janglami ham tasvirlagan («To'maris» afsonasi).
San’at, adabiyot, tarix va notiqlik sohalaridagi yutuqlar bilan bir
qatorda yunon falsafasi ham taraqqiy etdi. Platon, Suqrot, Aristotel
kabi faylasuflar yaratgan ta’limotlar to hozirgi kungacha falsafa lanidagi
oqim va yo'nalishlarga asosiy zamin va namunali manba bo'lib
kelmoqda.
Rim adabiyotining antik davri ham qator buyuk san’atkorlarni
yetishtirib chiqardi. Notiqlik borasida Sitseron olamshumul shuhrat
qozondi, eng qadimgi rim tarixchisi Gay Yuliy Sezarning asarlari shu
kunga qadar tarix va lotin tilini o'rganishda noyob qo'llanma bo‘lib
xizmat qiladi. She’riyatda Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlar
o'zlarining asarlari bilan Rim she’riyatini mumtoz yunon adabiyoti
daiajasiga olib chiqishga muvaffaq boldilar. Vergiliy «Eneida» dostoni
bilan Rim she’riyati shuhratini yer yuziga taratdi. Goratsiyning
«Epodlar», «Satirlar», «Qasidalar» nomli asarlari dunyoda tanilgan,
uning o ‘z davri ijodkorlariga ham, keyingi asrlar dunyo ijod ahliga
ham ta’siri sezilarli bo'lgan. Yangi zam on Yevropa lirikasining
shakllanishida ham uning xizmatlari katta. Ovidiy elegiya janrida
samarali ijod qilgan. Uning «Ishqiy elegiyalar», «Qahramon ayollar»,
«Maktublar» kabi asarlari bu sohaning go'zal namunalaridix. Ovidiy
ijodining cho'qqisi «Metamarfozalar» hisoblanadi. Ularda yunon va
rim mifologiyasida ko‘p uchraydigan alsonaviy turlanishlar — ma’bud
va ma’budalarning, suv va o'rmon parilarining, ayniqsa, odamlarning
jonivorlarga, o'simliklarga, tosh va tog'larga, osmon jismlariga aylanib
qolishlari haqidagi rivoyatlar hikoya qilinadi.
Antik adabiyotning so'nggi vakili yuqorida aytib o ‘tilgan nosir
Do'stlaringiz bilan baham: |