Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


bir necha ajoyib she’rlar yozdi. «Yevgeniy Onegin» she’riy romanida


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
bir necha ajoyib she’rlar yozdi. «Yevgeniy Onegin» she’riy romanida 
bu davr xotiralari ko‘plab keltirilgan.
Pushkinning litseydagi olti yillik ta’limi uning bilimlarini boyitishda 
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bo‘lg‘usi daho shoir o ‘ta namunali 
o'quvchi emas edi, zero alohida iste’dodga ega shaxslar qat’iy qoliplar, 
tartibga bo'ysunishni yoqtirmaydilar. Shu sababli u muntazam darslarga 
tayyorlanishni yoqtirmas edi. Biroq Pushkin darsdan tashqari o ‘zi 
istagan tarix va adabiyotga oid asarlarai ishtiyoq bilan o ‘qir edi.
Litsey hayoti davomida uning ilk she’ri matbuot yuzini ko'rdi. Bu 
«Shoir do'stimga» deb nomlanuvchi she’г 1814- yili Moskvadagi 
«Вестник Европы» jumalida bosilib chiqadi litsey o'quvchilari orasida 
uning epigrammalari ham mashhur edi. Aynan shu litseyda yosh 
Pushkin iste’dodi chinakamiga tan olindi. Bu voqea shoir Deqavinning 
Sarskoye selo litseyiga tashrifi bilan bog‘liqdir. Shoir o‘zining «Sarskoye 
selo xotiralari» she’rini o'qiydi, Deijavin juda hayajonlanib ketadi va 
uni bag'riga bosmoqchi bo'ladi. Lekin hayajonga va xijolatga to'lgan 
Pushkin qochib berkinib oladi.
Pushkin 1817- yili litseyni tamomlab, Tashqi ishlar Kollegiyasiga 
ishga kiradi.
Xushchaqchaq, jo'shqin tabiatli Pushkinni Peterbuig kiborlar doirasi 
yaxshi qabul qiladi, bu orada yosh ijodkorlar tashkil qilgan «Arzamas» 
jamiyatiga kiradi. 1818- yil birinchi yirik dostoni «Ruslan va Lyudmila» 
ni yozadi. Bu asar xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida yaratilgan. 
Bahodir Ruslan sehrgar Chernomor tomonidan o ‘g‘irlab ketilgan 
qallig'i Lyudmilani axtarib topadi. Shoiming sodda va ravon uslubda 
yozilgan bu asari omma tomonidan zavq bilan qabul qilinadi. Doston 
rus adabiyotidagi yangilanish jamyoni boshlanganidan darak berar edi. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling