qattiqqo*', lekin sodda otani laqillatib, pul topib beradi. Sir ochilgach,
ota g ‘aza Liga minadi, biroq yechim kutilmagan bo‘lib chiqadi — qiz
risoladagi oiladan ekanligi ma’lum bo'ladi. Asar shu tariqa quvnoq
kulgi bilan tugaydi) bo‘lgan. Yunonistonda bunday komediyalarning
mohir ustasi Menandr, Rimda esa Plavt va Terensiy edi.
Antik she’riyatning uchta tushunchasi hozirgi kunga qadar o ‘z
raohiyati va ahamiyatini yo'qotgan emas: she’rlar mavzu mundarijasiga
ko‘ra «anakreont odasi» — sharob va sevgi haqida, «goratsian odasi»
- oqilona hayot kechiiish va aql-idrokka asoslanish lozimligi to‘g‘risida,
«pinadrik oda» - xudolar va qahramonlarni ulug'lovchilarga ajratilgan.
.Anakreont sodda va quvnoq she’rlar yozgan, Pinadr uslubi esa bosiq,
vazmin, ulug'vor, rimlik shoir Goratsiy she’rlari go'zalligi va aniqligi,
hissiyotga ortiqcha erk bermasligi, ya’niaqlga, idrokka asoslanganligi
bilan ajralib turadi. She’rlar kuyga solib aytish uchun yozilar, oda
so 'zi «qo‘shiq» ma’nosini anglatar edi. Yoddan o'qish uchun
mo‘ljallangan she’rlar «elegiya» deb atalar edi, ular ko'pincha sevgi
va o ‘lim to ‘g‘risidagi o ‘ylar, mulohazalar ifodasidan iborat bo'lar edi.
Sevgi elegiyalarining yuksak namunalari Tibull, Propersiy va Ovidiy
qalamiga mansub. Bir necha misradan iborat qisqa elegiya epigramma
(yozuv) deb atalgan, keyinchalik Marsial ushbu janm i rivojlantirgan.
Antik adabiyotda bulardan tashqari satira va idilliya (yoki ekloga)
janrlari ham bo'lgan, biroq hozirgi kunda ular mavjud emas. Satira
atamasi ostida zamonasining kamchiliklarini fosh etuvchi pand-nasihat
ruhidagi she’rlar tushunilgan, bu janr Rim adabiyotida Yuvenal ijodida
yuksaklikka ko‘tarilgan. Idilliya sevishgan cho'pon yigit va cho'pon
Do'stlaringiz bilan baham: |