ulkan hissa qo'shdi, realistik hikoyaning ilk yo'nalishini boshlab berdi.
100 ta novelladan iborat «Dekameron» (1352—1354) to‘plami bilan
Bokachcho hikoyani tuban janrdan yuqori janrga ko‘tardi, unga chuqur
g ‘oyaviy mazmun baxsh etdi. «Dekameron»ga kirgan favqulodda o ‘tkir
sujeti i, ishqiy sarguzashtlar, qiziqarli tafsilotlarga boy hikoyalar zamirida
ayni paytda yozuvchining voqelikka munosabati, fikr-xulosasi
mujassamlangan.
Germaniyada U yg'onish davri Reformatsiya harakati bilan
birgalikda kechdi. Jamiyat hayotidagi iqtisodiy rivojlanish moddiy va
ma’naviy hayotdagi siljishlarga sabab bo'ldi. Adabiyot gumanistik
g‘oyalarni ehtiros bilan ilgari sura boshladi, nemis gumanistlari XV
asr boshlarida diniy kitoblami chuqur o'rgandilar, jaholatga qarshi
kurashda bu bilimlaridan foydalandilar. Satira janri rivoj topdi. Ilk
nemis gumanistik adabiyoti vakillaridan biri satirik Brant edi. U
«Nodonlar kemasi» (1494) asarida «Nodonlik niqobi» ostida o'z davri
illatlarini fosh qiladi. Iogann Reyxlin nemis gumanistik harakatining
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. «Genno», «Sergiy» komediyalari,
«Johil kishilar maktublari» asarlarida Renessans g‘oyalami ilgari surdi.
Fransiyada Uyg‘onish davri XVI asming boshlarida vujudga keldi.
Fransuz gumanistlari ilm-fanning ahamiyatini g‘oyat qadrlaganlar,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ular ko‘p soha bilimdonlari bo'lganlar - bir vaqtning o'zida
yozuvchilik, falsafa, tarix, tabiatshunoslik bilan shug'ullanganlar.
Rable, Maro, Ronsar va boshqalar fransuz adabiyotidagi yangi bosqich
vakillaridir, ular ijodda voqelikka o‘zgacha yondashish, o ‘z davri
to‘g‘risida haq gapni aytishga erishgan buyuk ijodkorlardir. Ular orasida
Do'stlaringiz bilan baham: |