O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SH.RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro`yxatga olindi:
№________________
2022 yil “___”____
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Sh.Rashidov nomidagi SamDU
O’quv ishlari prorektori
_________ prof.A.Soleyev
2022 yil “___”____
|
« yadro texnologiyalari va yadro energetikasi»
fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi
|
100000 - Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi
|
140000 - Tabiiy fanlar
|
Ta’lim yo’nalishi
|
5140200 - Fizika
|
Samarqand - 2022
Fanning ishchi o‘quv dasturi tayanch oily ta`lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan o`quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
R.Eshbo`riyev - Sh.Rashidov nomidagi SamDU Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi mudiri, dotsent.
Taqrizchilar:
S. Polvonov - O’zMU, Yadro fizikasi kafedrasi mudiri, dotsent
G.Axmedova - Yadro fizikasi kafedrasi dotsenti
Fanning ishchi o‘quv dasturi Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasining 2022-yil 29 avgustdagi № 1-son yig‘ilishida muhokama qilingan va kengashga tavsiya qilingan.
Kafedra mudiri: __________dots: R.Eshbo`riyev
Fanning ishchi o‘quv dasturi muhandislik fizikasi instituti o‘quv-uslubiy kengashining 2022 yil _________№___ - son qarori bilan tasdiqlangan.
O‘quv-uslubiy kengash raisi: _________ ________________
Institut kengashi raisi: _________dots.A.Yarmuxamedov
Kelishildi:
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: __________ dots.Sh.Muranov
Kirish
“Yadro texnologiyalari va yadro energetikasi” fani eksperimental va fundamental yadro fizikasining asosiy yo’nalishilaridan biri sanaladi. Mazkur fan atom elektrostansiyalari va yadro reaktorlarining fizikaviy asoslari va ularning ishlash tamoyillari, zamonaviy reaktorlardan foydalanib elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning fizik asoslarini va reaktorlarning turli sohalarda, jumladan dengiz suv osti, suv usti kemalari va kosmik kemalar uchun yadro energetik qurilmalar sifatida foydalanishning fizikaviy asoslarini va ularda kechadigan fizik jarayonlar mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan ta’minlaydi.Bundan tashqari o‘ta muhim hisoblangan energiya tanqisligi muammolarini hal qilish, buning uchun atom energetikasini ishlab chiqarishni jadallashtirish, insoniyatni arzon va ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlash, yadro reaktorlarini turlari, ishlash prinsipini o‘rganish atom elektrostansiyalarida xavfsizlik masalalari kabilarni talabalar bilishi va tasavvur qilishi muhim hisoblanadi. Shu sababli mazkur fan talabalarga yadro reaktorlari, atom elektrostansiyalari va AESlarda atom energetikasini hosil qilishning eng asosiy, muhim yo‘nalishlarini o‘rgatadi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishning maqsadi – talabalarga yadro reaktorlari ishlashining fizikaviy asoslarini, reaktorlarning turlarini, hususiyatlarini, ishlash tamoyillari va tuzilishini va yadro yoqilg’i siklining mohiyatini, termoyadro reaktorlarini tuzilishi va yadro energetikasini hosil qilishning mexanizmlarini o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |