Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


sifatida emas, yozuvchi sifatida shakllanishida ham katta rol o ‘ynadi


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
sifatida emas, yozuvchi sifatida shakllanishida ham katta rol o ‘ynadi. 
Keyinchalik «Yakun yasab» asarida bu davming inson qalbini, ruhiyatini
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'rganishda katta m aktab bo‘lganligini ta ’kidlagan edi. M oem ni 
insonning pardalanm agan asl qiyofasi qiziqtiradi, shu sababli ham
u n in g asarla rid a k o 'n g li bu y urg anch a y a sh ash n i ixtiyor etg an
qahram onlar k o ‘p kuzatiladi.
M oemning birinchi rom ani «Lambertlik Liza» 1897- yilda natura- 
lizm an’analarida yozilgan. Bu roman oddiy ayol taqdiri haqida bo'lib, 
u atrofidagi johil kishilar tufayli sevish huquqidan marhum qilinadi.
1907- yilda yozilgan «Ledi Frederik» pyesasi Moemga katta shuhrat 
keltiradi. Aslida bu asar sof tijorat maqsadida yozilgan, ko'ngilochar 
komediya edi.
1915- yilda Moemning eng yaxshi romanlaridan bin bo'lgan «Inson 
ehtiroslari yuki» nashr etiladi. Bu asar realizm yo'lida yozilgan bo'lib, 
m a’lum m a’noda avtobiogralik xarakterga ham ega.
Birinchi jah o n urushi boshlailgach, M oem avtosanitar qismiga 
chaqiriladi va Fransiyada xizmat qiladi. Keyin bir yil davom ida 
Shveytsariyada razvedka bo'limida ishkiydi. Hatto 1917- yilda Britaniya 
razvedkasi tom onidan mahfiy vazifa bilan Sankt-Peterburgga boradi. 
Bu yerda zimmasiga yuklangan vazifa 
Di 
amalga oshirm agan bo‘Isa- 
da, sevimli yozuvchilari Tolstoy, Dosloyevskiy, Chexovlarni hergan 
yurtda bo'lib kelganidan afcuslanmaydi.
U rush oxirida S hotlandiyadagi sil kasalliklari shifoxonasida 
davolanadi. U kasalxonadan chiqqanda, urush tugagan edi.
M oem marhum otasidan sayohalga ishqibozlikni meros qilib olgan 
edi. U dunyoning ko'pgina joylarini kczib chiqadi O 'zibilgan, ko'rgan 
ioylarni asarlarida tasvirlaydi. Uning qahram onlarini goh Yevropa va 
Amerika m am lakatlarida, goh Tinch okeani orollarida, goh uncha 
katta bo'lmagan port shaharlarida uchratish mumkin. Yozuvchi dunyoni 
kezar ekan, uning diqqat m arka/ida inson turadi.
Moemning yozuvchi sifatida shakllanishi oson kechmagan. U o'zini 
havask or yozuvchi d eb hiso b lard i. B iroq shun ga q aram asd an
tirikligidayoq shuhrat cho'qqisini egallay olgan ijodkor edi. Uning 
kitoblari nihoyatda lezlik bilan sotilib ketar, nashriyotlarga katta foyda 
keltirar edi. Bunga u iste’dod va m ehnati bilan erishgan. Fransuz 
yozuvchilari Zolya, Stendal, Balzak, A.Frans, ayniqsa, M opassandan 
ta’sirlangan. Falsafa, tibbiyotdan yaxshixabardor bo'lgan. Inglizlardan 
J. Svift n a srin i sevgan. T an q id ch ilik M o em asarlarid a lirizm
yetishmasligini ko'rsatib o ‘tadi. Buni yozuvchining o 'zi ham tan olgan, 
biroq bu narsani kamchilik deb hisoblamagan. «Nosii sifatida, — deb 
yozadi u, — m en ncolit davrida g'ordagi gulxan yonida ertak aytib 
beiuvchilarning asrlar osha bugungachayetib kelganlarisirasiga kiraman. 
M en gapirib beradigan narsam bo'lsa, juda qiziq hikoya qilib bera 
d am an . Boshqa hech qanday maqsadni o ‘z oldimga qo'ymayman».
www.ziyouz.com kutubxonasi


M oem ning 1919- yilda yozilgan m ash hu r rom ani «Oy va sariq 
chaqa» Striklend juda g 'aroyib tabiatli shaxs. U sa n ’at yo'lid a hayotning 
b archa n e ’m atlarid an voz kechadi. O ilasi, yaxshigina d arom ad 
keltiruvchi ishini tash lab Taitiga ketadi va butunlay o 'zin i san ’atga 
b a g 'ish la y d i. S trik le n d la n la g a n s a n ’a t y o 'li o son em as ed i, 
q an ch a d an -q an ch a m oddiy va m a’naviy zarbalarga dosh berlsh, 
nafs tu yg 'usini yengish lozim bo'lardi. C h u n ki yashash u ch u n pul 
kerak edi. U ehizgan su ratlarn i tirikligida h ech kim tushunm aydi, 
sotib ham olm aydi. U h am jism onan, h am ru han ju d a baquvvat 
odam . S triklendni o ‘zgalarning u haq d a n im a o'ylashlari, s a n 'a ii 
k e ltira d ig a n foyda, s h o n -s h u h ra t, h a y o tn in g m o d d iy to m o n i 
um um an qiziqtirm aydi. U o ‘z iste’d odini him oya qila biladi. Uning 
uchun m uhim i ijod qilish, ko'nglidagini m o ‘yqalam orqali ilodalash. 
U kim dir va nim a u c h u n d ir em as, ta q d irid a san ’atk o r b o 'lish
yozilgani uch un ijod qiladi. Biroq ayni p aytda bu san ’at fidoyisi 
atrofidagilarni un utib qo'yadi. U sa n ’at h am odam larsiz mavjud 
bo'lolm asligi haqida o'ylam aydi. S triklend ta q d iri fojiali tugaydi. 
U Taitida og‘ir kasallikdan vafot etadi. Striklend faqat orzular bilan 
y ashar edi, m a’lu m m a’noda o ‘zi istagan ijod erkinligiga erishadi 
ham , am m o u erishgan erkinlik  tkinchi. U faqat ruhiy ozodlikka 
erishgan, b u n i u ilhom holatida sezgan. B iroq voqelikning fojeiy 
yakunidan xalos b o ‘la olm aydi.
Moem «Missis Kieddok» (1900), «Sernaqsh qoplama», «Pirog va 
pivo>> (1930), «Burchak» (1932), «Teatr» (1937), «Rojdestvo ta ’tillarb 
(1939) kabi romanlar muallifi. Bu asadar asosida o4kir diamatik ziddiyatlar 
yotadi
M oem iste’dodi hikoya janrida yorqin nam oyon bo‘ladi. U ning 
hikoyalari, odatda, ju da qiziqarli sujetga ega b o ‘lib, kitobxon diqqati 
bir zumga ham chalg‘imaydi, yechim esa m utlaqo kutihjiagiin bo‘lib 
chiqadi. U o ‘tkir sujetni psixologizm bilan uyg‘unlashtira biladi M oem
realist sifatida hikoyalarida barcha narsaning hayotga mos b o ‘lishiga 
intilishini ta ’kidlaydi. 0 ‘zi aytganidek, fantastikadan, uydirm adan 
q o ch ad i. B iroq sh u ng a q aram asd an u n in g h ik o y alarid a inson 
kutilm agan tom on d an kashf qilinadi, uning kutilm agan jih atlari 
ochiladi. M oemning ko‘plabhikoyalarto‘plam larinashr qilingan. U lar 
orasida «Barg titrog‘i» (1921), «Kauzarina» (1926), «Birinchi shaxs 
tilidan» (1931), «Taqdir o ‘yinchoqlari» (1947) ayniqsa sh u h rat 
qozongan. Hayotiy voqealar kutilmagan, inson xatti-harakatijum boq 
bo'lishi mumkin. «Insonga xos nim adir» hikoyasining qahram oni 
badavlat va go'zal Betti hayoti shu fikming isboti. U san’atni, adabiyoini 
sevadi. N ihoyatda oqila ayol. Tabiat uni yuksak did bilan taqdirlagau.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lekin bu ayol hayotining o'zgalardan yashirin qorong'i tom onlari 
ham bor. U boylik uchun sevmagan kishisiga turm ushga chiqadi, 
keyinchalik bu odam bilan ajralishadi, uning baxtsiz hayoti fojiali 
yakunlanishiga sabab bo'ladi. X izm atkor haydovchisi ЬЙап ishqiy 
m unosabatga kirishadi. Ayni paytda buni pardalay biladi. Shunisi 
qiziqki, uni bir um r sevgan, bilim va daraja jihatidan unga munosib 
Kerazersning sevgisini bila turib uning turmushga chiqish taklifini rad 
etadi. Betti hayotining tuban tom onidan uyalmaydi, o'zini baxtli deb 
biladi, chunki u istaganicha hayot kechiradi «Jeyn» hikoyasidagi vaziyat 
ham kutilmagan. N ihoyatda kam suqum va yosh bo'lm agan missis 
Fauler to 'satd an o'zidan 26 yosh kichik yigitga turm ushga chiqadi. 
Unga uylanayotgan yigitning hech qanday g'arazli niyati yo'q. U 
chindan ham Jeynni sevadi Yana ham qizig'i, m a’lum muddat o'tgach, 
kiborlar jam iyatida ham m aning e’tiboriga sazovor bo'lgan Jeyn eri 
Gilbert bilan ajrashib, yana boshqa yaxshi bir odamga turmushga 
chiqadi. Bir qarashda g'aroyib tuyulgan bu hodisa g'oyatda tabiiy 
hikoya qilinadi. Yosh ham , aytarli go'zal h a ir bo'lm agan Jeynning 
eng muhim fazilati uning soddaligi va qalban beg'uborligL U boshqacha 
ko'rinishga intilm aydi ham , shunisi bilan o'zgalarni m aftun qiladi. 
Inson yuksakliklarga ko'tarilishi va nihoyatda tuban ketishi ham
mumkin. C hunki qanchalar ruhan yuksak parvoz qilmasin, baribir, u 
yer odam i va unga zam in tashvishlari begona emas. Biroq yozuvchi 
ko'proq ruhiy yuksaklikka erisha bilgan, tan ehtiyojlarini yenga olgan 
qah ram on larg a qoyil qoladi. U ning «Sanatoriy», «Bo‘ysunmas» 
hikoyalari shu jih ati bilan diqqatga sazovor. «Sanatoriy» hikoyasining 
kasallik tufayli o'lim ga m ahkum q ahram oni sevib qoladi. U ning 
m uhabbati o 'lim oldidagi qo'rquvni yengishida yordam beradi.
«Bo'ysunmas» hikoyasining qahram oni A nnet o 'z i tushib qolgan 
vaziyatga bo'ysunishni istamaydi. Voqealar urush paytida bo'lib o'tadi. 
Nemis soldati tomonidan nomusi toptalgan Annet og'ir vaziyatga tushib 
qoladi. Lekin nemis G ans kutilm aganda A nnetni chindan ham sevib 
qoladi. U nga uylanm oqchi, tug'ilajak farzandga otalik qilm oqchi 
bo'ladi. B undan qiz foydalanishi m um kin edi, chunki uning holatida 
bu eng qulay yo'l. O ta-onasi ham qizini insofga chaqiradilar, chunki 
G ans u la rn i so v g 'alar bilan ta ’m in lar, buning ustiga q izlarin i 
sharm andalikdan qutqarm oqchi edi. Biroq A nnet uchun bundan ham
yuksakroq narsalar bor. U vatanini toptagan bosqinchiga bo'ysunishni 
istamaydi. Ayni paytda kurashda yolg'iz edi. A nnet yengilmaslikka 
qaror qiladi, jinoyatga q o 'l uradi — faizand tug'ilgach, uni cho'ktirib 
o'ldiradi. D ahshatli jinoyat. Biroq A nnet o 'z qalbiga qarshi borm adi, 
bu uning m a’naviy g'alabasi edi. Somerset M oem 1965- yilda vafot 
etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ERNEST XEMINGUEY
Buyuk Amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey hayoti tirikligidayoq 
alsonaga aylangan edi. Sayohat-u sarguzashtlarga, zafar va m ag'lu- 
biyatlarga, sevgi va ayriliqlarga boy um ri davomida bu ajoyib shaxs 
o'lm as ijod nam unalarini yaratdi. Adabiyot, badiiy ijod uning hayoti 
m azm unini tashkil qilar edi.
Xeminguey 1899- yil 21- iyulda Chikagoning O uk-Park shahrida 
tug'ilgan. O nasi Greys Xoll opera q o ‘shiqchisi edi. Shifokor-terapevt 
va sportchi bo'lgan Klarens Edm onsni uchratgach, Greys operani 
tashlab unga turmushga chiqadi Ernest oiladagi olti bolaning to ‘ng‘ichi 
bo'lgan.
Bo'lajak yozuvchi ijodini juda erta boshladi. O uk-Park maktabida 
o 'q ib yurgan paytlaridayoq m aktab gazetalarida lining hikoya va 
she’rlari bosilib tu rar edi.
M aktabni tamomlagach, 1917- yilda Xeminguey armiya xizmatiga 
kirmoqchi, birinchi jahon urushida qatnashm oqchi bo'ladi. Biroq ko'zi 
jarohatlanganligi sababli armiyaga chaqirilm aydi. Shu sababli 1917— 
1918- yillarda Kanzass gazetasi «Star» da muxbir bo'lib ishlaydi. 6 oy 
o 'tg ach ko'ngilli sifatida Yevropa armiyasiga qabul qilinadi, Italiya- 
Avstriya frontida qizil X och Amerika Otryadining haydovchisi bo'lib 
xizmat qiladi. 1918- yilda oyog'idan yaralanadi, shu holda yarador 
italiyalik soldatni jang maydonidan olib chiqadi. Jangda ko'rsatgan 
m ardliklari uchun ikki marotaba Italiya ordenlari bilan taqdirlanadi. 
Gospitalda davolanayotganda am erikalik shafqat ham shirasini sevib 
qoladi (bu sevgi tarixi oradan o 'n yil o'tgach «Alvido, qurol!» asarining 
dunyoga kelishiga sabab bo'ladi). O uk-Parkka qaytgach, Xeminguey 
uchun Chikagodagi bir marom dagi sokin hayot zerikarli tuyuladi va 
Chikago ju rn a li redaksiyasiga ishga kiradi. Bu yerda u m ashhur 
yozuvchi, k o 'p lab am erikalik buyuk ijodkorlarning yo'lboshchisi 
Shervud A nderson bilan tanishadi. A nderson unga Parijga borishni 
m aslahat beradi. Parij san’at, adabiyot va m a’naviyatning m arkazi 
hisoblanar e d i Chinakam ijodkor bo'lish uchun Fransiya ilhom manbai 
e d i Xeminguey Anderson maslahatiga am al qilib 1921- yili Yevropaga 
yo'l oladi. Shu yili u Xedli Richardsonga uylangan e d i
Fransiyada yashab yurgan kezlarida Xeminguey juda ko'p sayohat 
qiladi Parijda yashovchi amerikalik yozuvchilar G ertruda Stayn, Ezroy 
Paund, Skott Fisjerald bilan tanish e d i Xeminguey ilhom bilan ijodga 
sho'ng'iydi Uning shiori «Muhimi bir satr bo'lsa ham haqiqatni yozish, 
qolgani esa o 'z-o 'zid a n bo'laveradi» edi. Xemingueyning ilk kitobi 
1923- yilda «Uch hikoya va o 'n she’r» n o m i bilan chiqadi, keyinroq 
esa «Bizning kunlarim izda» hikoyalar to 'p la m i bosiladi. M azkur
www.ziyouz.com kutubxonasi


to ‘plain Xemingueyning o'ziga xos uslubi, o'z qahram onini topganidan 
dalolat beradi.
1926- yilda Sh. Andersonning romanlaridan biriga parodiya tarzida 
«Bailor yomg'irlari» rom ani e’lon qilinadi Bu rom an «Charlz Skribnes» 
nashriyotining m ashhur m uharriri Maksuel Perkins ning diqqatini jalb 
qiladi. 1926- yil oktabrida Xeminguey «Quyosh baribir chiqaveradi» 
rom anini yozib tugatadi. Asar yozuvchiga katta shuhrat keltiradi, 
Xemingueyni yosh va um idli ijodkor deb tan oladilar.
Rom an urushdan keyingi yo'qotilgan avlod ruhiyatini, kayfiyatini 
aks ettiradi. Uning qahram onlari birinchi jah o n urushidan keyingi 
tushk u n h o la t girdobidagi, u ru sh tufayli ru han m ayib qilingan 
kishilardir. R om an voqealari ham qalbi, ham jism i mayib qilingan 
Djeyk Brans tilidan hikoya qilinishi bejiz emas. Hayotidagi m a’naviy 
ta y a n c h la rid a n m a h ru m b o 'lg a n b u k ish ila r u m r m a z m u n in i 
ko'ngilocharlik, baliq ovi, korrida, ichkilik va sevgida deb biladilar. 
Asar qahram onlari real hayotdan olingan rom an bosilib chiqqach, 
Xeminguey d o 'stlari undagi k o'plab qahram onlarni, shuningdek, 
yozuvchining o 'z in i h a m tanidilar. Bu ham asarning sh u h ratin i 
ta ’minlagan om illardan bo'ldi.
1927- yilda Xeminguey Polina Pfeyorferni sevib qoladi va birinchi 
xotini bilan ajrashgach, unga uylanadi.
1927- yilda uning «Ayolsiz erkaklar» nom li to 'p lam i chiqadi. 
Shnndan so 'ng Xem inguey Amerikaga qaytadi, Floridada qo'nim
lopadi va o'zining ikkinchi rom ani «Alvido, Qurol!» ni yakunlaydi 
Bu roman yozuvchining shuhratini yanada oshirib yuboradi. Tanqid- 
chilik romanga yuksak baho beradi, u n i adibning eng yaxshi asarlari 
qatoriga kiritadi. Rom an mavzui urush va sevgidir. Italiya armiyasida 
xizmat qiluvchi amerikalik ofitseming ingliz hamshirasiga bo'lgan go'zal 
va fojiali muhabbati Xemingueycha betakror talqinini topadi. M uhabbat 
mavzusi jim jim ador, rom antik, shoirona libosda emas, bosiq, xolis, 
sirtdan befarq, biroq ichdan ch uqu r hissiyotga y o 'g 'rilg an tasvir 
yo:sinida ifodalanadi.
30- yillarga kelib X em inguey ijodida b ir q a d a r tu sh k u n lik
kayflyati kuzatiladi. Bunga sabab qilib yozuvchini «shon-shuhrat 
m ast qilib qo'yganligi» deb ko 'rsatadilar. Bunga dalil tariqasida 
Xemingueyning o 'z in i «chinakam erkak» qilib ko'rsatishga inlilishi, 
ispan korridasiga, yirtqich hayvonlarning afrikacha ovga bo'lgan 
ehtirosi, atrofidagilarga bepisand m unosabati kabilarni keltiradilar 
Bu davrda y ara tg a n asarlari: «T u sh d an k eyingi o 'lim » , ispan 
korridalarini aks ettiruvchi «Afrikaning yashil do'ngliklari», Afrikaga 
b o 'lg an sayohat kundaliklari, voqealar Floridada kechuvchi «Bor 
yoki yo'q» qissasi kabilardir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


30- yillar yozuvchining ijodidan faqat ikki hikoyasi «Frensis 
M akaombeming qisqa baxti» va «Kilimanjaro qorlari» tanqidchilikning 
ijobiy bahosini olishga muvafiaq bo'ldi.
Ispaniyadagi fuqarolar urushi Xeminguey hayoti va ijodida tub 
burilish yasadi. U o'zin i chin ijodkor sifatida nam oyon qildi. Buyuk 
iste’dod egalari jam iyat dardlariga nisbatan o ‘ta ta ’sirchanliklari bilan 
ajralib turadilar. Xemingueyning ispan urushiga faol munosabati ham
shuning dalilidir. Respublikachilar uchun pul yig‘ib yozuvchi Shimoliy 
Amerika gazeta assotsiatsiyasi harbiy muxbiri ham da «Ispaniya yeri» 
hujjatli filmining ssenariy muallifi sifatida Ispaniyaga yo‘l oladi.
Ispaniyaga ikkinchi sayohatidan so‘ng X eminguey «Beshinchi 
kolonna» nom li pyesasini yozadi, unda 1937- yil kuzida M adridning 
qam al qilinishi tasvirlangan.
Xemingueyning bu davr ijodidan eng yorqin asar «Qo‘ng‘iroq kimni 
chorlaydi» romanidir.
Asarga ingliz shoiri Jon D onning quyidagi so 'zlari epigraf qilib 
olingan: «H ech qachon q o ‘ng‘iroq kim ni chorlayapti deb so‘ram a, 
u seni chorlayotir». R om an Ispaniyadagi fuqarolar urushi voqealariga 
bag 'ish lan gan . Bosh q ah ram o n R o bert Jo rd a n resp u b lik ach ilar 
tom onida jang qiluvchi am erikalik ko'ngillidir. H ar daqiqa, soniyada 
sovuq o ‘lim sharpasi sezilib turgan shafqatsiz urush sharoitida Robert 
Jord an qalbida ispan qizi M ariyaga nisbatan m uhabbat uyg'onadi. 
Bu sevgining, baxtning om onatligi asarga fojiaviy ru h baxsh etsa, 
M ariyaning ayanchli o 'tm ish i fojiylikni yanada kuchaytiradi. Biroq 
inson baribir insonligicha qolishi, eng chorasiz, umidsiz qolgan 
daqiqalarda ham baxtga intilib yashashi o ‘quvchi qalbiga yorug‘lik 
baxsh etadi. «Qo‘ng‘iroq kim ni chorlaydi» yozuvchiga katta shon- 
sh u h rat keltirdi.
1940- yilda X em inguey M arta G ellxornga uylanadi, G avana 
yaqinidan uy sotib oladi va xotini bilan Xitoyga safar qiladi. 1944- yili 
Londonga harbiy m uxbir sifatida yo‘l oladi (bu davrga kelib u xotini 
bilan ajrashgan edi). Britaniya G 'arbiy havo kuchlarida xizmat qiladi 
va 1944- yilning 25- avgustida Amerika qo‘shinlari bilan birgalikda 
Parijga kirib keladi. Yozuvchi ittifoqchilarning harbiy harakatlarida 
faol ishtirok etadi, h atto muxbirligini unutib yuborayozadi, jasorati 
uchun bronza medali bilan taqdirlanadi 1946- yilda Gavanaga qaytadi. 
Bu yerda u «Tayms» jurnalining muxbiri M eri Uelsh bilan tanishadi. 
Xeminguey unga uylanadi va umrining oxiriga qadar bu ajoyib ayol 
bilan turm ush kechiradi.
1950- yilda «D araxtlar soyasidagi daryo» rom anini e’lon qiladi. 
Asar voqealari Ikkinchi jah on urushini aks ettiradi, Italiyada kechadi. 
Tanqidchilik bu romanni sovuq kutib o ldi Yozuvchini sentimentallikda,
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'ziga o ‘ta bino qo‘yib yuborganlikda aybladilar. H atto bu romanga 
felyeton, parodiyalar ham yozildi.
Biroq 1952- yilda dunyo yuzini ko'rgan «Choi va dengiz» rom ani 
yozuvchi ijodiga nisbatan yuzaga kelgan ishonchsizlikni, uning iste’dodi 
so‘na boshladi, degan qarashlarni tum anday tarqatib yubordi. Keksa, 
omadsiz baliqchi haqidagi g ‘amgin lirik qissa tanqidchilik va keng 
kitobxon om m asi tom o nidan yuksak baholandi. B utun dunyoga 
Xemingueyning shuhrati taraldi, 1953- yilda bu asari uchun Pulitser 
mukofoti bilan taqdirlandi.
1954- 
yilda Xeminguey «Choi va dengiz» rom anida yana bir karra 
namoyish etilgan yozuvchilik m ahorati uchun hamda zamonaviy nasrga 
ko‘rsatgan ta ’siri uchun N obel mukofoti bilan taqdirlandi.
M ukofot topshirish m arosim ida Shved akademiyasining a’zosi 
Anders Esterling Xemingueyga «davrimizning eng ahamiyatga molik 
adiblaridan biri» deya baho beradi.
Xem inguey sog‘lig‘i yom onlashganligi tufayli N obel m ukofoti 
taqdim otida qatnasha olmaydi.
1960- 
yilda yozuvchi Rocheisterdagi Mayo kasalxonasida davolandi, 
unga ruhiy xasta, tushkunlikka tushish kabi tashxislarni qo‘yadilar. 
Kasalxonadan chiqqach Xeminguey ortiq ijod qila olmasligini anglab 
yetdi va 1961- yil 2- iyunida o ‘z joniga qasd etdi.
Xemingueyning o ‘limi dunyo san’a t ahlini larzaga soldi. Amerika 
tanqidchisi Edm und U ilson «bu hodisa butun bir avlodimizning tam al 
toshlaridan biri to'satdan qulab tushishi bilan teng», deya yozadi.
GABRIEL GARSIA MARKES
G abriel G arsia Markes - buyuk Kolumbiya yozuvchisi, m ashhur 
romanlar, qissalar, hikoyalar muallifi, N obel mukofotining sovrindori.
M arkes 1928- yil 6- m artda, Kolumbiyaning Arakataka shahrida 
tug'ilgan. Arakataka A tlantika okeani yonbag‘irlari va Kolumbiyadan 
uncha uzoq bo'lm agan M agdalena daryosi sohilida joylashgan kichik 
shaharcha. M arkesning otasi telegrafchi edi. Yozuvchi iste’dodining 
shakllanishida buvisi Trankilinaning ta ’siri katta bo'ldi. Trankilina 
kuchli, m atonatli ayol edi, oila tizgini uning qo'lida edi. Ayni paytda 
1 8 99 -1 90 3- yillar fuqarolar urushining ishtirokchisi bo'lgan bobosi 
keksa polkovnik Nikolos ham yosh G abriel hayotida o'chm as iz 
qoldirgan. Ijodkor sifatida shakllanishidagi uchinchi om ilni M arkes 
o ‘zi o 'sg an m uhitda deb b iladi. U yashagan sh a h a r tu rm u sh i 
g'aroyibotlarga to ‘la, fantastika va voqelik ajoyib tarzda uyg'unlik kasb 
etgan edi. Bobosining o'lim idan so'ng 8 yoshida Markes A rakatakani 
tark etadi, u ni Sapakira sh ah rid ag i m a k tab -in tern atg a o'q ishg a
www.ziyouz.com kutubxonasi


beradilar. Ilk m arotaba yozishga shu yerda urinib ko'radi...
1946- yilda Bogota universitetining yuridik fakultetiga o'qishga 
kiradi.
M arkesning birinchi hikoyasi 1947- yilda e’lon qilinadi. Lekin u 
yozuvchi bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan, uni kasb qilib olish haqida 
o ‘ylab h a m k o 'rm a g a n e d i. 1948- y ild a lib e ra l p a rtiy a n in g
yo'lboshchisiga suiqasd qilingach, poytaxtdagi vaziyat keskinlashadi 
va Markes Kartaxena shahriga ko'chib o ‘tib, o ‘qishini davom ettirishga 
urinib ko‘radi. Biroq advokatlik kaiyeiasi uni ortiq qiziqtirmay qo'ygan 
edi, u bu sohaga adashib kirib qolgani, bu o 'tk in ch i havas ekanligini 
anglab yetadi va o'qish ni tashlab, jurnalistlik faoliyalida o‘zini sinab 
ko'rishga qaror qiladi.
1950-1954- yillarda Markes reportyor bo'lib ishlaydi, xronikalar 
bo'lim ini boshqaradi. 1951- yilda «To'kilgan barglar» qissasini e ’lon 
qiladi, asarda ilk m arotaba muallifning keyinchalik barcha asarlaridagi 
voqealar ro'y beradigan xayoliy Makondo shahri tasvirlanadi. Bu shahar 
yozuvchining qadrdo n A rakataka shahriga ju d a o'xshab ketardi. 
M akondo shahri bilan yozuvchi asarlaridagi markaziy - yolg'izlik 
mavzusi h am paydo bo'ladi.
1954- yilda M arkes Bogota shahriga ko'chib o'tadi, gazetadagi 
ishini davom ettiradi, siyosiy hayotda faol qatnashadi.
1955- yilda «Е1 Espektador» gazetasining muxbiri sifatida Yevropaga 
ishga yuboriladi U Rim da ishlaydi, ayni paytda Tajriba kinematogralik 
markazining rejissyorlik kurslarida tahsil oladi. Markes Rimdan Parijga 
ko'chib o'tadi. V atanida ro 'y bergan davlat to 'n tarish i yozuvchining 
Parijda qolishiga sabab bo'ladi. Shu yerda yozuvchi o'ziga ilk shuhrat 
keltirgan «Polkovnikka h ech kim yozm aydi» qissasini yaratadi. 
Kitobning birinchi nusxasi 1956- yilda yozilgan, alohida kitob holida
1961- yilda nashr etiladi.
Tanqidchilik bu qissada mashhur Amerika yozuvchisi Xeminguey­
ning ta ’sirini k o 'rad i, buni yozuvchining o 'z i ham e ’tiro f etadi, ayni 
paytda qissada uning muxbirlik tajribasi h am sezilib turadi. Asar tili 
yozuvchi m aqsadiga b o 'y su n d ira bilinganligi, aniqligi, so 'zn in g 
im koniyatlaridan m ohirlik bilan foydalanilgani, unga salmoqli m a’no 
yuklay bilish, uni his qilish kabilar bilan ajralib turadi. Markes uslubini 
sayqallashtirish, yuksak badiiylik va psixologik jihatdan haqqoniylikka 
erishish m aqsadida bu asarni o 'n bir m arta qayta ko'chiradi. Asar 
voqeasi 1956- yilda nom siz shaharchada ro 'y beradi. Biroq asar 
qahram oni fuqarolar urushi ishtirokchisi polkovnikning tushlari va 
xotiralarida vatani M akondo gavdalanadi. M akondo shahri bilan 
tasvirga real va ulkan hodisalar ro'y bergan tarixiy davr kirib keladi 
«Polkovnikka hech kim yozmaydi» ning mavzusi insonning yolg'izli-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gidir. Bu insonning voqelik absurdligiga, ochlik, qashshoqlik va 
ojizlikka, hissizlikka sabot-m atonat bilan qarshi turishi, uning adolat 
tantanasiga b o 'lgan o'lm as ishonchi to 'g 'risid a g i qissadir. A na shu 
jihallari qissani Xemingueyning m ashhur «Choi va dengiz» asari bilan 
yaqinlashtiradi.
M arkes lu rli lo tin am erikasi gazetalarin in g m uxbiri sifatida 
Yevropaning ko'plab m am lakatlarini kezib chiqadi, m a’lum m uddat 
Venesuelada yashaydi, 1961- yildan Meksikada qo'nim topadi va 
«Xosiyatsiz vaqt> rom anini tugatadi. Asar birinchi m arta m uharnrlar 
tom onidan buzilgan holda Ispaniyada nashr qilinadi, 1966- yilda 
Meksikada to 'liq va asl holida bosiladi. Asar mavzui zo ‘ravonlik va 
uning shaxsni yemiruvchi mohiyatidir. Bu asarda yana M akondo shahri 
namoyon bo'ladi, A uieliano Buendia, Rebeka nomlari paydo bo'ladi. 
(Ular keyinchalik yozuvchining «Tanxolikning yuz yili» romanida ham
ishtirok etadi).
Bolalik xotiralari, zo'ravonlik va yolg'izlikning taqdir ekanligi 
to ‘g‘risidagi filer yozuvchiga tinchlik bermaydi. Keyinchalik ushbu 
tuyg'u «Katta onaning m a’rakasi» hikoyalar to'plam ida o'zining badiiy 
ifodasini topadi. T o'plam dunyo yuzini ko'rgach, Markes m a’lum
muddat adabiyot ishidanuzoqlashadi, kuchini kinematogiafiya sohasida 
sinab ko'rm oqchi bo'ladi.
Biroq kino san’atida Markes o 'zi istagan narsani topa olmadi: 
«Kinoda ishlab, m en, albatta, tasviriylik boshqa hikoyalash elem ent- 
laridan ko'ra ancha afzalliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qildim, 
biroq, shuningdek, m a ’lum jihatdan chegaralangan ekanligiga ham
am in bo'ldim va bu m en uchun kutilmagan kashfiyot bo'ldi; faqat 
shundagina rom an qanchalar cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini 
anglab yetdim», deb yozadi.
1965- yilda Markes yana o'zida yozishga kuchli ehtiyoj va ishtiyoq 
sezadi ham da ixtiyoriy ravishda 18 oyga uzlatga chekinadi - shu tariqa 
20 yil davomida yozuvchi qalbida ardoqlab kelgan asari «Tanxolikning 
yuz yili» vujudga keladi. Rom an 1967- yil Buenos-Ayresda bosilib 
chiqadi va yozuvchiga olamshumul shuhrat keltiradi. Asar tiraji uch 
yarim yil ichida yarim m iltiondan ko'proq nusxani tashkil qiladi, bu 
Lotin Amerikasi uchun misli ko'rilm agan hodisa edi. Rom an haqida 
gap ketganda «magik realizm» iborasi qo'llanila boshladi, bu tushuncha 
aynan M arkes uslubiga xos bo'lgan xususiyat bilan b o ^ liq ravishda 
paydo bo'ldi. Magik realizm lotin am erikasi yozuvchilari ijodiga xos 
bo'lib, cheksiz erkinligi, yer hayotini xayolot, ongning tub-tubida 
yotgan hissiyotlar bilan uyg‘un ravishda tasvirlash bilan xarakterlanadi. 
Asar dunyo rom anchiligi va realizm tarixidagi yangi bosqich sifatida 
yuksak baholandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Tanholikning yuz yili» ko‘p planli asardir. U nda Buendialar 
sulolasining olti avlodi tasvirlanadi. Voqealar yozuvchining ardoqli 
M akondo shahrida kechadi. Adib ushbu shahar va undagi insonlar 
tarixi orqali Lotin A m erikasi tarixi va unga o ‘z m uhrini bosgan 
tam ad d u n n in g ta ’sirin i aks ettirad i. Ayni paytda ro m an ja h o n
adabiyotining antik eposdan maishiy rom angacha bosib o ‘tgan yo‘li 
h a m d ir. Y ozuvchi B u e n d ia la r o ilasi m iso lid a in so n iy a t o n gi 
taraqqiyotini tadqiq e ta d i Boshdagi buyuk Renessans davrining tinib- 
tinchimas, izlanuvchan va tadbirkor kishisiAurleanio Buendia timsolida 
XX asrga yetib keladi. U barcha sohalarni qam rab olgan begonalik, 
yolg‘izlik qurboniga aylanadi. Shu rom ani bilan yozuvchi M akondo 
va lining aholisi mavzuiga so'nggi nuqta qo'yadi. Keyin yaratilgan 
asarlarida ushbu qahram onlarga va mavzuga qaytmaydi.
1972- yilda «Soddadil Erendira va uning shafqatsiz buvisi haqida 
misLsiz g'am gin qissa» hikoyalar to'p lam i bosiladi. Shundan e ’tiboran 
Markes uchun hukm ronlik va zo'ravonlik yetakchi mavzuga aylanadi. 
«Buzrukning kuzi» rom anida ushbu mavzu chuqur tahlil qilinadi, 
zo'ravonlik va shafqatsizlikning g'ayriinsoniy mohiyati ochib beriladi 
Asar markazida zo'ravonlikni hayotning asosiy qonuni deb bilgan kuchli 
shaxs obrazi turadi.
1981- yilda «Oshkora qotillik qissasi» asari e ’lon qilinadi, oradan 
bir yil o'tgach esa M arkes N obel mukofoti bilan taqdirlanadi.
---------- e r a '
www.ziyouz.com kutubxonasi


M O D E R N IZ M
M odernizm fransuzcha m oderne (zamonaviy, eng yangi) so'zidan 
olingan bo'lib, XX asm ing 20- yillarida vujudga kelgan badiiy estetik 
tizim ni anglatadi. Shu davrdan boshlab XIX asr san’atidan farq qiluvchi 
yangi san’at shakllana boshlaydi.
M o dernizm ning vujudga kelishiga S hopengauyer va N itsshe 
irrasional falsafasi, Bergson intuitivizm i, E. G usselning fenom eno- 
logiyasi, Freyd va Yung psixoanalizi, Xaydegger, keyinroq Sartr va 
Kamyu ekzistensializmi, Franfurkt m aktabi ijtimoiy falsafasi g'oyalari 
asos b o 'lib xizm at qildi. M odernizm m a’lum ijtim oiy davr m ahsuli 
edi, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jam iyat hayotida yuz bergan 
ijtim oiy va m a’naviy tushk un lik (bu dek ad en tlik atam asi bilan 
nom lanadi) adabiyot va san ’atga o 'z ta ’sirini ko'rsatdi. M od em iz- 
m ning paydo bo'lishi bir tom ondan jam iyatdagi ijtimoiy jarayonlarga 
no ro zilik ifodasi edi, zero u la r ijtim oiy o'zg arish lar, in q ilo b -u
to 'n ta rish la r bilan insonni baxtli qilib bo'lm asligini anglab yetdilar; 
m o d e rn izm o qim ining g'oyaviy aso sin i tashk il qiluvchi falsafa 
insonning ijtim oiy tom oniga em as, ruhi, qalbiga asosiy e ’tib o m i 
q aratd i
M odernist o'zlarid an oldingi falsafani narsalar lalsafasi bo'lgani 
uchu n tanqid qiladilar, falsafa diqqat m arkazida inson turishi lozim , 
degan fikm i ilgari suradilar, insonning asl hayoti real voqelikdagi 
em as, ko'ngildagi, ongdan tashqari, aql-idrokka bo'ysunm aydigan 
hayo ti deb biladilar. A yni paytda ular a n ’anaviy shakldan ham
qoniqm aydilar; XIX asr realizm i va rom antizm i u ch u n xos bo'lgan 
qolip tusin i olgan shakl va usullarni takrorlash, naturalizm ning 
voqelikdan passiv nusxa ko'chirishi, badiiy ijodda akademizmga qaishi 
isyon ko'tardilar.
U shbu yo 'nalish ta rafd o rlari a n ’anaviy shakl hozirgi zam on 
voqeligini ko'rsatishga ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar. R uh- 
qalb h ay o tin i alohida qadrlovchi m o d ern istlar, en d i realistik usul 
va v o sita lar inson qalb in in g y ashirin tu b larig a kirish, u n i b o r 
b o 'y ic h a , ro 'y -ro s t tasvirlash u c h u n ojizlik qilib qo lgan, deb 
hisoblaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XX 
asr adabiyotida m odernistlarning shakl bobidagi izlanishlarini 
aks ettiruvchi ko'plab oqim larni ko'rsatish mumkin.
Futurizm — lo tin ch a (futurum ) so‘z b o'lib, «kelajak» m a’nosini 
anglatadi. Bu oqim ning maqsadi kelajak san ’atin i yaratishdan iborat 
e d i Futuristlar san’a t tam om ila erkin bo'lishi kerak, deb hisoblardilar, 
o 'tm ish san ’a tin i in k o r qilardilar. F u tu ristlar yozish texnikasiga 
alohida e ’tib o r beradilar, poetik qonuniyatlarni buzadilar.
0 ‘zining bir qancha ziddiyatli jihatlariga qaram asdan futurizm
V .X lebnikov, P a ste rn a k k ab i sh o irla r ijodiy y o 'n a lish la rin in g
shakllanishida k atta rol o'ynadi, shakl bobidagi dadil tajribalariga 
asos bo'ldi.
Ekzistensializm (existence - mavjudlik) — XX asrdagi ana shu 
nomdagi falsafa asosida vujudga kelgan modemistik oqim. Ushbu falsafa 
m arkazida inson h ay o tin in g m a’nosi, shaxs erk i va m as’uliyati 
m uam m olari turadi. Adabiy oqim sifatida ekzistensializm borliq va 
insonning g'aroyib sirli-sehrli jihatlari xususida bahs yuritadi. Ushbu 
adabiyot nam unalarida insonning jam iyatga begonaligi, yolg'izligi, 
mahkumligi m uam m osi ko'tariladi.
Ekspressionizm (fransuzcha — expression — ifoda so'zidan) — 
Birinchi jaho n urushi va inqilobiy to 'n tarish lar davrida san ’at va 
adabiyotda vujudga kelgan oqim. Ushbu oqim vakillari hissiyotga, 
tu yg 'u ga alo hida e ’tib o r b erad ilar, q ah ram o n n in g ta sa w u rla ri, 
taassurotlari ifodasi yetakchilik qiladi, hissiyotga, kechinmaga urg'u 
beriladi. Ekspressionizm ko'proq she’riyat (Pol Elyuar) va dramada 
nam oyon bo'lgan.
Impressionizm (fransuzcha im pression — taassurot) — XIX asr 
oxiri — XX asr boshlarida Fransiyada vujudga kelib, tasviriy san ’at, 
adabiyot, m usiqada o 'zin i nam oyish qilgan oqim. Im pressionistlar 
in so n ning b iro n h o d isa t a ’sirida tu g 'ilg a n taassu ro ti, hissiyoti, 
hayajoni, ruhiy holati san’atning diqqat m arkazida turishi kerak deb 
hisoblaganlar.
U lar insonning asl hayotini g'ayrishuuriy hissiyotlar, o'zgalardan 
y a sh irin tu y g 'u la rd a k o 'rg a n la r, u sh b u o la m n i b o r b o 'y ic h a
ko'rsatishga harakat qilganlar. Im pressionizm atam asi M onening 
«Taassurot. Quyosh chiqishi» nom li kartinasi ko'rgazm ada namoyish 
etilgandan so'ng paydo bo'lgan. Rassomlar o'zlarining sevimli janrlari 
bo'lgan peyzaj, portret, ko'p shaxslar tasvirlangan kompozitsiyalarda 
u la m i qurshagan dunyo d an olgan lahzalik taassurotlarini ifodala- 
ganlar.
Adabiyotda impressionizm yo'nalishlari naturalizmdan simvolizmga 
o 'tish jarayonida shakllaadi. J. va E. G onkurlar, J.G yuism ans, G i de 
M opassan ushbu yo'nalishga moyillik bildiradilar, asarlarida oniy
www.ziyouz.com kutubxonasi


lahzada insonning rang-barang tuyg‘ularini so‘z yordamida iloji boricha 
to ‘liqroq tasvixlashga intilganlar. Impressionizm alohida maktab tusini 
olm agan b o ‘lsa-da, bu yo‘nalish vakillarining ko'plab kashGyotlari 
zam onaviy san ’at va adabiyotda iz qoldirdi.
Syurrealizm (fransuzcha surrealizme) — Fransiyada XX asming 
20- yillarida vujudga kelgan oqim. Syurrealizm intuitivizm falsafasi, 
sharq diniy falsafasi, freydizm ta’limotiga tayanadi. Syurrealizm estetikasi
A. Bretonning «Syurrealizm manifesti» asarida o‘zining ifodasini topgan. 
Ular insonning «men» iga erkinlik berishga, uni moddiyunchilik, 
in so n n in g ijodiy im k o n iy atlarin i cheklovchi a n ’anaviy estetika 
zanjirlaridan xalos qilishga chaqiradilar. H ayotning asl mohiyati 
insonning ongdan ta sh q ari g'ayrishuuriy olam ida berkingan deb 
hisoblaydilar, adabiyot tartibotlarga, ko'nikm a, axloqiy tushunchalar 
va m antiqqa bo‘ysunuvchi hayotni emas, uning botindagi pinhon 
tuyg‘ularini tasvirlashi lozim.
Shu sababli inson ruhining g'ayrishuuriy holatini namoyish etuvchi 
usul sifatida tush ho lati, go'daklik kechinm alari, gallyusinatsiya 
kabilardan foydalanganlar. Syurrealistik asarlar syujeti majoziylikka, 
paradoksga, kutilmaganlikka asoslanadl Adabiyotda Appoliner, tasviriy 
san ’atda S.D ali, X .M iro, I.Tangi, G .A rp, A .M asson, R .M agritt, 
kinematogiafiyada L.Bunyuel, absurd teatrida E.Inoyekso, S.Bekket 
ushbu oqim namoyandalaridir.
M odernizm ga tushkunlik mafkurasini ifodalovchi hodisa sifatida 
salbiy baho berib kelindi. Biroq uning buyuk namoyandalari bu fikraing 
biiyoqlamaligi, adolatsizligini isbotladi. Frans Kafka, Jeyms Joys, Alber 
Kamyu asarlarida chirigan jamiyatning inson shaxsiga ta’siri, uni mahv 
etishi o‘zining yorqin ifodasini topsa-da, insonga, uning kelajagiga 
ishonch tuyg‘usi ham ufurib turadi. M odem istik ijod mahsullarida 
fojiaviy taqdirga mahkum inson fojiaviylik zamirida ham baxtga intiladi, 
najot axtaradi.
M od ernch i adiblarning qah ram on lari k o ‘p h ollarda favqulodda 
vaziyatga tushib qoladilar, ana shunday h ollarda u larning qalbida 
ro‘y berayotgan jarayonlar m uallif diqqat markazida turadi. U lam ing 
q ah ram o n lari odatda halol, sofdil, b eo zor odam lar. R uh hayoti 
bilan yashash, ko‘ngil buyurganini qilish, soxtalik, su n’iylikni inkor 
qilish, qalbidagini yashirmaslik — F.Kafka, A.Kam yu kabi ijodkorlar 
asarlarining q ah ram o n larid a ana shu jih a tla r yetakchilik qiladi.
M odem istlar shaklga alohida e ’tibor beradilar, shartli-ram ziy 
iisu llarn i q o 'lla y d ila r, in so n shaxsiga k u tilm a g a n to m o n d a u
yondashadilar. Bu jihatdan, ayniqsa, avstriyalik yozuvchi F. Kafka, 
fransuz adibi A. Kamyu va amerikalik U. Folkner ijodi diqqatga 
sazovor.
www.ziyouz.com kutubxonasi


FRANS KAFKA
F rans Kafka XX asr m odern adabiyotining eng ajoyib va o'ziga 
xos nam o yan dasid ir. U ning ijodi g 'o y a td a xilm a-xi] q arash la r va 
b ah olarg a sabab b o 'lg an . A lbatta, K afka tirik lik ch o g 'id ag ig a 
qaraganda o 'lim id an keyin unga qiziqish kuchli bo'lganligini ham
e ’liro f etish kerak. Ba’zan buyuk is te ’dod eg alari o 'z davrida tan
olinm asligi, tushunilm asligiga k o 'p la b m iso llar keltirish m um kin. 
K afka h a m s h u n d a y ijo d k o rla r sirasig a k irad i. U M ark aziy
Y evropada o 'tg a n asrning 2 0 - 3 0 - yillarid a ju d a keng b o 'lm asa 
h am m a ’lu m m a ’nod a tan ilg an edi. O 'z paytid a G esse, T .M an n , 
M uzil, Brext k ab i ta n iq li yozu v ch ilar u ning iste’d o d in i ta n olgan 
edilar. B iroq K afka no m in in g ch in ak a m sh u h ra ti Ik k in ch i ja h o n
u ru sh id a n keyingi davrga to 'g 'r i keladi. C h u n k i K afka tirik ligid a 
kitoblarining nashr qilinish-qilinm asligiga b e e ’tib o r qarar edi. Shu 
sab ab li o 'lim id a n keyin n ash r etilg an , b a ’zilari tu g allan m ag an
«Jarayon», « Q o 'rg 'o n » , «Amerika» ro m a n la ri adabiyot olam id a 
ch in ak a m voqea b o 'ld i.
U zoq davr mobaynida Kalka m erosi uning do'sti, yozuvchi Maks 
Brod q o 'lid a saqlandi. Brod m arh u m yozuvchi tim solida k o 'p ro q
sa n ’atk o rn i em as, «g'oya odam ini» k o 'ra r edi. Shu sababli uni 
xristian ta ’lim oti targ'ibotchisiga chiqarib qo'ygan e d i Kafka ijodini 
o 'zicha n o to 'g 'ritalq in qilganiga qaramay, Brodning adabiyot oldidagi 
x iz m a ti u lk a n b o 'ld i, u d o 's tin in g b a rc h a n a s h r q ilin m a g a n
qo'lyozm alarini yoqib yuborishni so'rab qoldirgan vasiyatini bajarmadi 
va dunyo kitobxoni Kafka merosi bilan to 'liq tanishish imkoniyatiga 
ega bo'ldi.
Kafka nom i shuhrat cho'qqisiga chiqqach, barcha uni o'zicha talqin 
qilish va ulug'lashga o'tdi. Dastlab A merika da boshlangan Kalkani 
yangidan tanish asta-sekin butun dunyoga yoyildi. Tanqidchilik buning 
sababini yozuvchi asarlarida ko'zga tashlanadigan payg'am barona 
bashoratlarda ko'radilar. Kafka hech q achon payg'am barlikka d a ’vo 
qilm agan edi, biroq u dunyo taraqqiyotidagi b a’zi tam oyillarni ko'ra 
bildi. Insoniyat ishongan g'oyalarning urushdan keyin puch bo'lib 
chiqishi, tam addun — sivilizatsiyaning oxir-oqibatda insonni mahv 
qiluvchi jihatlarini o 'z asarlarida ochib berdi.
Kafka g 'a y riin so n iy ta rtib o tla r h u k m ro n b o 'lg an duny o d an
nafratlanar edi, insonning imkoniyatlariga ishonmas edi. Ayni paytda 
u inson uchun iztirob chekar, uning uchun o 'zin i javobgar deb his 
qilar edi. Kafka dunyoqarashidagi qaram a-qarshilik uning asarlari 
turlicha baholanishiga sabab bo'ldi. U ning ijodini diniy va modern 
adabiyotning turli oqim lari aqidalari bilan izohlashga urindilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XXI 
asrga kelib ham Kafka ijodiga bo'lgan qiziqish so'ngani yo'q. 
Zero, bu yozuvchining kashfiyotlari zamonaviy kitobxon qalbiga ham
yo'l topa bilmoqda.
Frans Kafka 1883- yil 3- iyulda Praga shahrida tug'ilgan. Ota-onasi 
yahudiy millatiga mansub edi. Onasi ruhoniylar avlodidan, otasi esa 
qishloq hunarmandining o'g'li bo'lgan. Kafka shaxsining shaldlanishida 
otasining o 'm i katta. Yoshligi qashshoqlikda o'tgan bu odam keksayganda 
m a’lum sarmoya to'playdi va kichik fabrika egasi darajasiga yetadi. 
Ruhan tamomila o'g'lining ziddi bo'lgan bu odamda endi o'ziga ishonch 
hissi paydo bo'ladi va oilasidagi uch qizi ham da yolg'iz o'g 'il Fransni 
o 'z hukmiga bo'ysundiradi. N ihoyatda ta ’sirchan tabiatli Frans otasiga 
qalban itoat etolm aydi, biroq otasiga bo'lgan nafratga yo'g'rilgan 
muhabbat, uning oldida qarzdorlik, burch hissi noroziligini tashqariga 
chiqarishiga yo'l qo'ymagan. Uning hech kim daxl qila olmaydigan o'z 
xayolot olamiga berkinib olishi sukutdagi isyoni ifodasi edi.
Keyinchalik «Otamga xat» (1919) asarida qalbidagi ziddiyatni to'kib 
soladi (biroq uni otasiga jo'natm agan). Ushbu xat Kafka iste’dodini 
shakllanishidagi ko'plab ruhiy om illam i ochib beradi.
Tadqiqotchilar Kafka dunyoqarashida ko'zga tashlanuvchi o'ziga 
nisbatan ishonchsizlik, yolg'izlikka moyillik sababini shunda ko'radilar.
Frans a w a l nemis gim naziyasini tam om laydi, so'ngra huquq- 
shunoslik bo'yicha oliy ta ’lim oladi, San’at tarixi va germanistikadan 
ma’ruzalarga qatnashadi. 1906- yilda oldin advokatlik idorasida, so'ngra 
Praga shahar sudida am aliyot o'taydi. 1907- yildan boshlab xususiy 
sug'urta jam iyatida xizmat qiladi.
Shu yili ishlab chiqarishdagi shikastlanishdan sug 'urtalan ish
tashkilotiga ishga o'tadi. Kafka intizom li va halol xizm atchi, buning 
ustiga doktorlik darajasiga ega edi. Biroq shunga qaramay, u um rining 
oxirigacha kichik maoshli, oddiy lavozim ni egalladi. 1917- yili sil 
kasali bilan og'riydi. 1922- yili nafaqaga chiqishga majbur bo'ladi. 
N ihoyat 1923- yilda uning erkin adabiyotchi bo'lish orzusi amalga 
oshadi va Berlinga keladi. Biroq sog'lig'i yomonlashganligi tufayli 
Pragaga qaytadi. 1923- yilda Vena yaqinidagi Kirling sil kasalliklari 
sanatoriysida vafot etadi.
Kafka dunyoqarashidagi o'ziga xoslik uning uslubida ham o'z aksini 
topadi. Uning asarlarida fantastika va reallik g'aroyib tarzda uyg'un- 
lashib ketadi «Evrilish» hikoyasining qahramoni Gregor Zamza uyqudan 
uyg'onib o'zining ulkan hasharotga aylanib qolganini k o 'rad i Albatta, 
bu o 'ta g'ayrioddiy holat. Biroq yozuvchi vaziyatni tezda oddiy kundalik 
tashvishlar tasviri bilan alxnashtiradi. Endi g'ayrioddiy narsa insonning 
odatiy hissiyot, ko'nikm alari bilan qo'shilib, kitobxonni ajablantirmay 
qo'yadi. Zamzani o 'zining hasharot ekanligidan ko'ra ishga kech qolish,
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshlig'idan gap eshitish ko‘proq tashvishlantiradL Tanish holat. Kafka 
fantastikadan voqelikka erkin ko 'chadi. Zam za tashqi tom o nd an
hasharotga aylansa ham qalban o'zgargani yo‘q. U ota-onasi va singlisi 
oldida o‘zini mas’ul deb his qiladi, oila farovonligi uchun o‘zi sevmagan 
kasb bilan shug'ullanishga tayyor. Biroq hasharotga aylangan o'g'il oila 
uchun keraksiz. Eng yaqin kishilari boshda u sevgan, ko'nikkan barcha 
narsadan m ahrum qiladilar, keyin un d an tamomila yuz o'giradilar va 
nihoyat uni axlat uyumiga supurib tashlaydilar. Ushbu hikoya inson 
qalbining yashirin, tuban, ayni paytda yuksak jihatlarini ochib tashlaydi.
Kafkaning «Jazo koloniyalarida» hikoyasi turli talqinlarga sabab 
bo'lgan. Bu yerda ham biz odatlangan sujetni ko'rmaymiz. Hikoyada 
dahshatli ixtiro — qatl mashinasi tasvirlangan. Asarda shu m ashinaning 
ixtirochisi — ofitser uning ishlash jarayonini z o 'r maroq va ehtiros bilan 
ta’riflab beradi, sayyoh oldida uning ishini namoyish etmoqchi bo'ladi. 
Kutilmaganda m ashina ishlamay qoladi, fidoyi ofitser nomus kuchi 
bilan o'zi mashinaga yotadi. Oqibatda o'zining ixtirosi ixtirochisini mahv 
eta d i
Bu hikoya g'oyasini ba’zi adabiyotshunoslar Kafka 2 0 - 3 0 - yillarga 
kelib fashizm, stalinizm, milliy sotsializm ko'rinishida namoyon bo'lgan 
totalitar siyosatni bashorat qilishida ko'radilar. Boshqacha qarashlarga 
ko 'ra Kafka bu asarida tam addunning insonni mahv etuvchi tabiatini 
ko'rsatib bergan.
Kafkaning birinchi rom ani «Amerika» 1916- yilda yozib tu g atil- 
gan. R om an 16 yoshli yigitchaning sarguzashtlari haqida hikoya 
qiladi. Y igitchani o ta-o n asi xizm atkor ayol bilan ishqiy m uloqotlari 
u c h u n P rag ad an N yu-Y orkka «surgun» qiladilar. U n ih o y atd a 
b eg 'u b o r va sodda, barchaga yaxshilik qilishni istaydi. M ana shu 
fazilatlari unga ko'plab ko'ngilsizliklar keltiradi. M uttaham odam lar 
u n d a n foydalanadilar, q ah ram o n o 'z i istam agan h o ld a k o 'p lab
firibgarlik ishlariga aralashib qoladi. Y a’ni, u o'ziga begona b o 'lg an
boshqa olam ga tushib qoladi. R om an n isbatan real voqelikka yaqin 
bo 'lsa ham (bu asarda Kafkaning boshqa asarlaridagi kabi shartlilik 
yetakchilik qilm aydi) Kafka ijodiga xos b o 'lg an m u h itd an b e g o n a- 
lashuv ru h i bu yerda ham hukm ron, y a ’n i m uhitdan begonalashuv 
Kafka ijodiga xosdir.
1922- yili dunyo yuzini krgan «Jarayon» rom ani qahramoni Yozef 
K. ustidan ketayotgan sud tasviridan iborat. Bu sud odatdagi sudlardan 
larq qiladi Q ahram on o'zini nima uchun sud qilayotganlarini bilmaydi, 
biroq sud qiluvchilarga so'zsiz bo'ysunadi, jarayon esa uylarning 
chordoqlari va yerto'lalarida bo'lib o'tadi. Boshda mavhum kayfiyatda 
sudga jalb qilingan Y ozef K. asta-sekin jarayonga chuqurroq kirib 
b o rad i O 'zini nim adadir aybdor sezadi. Asar nihoyasida o'lim jazosiga
www.ziyouz.com kutubxonasi


hukm qilinadi, u hukm ga so'zsiz itoat etadi, uni «itdek s o ‘yib 
tashlaydilar».
Kafkaning bu asari ham turli talqin va bahslar mavzusiga aylangan. 
Yozef К xarakteri har xil baholarga sabab bo'lgan. Uning sud qilinishi 
va qatl etilishida inson hayotining absurdligi, oxir-oqibat halokatga 
mabkumligj g'oyasi yashiringan. U jarayonga qarshi borishga ojiz, 
unga bo'ysunishdan o ‘zga chorasi yo‘q.
Kafka asarlarida umidsizlik, lushkunlik ruhi hukm ron, degan 
qarashlar uncha asosli emas. Inson ba’zan qanchalar ojiz va tuban 
bo'lm asin, baribir, u mehrga, e ’zozga sazovor. Yozuvchining keyingi 
asari «Qo'rg'on» o'quvchida nisbatan nurli taassurot qoldiradi, insonga 
nisbatan um id uyg'otadi. «Q o'rg'on» qahram oni yer o'lchovchi K. 
qishloqqa kelgach, sirli qo'rg'onga y o 'l izlaydi, biroq hech kim u 
yerga qanday borishni bilmaydi va unga to 'g 'ri yo 'l ko'rsata olmaydi. 
K. «Jarayon» qahramonidan lkrqli o'laroq faol va harakatchan, chorasiz 
m uhitda h am qo'rg'onga yo'l topish um ididan voz kechmaydi.
Kafka asarla ri yagona xulosa chiqarishga im kon berm aydi, 
tafakkumi uyg'oqlikka, faollikka chorlaydi, qayta-qayta o'qishga majbur 
qiladi. Uning ijodi jum bog'i, sehri ham ana shunda, yangi asr kitobxoni 
bu jum boqni o'zicha yechadi, kashf qiladi.
UILYAM FOLKNER
Buyuk A m erika y ozuvchisi U ilyam F o lk n e r XX a sr ja h o n
adabiyotining zabardast vakillaridandir. U qator rom anlar, hikoyalar 
m ualM . Xalqaro N obel mukofotining la u re ati
Folkner m ashhur fransuz yozuvchisi Kamyu, buyuk Xeminguey 
bilan zam ondosh bo'lgan. Uning hayoti va ijodi qadrdon Missisipi 
shtati bilan cham barchas bog'liq. Folkner, bir necha sayohatlarini 
hisobga olm aganda, sevikli go'shasida muqim yashagan, qadrdon 
ildizlar uni V atanidan uzoqlashishiga yo'l qo'ymagan.
Uilyam Katbert Folkner 1897- yil 25 - sentabrda Missisipi shtatining 
N yu-O lbani degan joyida, G 'a rb jam iyatining aslzodalariga kiruvchi 
oilada tug'ilgan. O radan besh yil o'tgach, uning ota-onasi qo'shni 
Oksford shahriga ko'chib o'tadi. Uilyam bolalikdan bobosi singari 
yozuvchi bo'lishni orzu qilgan. Folknem ing katta bobosi — Klark 
Folknerni oilada «keksa polkovnik* deb ataganlar. U keksa soldat 
bo'lib, g'oyat ajoyib, serqirra, murakkab shaxs bo'lgan: avantyurist va 
duel ishqibozi, ayni paytda rom antiktabiat ham da jiddiy siyosatchi, 
g'arb konfederatlari harbiy qo'shinlarining yo'lboshchilaridan biri va 
nihoyat yozuvchi. U ning «Memfisning oq atirguli» rom ani o 'z vaqtida 
juda katta shuhrat qozongan va keyinchalik M argaret M itchellning
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling