birdaniga uni sevishini anglab yetadi. Oneginning qalbi tubida cho‘kib
yotgan asl insoniy hissiyotlar uyg'onadi, muhabbat ham alamli, ham
shirin tuyg'ularini qo‘zg‘aydi. Tatyana tabiatiga sodiq qoladi, Oneginni
hali ham sevadi, biroq u birovlarning iztirobi evaziga muhabbatga
erishish adolatdan emas deb biladi, eriga sodiq qolishga qaror qiladi.
Yozuvchi Oneginni sevgi, hijron iztiroblari bilan to'lgan holda
qoldirib, romanini yakunlaydi.
«Yevgeniy Onegin» she’riy romani Pushkin ijodidagi realizm tomon
tashlangan yangi qadam bo‘ldi, unda voqelik, xarakterlaming realistik
tasviri, ayni paytda zamonasining muhim ijtimoiy-axloqiy muammolari
aks ettirilganligini kuzatish mumkin. Shu tariqa Pushkin keyinchalik
rus adabiyotida Gogol, Tolstoy, Dostoyevskiy, Chexov kabi yozuvchilar
tomonidan yuksak ch o‘qqiga ko'tarilgan realistik yo'nalishlarga asos
soldi.
1830-
yilning kuzini Pushkin Boldinoda o'tkazadi. Bu yerda u
«Kolomnodagi kulba» dostonini yozib tugatadi. Bu asarning sujeti
atayin soddalashtirilgan, shoir go‘yoki yozuvchidan nasihatgo'ylik,
o ‘gitbozlikni kutuvchi tanqidchi bilan bahs-munozaraga kirishadi.
P u sh kinning
«Belkin qissalari» asari ham Boldinoda yaratilgan.
Unda yozuvchi har biri mustaqil bo'lgan hikoyalarni bir nom ostida
birlashtiradi. Bu hikoyalarda realizmga moyillik sezilsa-da, romantizm
elementlari hali kuchli. Pushkin qissa deb atagan bu hikoyalar sujeti
asosidagi voqealar aksar holda favqulodda, kitobxonni qiziqtiruvchi,
sarguzashtga moyil, bir oz g‘ayritabiiy xarakterda. Yuqorida eslatib
o ‘tilgan «Bron» hikoyasida kuyovning almashib qolishi, «Qishloqi
oyimqiz» da aslzoda qizning badavlat takabbur yigit muhabbatini
Do'stlaringiz bilan baham: |