Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Bu o ‘n ikki ma’buddan tashqari yana bir qancha ma’budalar


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bu o ‘n ikki ma’buddan tashqari yana bir qancha ma’budalar 
mavjud. Ularning hayoti xuddi insonlarnikiga o ‘xshaydi, tuyg‘u- 
kechinmalari, kuchli va ojiz jihatlari, oralaridagi ziddiyatlari bilan 
zamin odamlarini eslatadilar. Yunon adabiyotida bu ma’budalar 
kechmishlari bilan bog‘liq ko'plab ajoyib afsona va asotirlar mavjud. 
Yunon yozma adabiyoti ana shu manbadan unumli foydalangan. Antik 
adabiyotning barcha buyuk namoyandalari asarlari sujeti asosida 
qadimgi asotirlar yotadi. Ular ana shu materialga badiiy tus berganlar, 
mif sujeti, qahramonlarini zaminga ko'chirganlar, ularni hayotiy 
obrazlarga aylantirganlar, oddiy insonga xos his-tuyg‘u, kechinmalar 
bilan ta’minlaganlar.
Gom erning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari ham ana shu 
mifologiya zaminida vujudga kelgan.
G O M E R
Gomer qadimgi yunon epopeyalari «Iliada» va «Odisseya»ning 
muallill sifatida jahon kitobxonlariga tanish. Gomer shaxsiyati, 
tug'ilgan joyi va qachon yashab o'tganligi to'g'risida turli faraz va 
taxminlar yuradi. Turli xil manbalar uning tug‘ilgan joyini turlicha
— Smirna, Xios, Kolofon, Itaka, Pilos, Argos, Afina deb ko‘rsatadilar. 
U yashagan davrni ham turlicha taxmin qiladilar. Miloddan oldingi
www.ziyouz.com kutubxonasi


VIII asrda yashab o ’tganligi va Smima uning vatani bo'lganligi 
to'g'risidagi fiki haqiqatga yaqin deb hisoblanadi. Shoir hayotiga 
oid turli rivoyatlar to‘qilgan. Masalan, Smima rivoyatiga ko‘ra uning 
otasi Meleta daryosi xudosi, onasi esa ma’buda Kreteida, tarbiyachisi 
Smirna rapsodi Femiy bo‘lgan.
Gomerning ko‘zi ojiz bo'lganligi to‘g‘risidagi rivoyatlar Apollon 
Delosskiyga atalgan gimndagi parchaga asoslanadi. Gomer so‘zining 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling