Sh. Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Talabalar tomonidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini mukammal bajarilishi uchun quyidagi metod tajriba sifatida tavsiya etiladi


Download 0.7 Mb.
bet11/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1294736
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Yadro tex.yadro en. ishchi o\'quv dastur

Talabalar tomonidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini mukammal bajarilishi uchun quyidagi metod tajriba sifatida tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlarini qabul qilish tartibi.
(Tajriba)

  1. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda eng asosiysi individuallikga e’tibor qaratiladi.

  2. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini har bir talaba to‘liq va mustaqil o‘zlashtirishi uchun 25 nafarlik akademik guruh talabalari kamida 5 ta kichik guruhlarga bo‘linadi. Agar mustaqil ta’lim soatlari 60 soat bo‘lib, 30 ta mavzu o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan bo‘lsa, har bir kichik guruh a’zolariga 6 tadan aniq mavzular to‘g‘ri keladi. Demak har bir kichik guruh (5 nafar) a’zolari o‘zlariga tegishli 6 ta mavzu bo‘yicha taqdimotlar, tarqatma materiallar, yechish uchun misol va masalalar, testlar tayyorlaydi va qolgan akademik guruh a’zolari oldida taqdimotlar bilan ma’ruza qilishadi, mavzuga oid masalalarni yechadi. Ma’ruzada talabalar tomonidan beriladigan savollarga kichik guruh a’zolari javoblar beriladi. Savol- javoblarda va munozaralarda guruhdagi barcha talabalar ham qatnashishi mumkin. Auditoriyadagi savol-javoblar natijasiga qarab o‘qituvchi mustaqil ta’lim topshiriqlariga ajratilgan ballar (30 ball) doirasida kichik guruhlar a’zolarinining har birini baholaydi va guruh oldida e’lon qiladi. Shuningdek savol-javoblarda qatnashgan boshqa talabalarga ham o‘qituvchi rag‘bat bali beradi. Shunday qilib dekanat tomonidan e’lon qilingan mustaqil ta’lim topshiriqlari kunida fan o‘qituvchisi kichik guruhlar bilan ishlaydi va ularning mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishini muntazam baholab boradi. Shu metod yordamida guruhdagi barcha talabalarni mustaqil ta’lim mavzularini samarali o‘zlashtirishiga erishiladi. Bunday usulda mustaqil ta’lim topshiriqlarini talabalar topshirganda akademik guruhda sifat ko’rsatkichi 60 % dan kam bo’lmasligini tajriba ko’rsatdi.

Shunday qilib fanga ajratilgan o‘quv haftalari mobaynida har bir kichik guruh o‘zlariga tegishli mavzularni taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qilib, misol va masalalarini yechib ulgurishadi. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini talabalar tomonidan topshirish muhlatini fan o‘qituvchisi rejalashtiradi va natijalarini kafedraga topshiradi.






Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling