Evripid kabi ijodkorlar tragediya rivojiga muhim hissa qo‘shdilar.
Esxilning «Eroniylar», «Fivaning yetti dushmani», «Zanjirband
Prom etey», «Oresteya» trilogiyasiga kiradigan «Agamemnon»,
«Xoeforlar» hamda «Evmenida» asarlari bizgacha yetib kelgan.
«Eroniylar»dan boshqa hammasi mifologik mavzularda yozilgan. Antik
dramaturglardan hech biri inson ruhiyati, qalbidagi ziddiyatlar tasviri
bobida Esxilga tenglasha olmaydilar. Sofokl yunon dramasiga qator
yangiliklar kiritgan, ushbu janr imkoniyatlarini boyitgan, mifologik
sujetga yangi ruh baxsh etgan ikkinchi buyuk tragediyanavisdir. Uning
«Shoh Edip», «Edip Kolonda», «Antigona» tragediyalari mashhur.
Evripid «Alkestida», «Medeya», «Geraklidlar», «Ippolit», «Gekuba»,
«Elektra» kabi dramalarning muallifi. Uning, ayniqsa, «Medeya»
tragediyasi shuhrat qozongan, unda mifologiya qahramonlari zamin
insonlarining hissiyotlarini realistik tarzda o ‘zlarida mujassam
etganliklari bilan kishini hayratga soladi.
Komediya janrida Kratin. Evpolid hamda Aristofan shuhrat
qozonganlar. Biroq bizgacha faqat Aristofan asarlari yetib kelgan. Antik
komediya «eski» va «yangi»siga ajratilar edi. «Eski» komediya biror
dolzarb mavzuga bag'ishlangan bo'lib, unda lantastik sujetga asoslangan
masxarabozlik sahnalari namoyish etilar, ular orasida esa xor siyosiy
mavzularga munosabatni ifodalovchi qo'shiqlar ijro etardi. Bunga
Aristofan komediyalari yorqin misol bo'ladi. «Yangi» komediyada xor
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishtirok etmagan, voqealar siyosatga aloqador emas, ko'proq maishiy
mavzularda (masalan, yosh yigit ko'cha qiziga uylanmoqchi, lekin
puli yo‘q, shunda ayyor va tadbirkor quli ko'makka keladi, xasis,
Do'stlaringiz bilan baham: |