Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


shoir va muzey direktorining suhbatidan iborat. Shoir: «Avlodlarga


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
shoir va muzey direktorining suhbatidan iborat. Shoir: «Avlodlarga 
qolur haqiqiy san’at» deb hisoblaydi, qiziqchi esa: «Bu kungi yoshlarni 
xursand qilur kim? Zamonga yor bo'lish kichkina ishmas» deydi. 
Direktor: «Eng zaruri sarguzasht bo'lsin, Ko'zga quvonch bo'lsin, 
dilga gasht bo'lsin» degan fikrda. Gyote san’atga ko‘ngil ochish vositasi 
yoki pul topish manbai deb qarovchilarga qarshi chiqadi, iste’dod 
ilohiy ne’mat, uningcha san’at inson qalbini o'zgartirishga qodir buyuk 
kuch, u buyuk ishlarga xizmat qilishi kerak:
Bor, izla о ‘zingga bo ‘lak xizmatkor,
Sen boshlagan yo ‘Iga aslo bormasman.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Menda tangri bermish oliy huquq bor,
Sen deb men uni loyga qormasman.
She 'riyat qalblami yoqur ne sabab ?
N ahot bois bo ‘Isa balandparvoz gap!
Shoir yuragida pinhondir olam,
Jahoniy uyg‘unlik unda mujassam.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
«Faust» asarida Gyote san’at to‘g‘risidagi ana shunday qarashlariga 
asoslangan, shoir Faust timsolida o'zining inson va borliq haqidagi 
qarashlarini bayon qiladi.
Tragediya qahramoni Faust - izlanuvchan, bilimga, haqiqatga 
tashna shaxs, u yaratuvchi, o'zgartiruvchi, quruvchi kuch timsoli, u 
o'zida aql, idrok, ehtirosni mujassamlashtirgan inson. Faust 
xarakteridagi muhim jihat biqiqlik, cheklanganlikka qarshi norozilikdir. 
Bu norozilik undagi inkor rahitarzida namoyon bo'ladi. «Men hargiz 
yomonlik tilab — yaxshilik qiluvchi kuchning bir qismi, Men inkor 
ruhiman, Inkor qilishni kasb qilib olganman... Xullas, siz yomonlik 
deb atagan Kuch — men o'zim».
Bu tragediyadagi Mefistofelning so'zlari. Mefistofel iblis timsoli. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling