Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


qilinadi. Xarakterlarning o ‘ta favquloddaligi, qahramonlar xatti-


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
qilinadi. Xarakterlarning o ‘ta favquloddaligi, qahramonlar xatti- 
harakatlaridagi sirlilik, sujetning kutilmaganligi dostondagi romantik 
nihni kuchaytiradi. Kavkaz, Qrim taassurotlari ostida yozilgan bu asar 
kitobxon tomonidan katta quvonch bilan qarshi olinadi. Shundan 
so'ng Pushkin ma’lum muddat Odessada xizmat qiladi va 1823- yili 
«Lo'lilar» asari ustida ish boshlaydi Besarabiyada bo'lganida yaqindan 
tanishgan lo'lilar hayotidan olib yozilgan bu asarini 1824- yili 
Mixaylovskoye qishlog'ida tugatadi. Doston qahramoni Aleko kiborlar 
jamiyatidan, shaharning bo'g'iq muhitidan bezgan, uni lo'lilarning 
erkin hayot taizi maftun qiladi. Biroq ana shu jamiyat tarbiyalagan 
xususiyatlardan o 'z i ham qutulolmaydi, aql va idrokka bo'ysun- 
maydigan, faqat qalbiga quloq tutadigan lo'li qiz Zaremaga ehtirosli 
muhabbatining fojiali yakun topishi sababi ham shunda.
Pushkin 1824- yili ota-onasining mulki — Mixaylovskoye 
qishlog'iga surgun qilindi. Bunga uning Odessa general-gubematori 
bilan k elish m ovch iligi sabab bo'ladi. M ixaylovskoye da uning 
«Qur’ondan iqtibos», «Andrey Shene», «Vakxik qo'shig'i», «18- 
oktabr», «Faustdan sahna», «Stenka Razin haqida qo'shiq» asarlari 
vujudga keladi. Shu yerda «Lo'lilar» asarini tamomlaydi. «Yevgeniy 
Onegin» she’riy romani, «Boris Godunov» tragediyalari ustida ish 
olib boradi.
Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi uning ijodi yangi 
yo'nalishga kirganidan dalolat beradi, asarlarida realistik uslubga 
moyillik ko'zga tashlana boshlaydi. Shekspir ta’sirida yozilgan ushbu 
asarda Pushkin klassik tragediyaga yangicha ruh olib kiradi, 
klassitsizmning «uch birlik» qonunidan dadil voz kechadi, she’riy va 
nasriy sahnalarni uyg'unlashtira biladi, jonli xalq tili leksikasidan erkin
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling