Sh. Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Fanni o’qitishning vazifalari


Download 0.7 Mb.
bet2/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1294736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yadro tex.yadro en. ishchi o\'quv dastur

Fanni o’qitishning vazifalari - Fanning vazifasi talabalarni turli yadroviy jarayonlarni mustaqil fikrlashga, mamlakatimizda qurilayotgan atom elektrostansiyasi haqida ma’lumotlar berish, O’z FA Yadro fizikasi institutida mavjud bo’lgan BBЭP – 10000 yadro reaktori asosiy xarakteristikalari va ishlash prinsiplari haqida ma’lumotlar berishdan iborat.


Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar
Neytronlar, issiq neytronlari va tez neytronlari, ularni olish usullari, uran va toriy izotoplarining bo’linishi, tabiiy uran va toriyni olish usullari, ochiq va yopiq yadro yoqilg’i sikli, yadro reaktorlari, reaktorlarning turlari, atom issiklik va elektrostansiyalari, yadro energetikasi, kichik atom elektrostansiyalari va ularning kosmosda, kemasozlikda va boshqa soxalarda qo’llanilishi, yadro energetikasi iqtisodiyoti, an’anaviy elektr energiyasini ishlab chiqarish usullari va ishlash prinsiplari, foydalanib bo’lingan yadro yoqilg’isini utilizatsiya qilish usullari, an’anaviy va yadro energetikasida ekologik muammolar, yadro xavfsizligi, birlashgan energetik sistemalar, yadro xavfsizligi soxasidagi milliy va xalqaro xujjatlar haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • turli tipdagi yadro reaktorlari va ularning xususiyatlari, suv-suvli yadro reaktorlarida uzluksiz yadro bo’linish reaksiyasini taminlash usullari, yadro yoqilg’i siklining boshlang’ich etapi, tez neytronlarni issiqlik neytronlariga aylantiruvchi yadro materiallari, reaktorlarni boshqarish usullari, xavfsizlik choralari, yadro bo’linish energiyasini issiklik va elektr energiyasiga aylantirish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • reaktorlarning parametrlarini aniqlash uchun mo’ljallangan asbob uskunalardan foydalanish, yadro energetikasi holati va kelajagi, reaktorlardan turli sohalarda foydalanish kabi amaliy ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi
Yadro texnologiyalari va yadro energetikasi fani mutaxasislikning tayanch maxsus kursi hisoblanadi. Uni o’zlashtirish uchun talabalar atom fizikasi, yadro fizikasi, kvant mexanikasi, elektrodinamika, fizikaviy ekologiya, radiatsion ekologiya fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Mazkur fan yo’nalishning boshqa fanlari bilan, jumladan, “Yadro nurlanishlarining modda bilan o’zaro ta’siri” (tanlov fani) va “Amaliy yadro fizikasi” (tanlov fani) va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling