vositalari nihoyatda go‘zal va betakrordir.
«lliada» va «Odisseya» asarlari uslubi haqida gap ketganda, ba'zi
olimlar tomonidan har ikki asarni ham bir muallif yozganligi shubha
ostiga o lin a d i. Har ikki d oston d a ham qadim gi afsonalar,
«sayyohlaming hikoyalari» va miken davri guvohlarining hikoyalari
yig‘ilgan, biroq ayni paytda sujetning puxtaligi va xarakterlar tasviridagi
haqqoniylik bu asarlami og'zaki epik ijod namunalaridan farqlaydi.
«Iliada» muallifi loniyadan chiqqan va asarini Troya urushining boy
materiallari asosida yozgan bo Isa kerak. «Iliada» dostoni voqealari
www.ziyouz.com kutubxonasi
bir necha hafta ichida ro‘y beradi, biroq o'quvchi troya urushining
butun tarixini biladi deb hisoblanadi. «Odisseya» ayni shu muallif
yoki uning shogirdi tomonidan keyinroq yozilgan bo‘lsa kerak, degan
qarash ham mavjud. «Odisseya» qahramonlari o'rtasidagi munosabatlar
chigalroq, uning qahramonlari «Iliada» qahramonlariga nisbatan bir
qadar hayotiyroq. Muallif Sharqiy 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlarini
iwda chuqur bilishini namoyish qiladi. Dostonlar o'rtasida mantiqiy
y.iqinlik ham mavjud. Biroq «Odisseya» o'ziga xosligi, sujetning
puxlaligi va originalligi bilan ajralib turadi.
Qadimgi yunonlar Gomemi sevib o‘qiganlar. 0 ‘z davrida ham
uning naqadar shuhrat qozonganligini Shimoliy Qora dengiz sohillarida
qo'lga kiritilgan topilma misolida ham ko‘rish mumkin. Bu sohillarda
qadimda antik davrda gullab-yashnagan yunon mustamlakalari
joylashgan. U yerda tosh parchasi topilgan, unda «Iliada» dan
«Yulduzlar tarqadi...» deb boshlanuvchi she’riy satr so'zlari o ‘yib
yozilgan. Yozuv tugatilmagan va xatolari bo‘lganligi tufayli olimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |