Bu o ‘n ikki ma’buddan tashqari yana bir qancha ma’budalar
mavjud. Ularning hayoti xuddi insonlarnikiga o ‘xshaydi, tuyg‘u-
kechinmalari, kuchli va ojiz jihatlari, oralaridagi ziddiyatlari bilan
zamin odamlarini eslatadilar. Yunon adabiyotida bu ma’budalar
kechmishlari bilan bog‘liq ko'plab ajoyib afsona va asotirlar mavjud.
Yunon yozma adabiyoti ana shu manbadan unumli foydalangan. Antik
adabiyotning barcha buyuk namoyandalari asarlari sujeti asosida
qadimgi asotirlar yotadi. Ular ana shu materialga badiiy tus berganlar,
mif sujeti, qahramonlarini zaminga ko'chirganlar, ularni hayotiy
obrazlarga aylantirganlar, oddiy insonga xos his-tuyg‘u, kechinmalar
bilan ta’minlaganlar.
Gom erning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari ham ana shu
mifologiya zaminida vujudga kelgan.
G O M E R
Gomer qadimgi yunon epopeyalari «Iliada» va «Odisseya»ning
muallill sifatida jahon kitobxonlariga tanish. Gomer shaxsiyati,
tug'ilgan joyi va qachon yashab o'tganligi to'g'risida turli faraz va
taxminlar yuradi. Turli xil manbalar uning tug‘ilgan joyini turlicha
— Smirna, Xios, Kolofon, Itaka, Pilos, Argos, Afina deb ko‘rsatadilar.
U yashagan davrni ham turlicha taxmin qiladilar. Miloddan oldingi
www.ziyouz.com kutubxonasi
VIII asrda yashab o ’tganligi va Smima uning vatani bo'lganligi
to'g'risidagi fiki haqiqatga yaqin deb hisoblanadi. Shoir hayotiga
oid turli rivoyatlar to‘qilgan. Masalan, Smima rivoyatiga ko‘ra uning
otasi Meleta daryosi xudosi, onasi esa ma’buda Kreteida, tarbiyachisi
Smirna rapsodi Femiy bo‘lgan.
Gomerning ko‘zi ojiz bo'lganligi to‘g‘risidagi rivoyatlar Apollon
Delosskiyga atalgan gimndagi parchaga asoslanadi. Gomer so‘zining
Do'stlaringiz bilan baham: |