Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
mulki hisoblanadi.
Antik adabiyot janrlari ichida qahramonlik dostoni eng asosiy o ‘ rin 
tutgan, ushbu janrning cho'qqisi Gomerning «Iliada» va «Odisseya» 
asarlari sanaladi. Gomer bazmlarda rivoyatlarni kuyga solib aytuvchi 
xalq qo‘shiqchilarining asrlik tajribalariga tayangan holda ilk badiiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


dostonlarini yaratdi. Keyinchalik Rim shoiri Vergiliy Gomerga taqlidan 
«Eneida» dostonini yozadi, unda tasvirlanishicha, troyalik Eney 
d o‘stlari bilan Italiyaga suzib keladi, uning ajdodlari Rimni barpo 
etadilar.
Qahramonlik dostonidan tashqari didaktik-pandnoma asarlar ham 
yaratilgan. Gomerning zamondoshi Gesiodning asarlarini bu janrning 
yuksak namunasi sifatida ko'rsatib o'tish lozim. Uning «Mehnat va 
kunlar» dostoni halol dehqon qanday yashashi va mehnat qilishi 
lozim ligi to ‘g‘risidagi asardir. Rimda Vergiliy shu mazmundagi 
«Georgiki» («Dehqonchilik she’rlari») ni yaratgan, shoir Lukretsiy 
esa «Buyumlar tabiati haqida» asarida voqelik. inson va jamiyatning 
yaratilish mohiyati to ‘g‘risidagi qarashlarini ilgari suradi.
Dostondan keyin eng qadrlangan janrlardan biri tragediya edi, 
antik tragediya faqat she’riy yo‘lda yozilar, yunon asotirlariga asoslanar 
edi. Drama janri yunon adabiyotining antik davrida vujudga keldi. 
Antik drama ochiq joyda namoyish etilar, tomoshabinlar o‘tirishi uchun 
qo‘yilgan kursilar ketma-ket yarim doira shaklida terilar, o'rtada, sahna 
oldidagi maydonchada xor turar va o ‘z qo‘shig‘i bilan kechayotgan 
voqea-hodisalarga izoh berar edi. Tragediyada aktyorlarning monolog 
va dialoglari xor qo‘shiqlari bilan almashib turar edi. Esxil, Sofokl, 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling