Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


insoniy tuyg'ulami ham pisand qilmadi, yo‘ldagi to'siqlar nimaning


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
insoniy tuyg'ulami ham pisand qilmadi, yo‘ldagi to'siqlar nimaning 
evaziga olib tashlanishining u uchun ahamiyati yo'q.
30- yillarda yozilgan ko'plab asarlari shoirning Rossiyadagi 
krepostnoylik muammosiga munosabatini aks ettiradi. («Goryuxin 
qishlog'i tarixi»). 1833- yili Pushkin Rossiya tarixida chuqur iz qoldirgan 
Pugachev qo'zg'oloni bo'lib o'tgan yerlarga sayohat qiladi, u haqidagi 
hikoyalar, qo'shiqlami yig'adi. Shu tariqa «Pugachev tarixi» asari 
vujudga keladi Dehqonlar qo'zg'oloni mavzulari «Dubrovskiy» (1832— 
1833), «Kapitan qizi» (1833—1836) asarlarida ham aks etadi.
«Dubrovskiy» asari asosida sarguzasht sujeti yotadi. Boy, shafqatsiz 
Troyekurov bilan kambag'allashib qolgan Dubrovskiylar xonadonining 
yosh merosxo'ri Dubrovskiy о ‘rtasidagi ziddiyat sujetni harakatlantiradl 
Dubrovskiy xo'rlangan otasi uchun qasos oladi. Bu yerda romantik 
muhabbat mojarosini ham kuzatish mumkin. Dubrovskiy va uning 
ashaddiy raqibining qizi o'rtasida muhabbat paydo bo'ladi, uning yakuni 
esa baxtsiz yechim topadi. Dubrovskiyning fransuz tili muallimi 
qiyofasida troyekurovlar xonadonida yashashi ham avantyuristik asarlar 
sujetini yodga soladi. Ayni paytda o'z xo'jasi uchun qo'zg'olon 
ko'targan dehqonlarning hayotiy obrazi, qo'zg'olonning dahshatli 
manzarasi haqqoniyligi, jonliligi bilan maftun qiladi.
Romantik elementlarga boy, bir qarashda ikki yoshning ishqiy 
sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi «Kapitan qizi» qissasida Pugachev 
qo'zg'olonining bevosita, realistik tasvirmi ko'ramiz. Shoir qo'zg'o­
lonning shafqatsiz, xunrezlik mohiyatini rad etadi, Pugachev harakatini 
oqlamaydi. Biroq hayot haqiqatiga sodiq shoir qo'zg'olon sardorining 
qiyofasini muhabbat bilan bo'lmasa ham, uni tushunib, tabiatidagi 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling