favqulodda o ‘tkir 
sujeti i, ishqiy sarguzashtlar, qiziqarli tafsilotlarga boy hikoyalar zamirida 
ayni paytda yozuvchining voqelikka munosabati, fikr-xulosasi 
mujassamlangan.
Germaniyada U yg'onish davri Reformatsiya harakati bilan 
birgalikda kechdi. Jamiyat hayotidagi iqtisodiy rivojlanish moddiy va 
ma’naviy hayotdagi siljishlarga sabab bo'ldi. Adabiyot gumanistik 
g‘oyalarni ehtiros bilan ilgari sura boshladi, nemis gumanistlari XV 
asr boshlarida diniy kitoblami chuqur o'rgandilar, jaholatga qarshi 
kurashda bu bilimlaridan foydalandilar. Satira janri rivoj topdi. Ilk 
nemis gumanistik adabiyoti vakillaridan biri satirik Brant edi. U 
«Nodonlar kemasi» (1494) asarida «Nodonlik niqobi» ostida o'z davri 
illatlarini fosh qiladi. Iogann Reyxlin nemis gumanistik harakatining 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. «Genno», «Sergiy» komediyalari, 
«Johil kishilar maktublari» asarlarida Renessans g‘oyalami ilgari surdi.
Fransiyada Uyg‘onish davri XVI asming boshlarida vujudga keldi. 
Fransuz gumanistlari ilm-fanning ahamiyatini g‘oyat qadrlaganlar,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ular ko‘p soha bilimdonlari bo'lganlar - bir vaqtning o'zida 
yozuvchilik, falsafa, tarix, tabiatshunoslik bilan shug'ullanganlar. 
Rable, Maro, Ronsar va boshqalar fransuz adabiyotidagi yangi bosqich 
vakillaridir, ular ijodda voqelikka o‘zgacha yondashish, o ‘z davri 
to‘g‘risida haq gapni aytishga erishgan buyuk ijodkorlardir. Ular orasida 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling