Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


borlari ham to‘liq va aniq emas. Shekspir 1564- yil 23- aprelda Eyvon


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
borlari ham to‘liq va aniq emas. Shekspir 1564- yil 23- aprelda Eyvon 
daryosi sohilidagi Stratford shahrida tug‘ilgan. Shekspiming ajdodlari 
yemenlar — ya’ni, erkin dehqonlar bo‘lganlar. Ular orasida jasur 
jangchilar, nayzadorlar, yoyandozlar bo'lganligi taxmin qilinadi. 
«Shekspir» so‘zi — «nayza o ‘ynatuvchi» ma’nosini anglatadi.
Shekspiming otasi hunarmand-savdogar bo‘lgan, u charm va charm 
qo‘lqop bilan savdo qilgan. Ishlari yurishgan davrlarda hatto shahar 
meri qilib ham tayinlangan. Biroq ishlari orqaga ketib singach, oila 
haqida qayg‘urish, g'amxo'rlik qilish katta o ‘g‘li Uilyam zimmasiga 
tushadi.
Stratfordda Shekspir ta’lim olgan maktab hanuz saqlanib qolgan. 
Bu maktabda ingliz tili bilan bir qatorda qadimgi lotin va yunon 
tillari o‘qitilgan. Uilyam qobiliyatli o ‘quvchi bo‘lgan, hatto keyinchalik 
shu maktabda o ‘qituvchi yordamchisi bo‘lib ishlagan. Ayni paytda 
go‘sht do‘konida yollanma ishchi (shogird) bo'lib xizmat qilgan. Uka 
va singillarini boqish uchun qo‘shni o'rmonda ovchilik qilgan. Bu esa 
taqiqlangan edi, chunki barcha o ‘rmon va parklar qirollik mulki 
hisoblanardi. Biroq ov asosiy tirikchilik vositasi edi va Shekspir shunday 
qaltis yo‘l tutishga majbur edi. Albatta, botir ovchi, sevimli xalq 
qahramoni Robin Gud haqidagi afsonalar ruhida ulg‘aygan yosh 
Shekspir uchun bu romantika bo'lib tuyulgan bo‘lishi ham mumkin.
Shekspir 18 yoshida to‘satdan 26 yoshli fermer qizi Anna Xetueyga 
uylanadi va 20 yoshida kattagina oilaning boshlig‘iga aylanadi - qizi 
Syuzen, egizaklar Yudef va Gamletga ota bo‘ladi. Endi u ikki oilani
- o'zining va otasining oilasini boqishi lozim edi. Uning noqonuniy
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling