Mustaqil ish quyidagicha baholanadi:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, mustaqil ishining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda -5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, mustaqil ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mustaqil ishining bo’yacha tasavvurga ega deb topilganda -4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qullay oladi, mustaqil ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mustaqil ishi bo’yacha tasavvurga ega deb topilganda -3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, mustaqil ishini topshirmasa -2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Izoh: Talaba o’ziga berilgan mustaqil ishni o’z vaqtida topshirmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Mustaqil ish mavzulari quyidagicha:
1. Autocad dasturi interfeysi.
2. AutoCAD dasturi oynasini ochish, yangi oyna ochish. Chizmani saqlash. Chizmani pdf ko’rinishda saqlash. Chop etish.
3. “draw” buyruqlar paneli.
4. “modify” buyruqlar paneli.
5. Oddiy va murakkab primitivlar yaratish.
6. O’lchamlar o’rnatish. Avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan dasturlar haqida qisqacha ma’lumot.
7. Muxandislik dasturlarining sinflanishi va ularning qo‘llanilish soxalari
8. . AutoCAD dasturi to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
Oraliq nazorat turlarini baholash
Oraliq nazorat turlarini baholash yozma tartibda o’tkazilib, unda 3 ta savolga javob berish so’raladi. Har bir savol Quyidagicha baholanadi
agar savollar mohiyati to’la ochilgan bo’lsa, javoblar to’liq va aniq hamda ijodiy fikrlari bo’lsa – 5 baho
savollarga umumiy javob berilgan, ammo ayrim faktlar to’liq yoritilmagan bo’lsa – 4 baho
savollarga javob berishga harakat qilingan, chalkashliklar bo’lsa – 3 baho
savollarga umuman javob yozmagan yoki savollarda chalkashliklar bo’lsa –2 baho
Do'stlaringiz bilan baham: |