qadriyatlardan bir xilda bahramand bo‘lishga haqli deb hisoblamoqda.
Shunday bir vaziyatda chet ellarda mamlakatimiz nomidan ish
yurituvchi mutaxassis kadrlarning har jihatdan mukammal, bilimdon
va zukko bo'lishi, xalqaro andozalar miqyosida fikrlashi lozimligi
bugungi kun talabidir. Ayniqsa, o'zga mamlakatlarda Vatanimiz
manfaatini himoya qiluvchi kadrlarning o‘z mutaxassisligiga doir
bilimlar bilan bir qatorda o'sha davlatning m a’naviy va milliy
qadriyatlari, adabiyoti va san’atidan yaxshi xabardor bo'lishi zarurligi
ayni haqiqatdir.
Ushbu o'quv qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
univeisiteti talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, uni yaratishda yuqori
malakaga ega mutaxassis oldiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqildi,
jahon adabiyotshunosligining so'nggi yutuqlariga tayanildi. Unda jahon
adabiyotining eng muhim bosqichlari to ‘g‘risida umumiy tasawur
yaratishga, uning buyuk namoyandalari hayoti va ijodi bilan muxtasar
tanishtirishga alohida e’tibor berildi.
Adiblar qaysi adabiy yo'nalishga mansubligi asosida guruhlandi. Har
bir yo'nalishga to'xtalib, uning asosiy xususiyatlari, boshqa oqimlardan
farqli jihatlari, yutuqlari va zaifliklari, adabiyot rivojidagi o ‘rni, vujudga
kelish sabablari haqida ma’lumot berildi. So'ng ushbu oqimning yirik
vakillari ijodi alohida yoritildi.
Mazkui qo'llanmadan, shuningdek, barcha nofllologik o ‘quv
yurtlarida jahon adabiyoti fani kursini o ‘qitishda ham foydalanish
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
A N T I К A D A B IY O T
«Antik» so'zi lotincha (antigus) «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.
Biroq barcha qadimiy adabiyotlarga antik atamasi qo'llanilmaydi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |