Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi


Mustaqillik yillarida Samarqand shahrida aholi farovonligi va ijtimoiy sohaning rivojlanishi


Download 0.92 Mb.
bet13/16
Sana05.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1432200
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi

Mustaqillik yillarida Samarqand shahrida aholi farovonligi va ijtimoiy sohaning rivojlanishi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan ochiq demokratik huquqiy davlatni, inson va uning manfaatlari oliy qadriyat deb tan olingan fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida keng qamrovliishlar amalga oshirildi. Bu jarayon jahon hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etildi.O‘zbekistonda «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» prinsipining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida fuqarolik jamiyatining turli institutlari shakllanishi va ayni paytda to‘xtovsiz rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratildi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat sohasiga taalluqli ikki yuzdan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinganligi fikrimizni tasdiqlaydi.
Mamlakatimizni rivojlantirishning hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini kuchaytirish, demokratlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda hamda yurtimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli puxta o‘ylangan siyosatni amalga oshirilishi natijasida bugun mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikning turli shakllari rivojlanishi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratildi.
O‘zbekiston Prezidentining «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi hamda samaradorligini ta’minlash va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlangan.MazkurQonunning qabul qilinishi mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirish uchun yanada keng imkoniyatlarning huquqiy negizini yaratadi.
Ta’kidlash zarurki, ijtimoiy sheriklik ijtimoiy konsensusga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, jamiyatning barqarorligi, rivojlanishi, samarali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash imkonini beradi.
Konsepsiyada davlatimiz rahbari tomonidan ushbu Qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal qilish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoyalashda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkorligi aniq va ravshan ko‘rsatib berildi.
Ijtimoiy sheriklik sohasida umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlarini tahlil etish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy sheriklikni qonunchilik asoslariga binoan tartibga solish tajribasi o‘rganildi. Ijtimoiy sheriklik yo‘nalishida xorij tajribasini o‘rganish natijalari dunyoning ko‘pgina mamlakatlari, xususan, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Avstriya, AQSH kabi davlatlarda ijtimoiy sheriklik tizimining unumli ishlashi uchun me’yoriy baza yaratilganligini ko‘rsatdi.
Xalq ta’limini rivojlantirish omillaridan biri maktabga­cha tarbiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, axolining ularga bo‘lgan talabini kondirishdan iboratdir. Shu maksadlarda utgan davrda viloyatda kushimcha 6810 urinli maktab­gacha tarbiya muassasalari binolari kurilib foydalanishga top­shirildi. 1996 yilning oxirigacha yana 470 urinli bolalar muassa­salari qurilishi ko‘zda tutilgan.
Xalq ta’limini rivojlantirish omillaridan biri maktabga­cha tarbiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, aholining ularga bo‘lgan talabini qondirishdan iboratdir. Shu maqsadlarda utgan davrda viloyatda qo‘shimcha 6810 o‘rinli maktab­gacha tarbiya muassasalari binolari, Viloyatda 431 ta sport zali, 13 ta suzish basseyni, 176 ta otish tiri-jami 3873 ta sport maydonchalari mavjud, shulardan 7 tasi tennis maydonidir.
Ayni kunlarda Urgut tumanining «Hamza», «Zarafshon» jamoa xujaliklarida, Samarqand tumanining «Gulobod» tuman markazida stadionlar, Samarqand shahrida esa tennis korti qurilmoqda. Istikdolning qutlug‘ 5 yilligi arafasida tumanlar markazidagi barcha stadionlar qaytadan rekonstruksiya qilinib, foydalanish­ga topshirildi.
Mustaqillikka erishgandan keyingi davrda viloyatda sog’liqni saqlash tizimida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.
1991 — 1996 yillar davomida viloyat xududida qo‘shimcha 1634 tushakka mo‘ljallangan shifoxonalar qurilib, foydalanishga top­shirildi.
Viloyat aholisiga tibbiy xizmatni yanada yaxshilash maqsadida keyingi yillarda barcha shahar va tumanlarda onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‘yicha tug’ruqxona komplekslari tashkil etil­di. Samarqand shahrida viloyat «Tashxis» markazi va «Onalik va bolalikni muxofaza qilish» markazi tashkil etildi.
Bundan tashqari, viloyat neontologiya markazi, 274 o’rinli davolash-profilaktika muassasalarida 30 ta kunduzgi stantsionar va 10 ta ambulator-jarrohlik markazlari tashkil etildi. Respublikada birinchi bo‘lib Urgut tumanidagi Tegina qishlog’ida qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Xuddi shunday qishloq vrachlik punkti qurilishi Jomboy tumanidagi «Haqiqat» jamoa xo’jali­gida davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng res­publikamiz hayotida quvonchli voqealar ko’p bo‘ldi.
Shu voqealar xayotning barcha jabhalaridagi kabi viloyat madaniyat va san’at muassasalarida ham katta o‘zgarishlarni talab kildi. Shularni hisobga olgan holda viloyat hokimligining madaniyat boshqarmasi mustaqil respublikamizning bozor munosabatlariga o’tish jarayonida faol ijodiy harakat qilgan xalqimizning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini tiklash borasida ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Viloyat kutubxonalarida davlat tilidagi adabiyotlar soni ko’paytirildi, madaniyat uylarida, musiqa maktablarida, davlat teatrlarida milliy san’atni rivojlantirilishiga, repertuarlarning shakllanishiga, milliy xarakterga ega bo’lishiga, ayniqsa folklor, raqs, drama, ashula, musiqa, badiiy so‘z va xalq amaliy sa’nati turlarini o‘sishiga e’tibor qaratildi.
Shu davr mobaynida viloyatdagi mavjud 354 ta madaniyat uylari tomonidan aholining madaniy dam olishini tashkil etish, xalq ijodiyotini yanada rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar qilindi. Jumladan, madaniyat uylari qoshidagi xalqhavaskorlik unvoniga ega bo‘lgan jamoalarning soni 5 taga o‘sdi, ya’ni 32 taga o‘sdi. Ko‘plab ommaviy tadbirlar o‘tkazildi. «Navro‘z» umumxalq (bayrami qayta tiklandi. Respublikamiz mustaqillik kuni keng bayram sifatida nishonlana boshladi. Fermerxo‘jaliklarining tashkil etilishi va mavjud korxonalarning malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari tomonidan ham salmoqli ishlar qilinmoqda.
1993- yilda viloyatda 5 ta oliygoh, 2 ta kollej va 19 ta maxsus bilim yurtlari bo‘lib, ularda 9 mingga yaqin mutaxassislar tayyorlangan.
1995-1996-o‘quv yili arafasida oliygohlar soni yana bittaga ko‘payib, 6 tani tashkil etdi. Viloyatda yangi chet tillar oliygohi tashkil etildi.
Samarqand viloyati, bugungi kunda respublikamiz janubi g‘arbiy mintaqasida oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot dargohlarining soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu ilmiy dargohlarda 3,5 mingdan ziyod ilmiy-pedagogik xodimlar bo‘lib, shundan 10 nafar fan xodimi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy, muxbir a’zosi, 200 dan ortiq fan doktorlari va 2 mingga yaqin fan nomzodlari xizmat qilmoqda.
1993-yilda ochilgan O‘zbekiston Fanlar akadsmiyasining Samarqand bo’limi faoliyati mintaqaviy muammolarni o’rganish, fundamental izlanishlarni nazariy jihatdan ta’minlashga qaratilmoqda.
Viloyatda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayni kunlarda viloyatda jismo­niy tarbiya va sport bilan shugullanuvchilarning soni 632024 kishi bo‘lib, bulardan 153442 kishi sportning 40 turida o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlariga muntazam qatnashmoqdalar. 5 yil davomida 9 ta sport ustasi, 88 ta sport ustaligiga nomzod va 136 ta birinchi razryadli sportchilar tayyorlandi. Viloyat sportchilari respublika musobaqalariga qatnashib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ayniqsa, 1995- yilda o‘tkazilgan Markaziy Osiyoo‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha Viktor Yanskiy va Grigoriy Leybman, yunon-rim kurashi bo‘yicha Shamsiddin Xudoyberdyev, Asliddin Xudoyberdyev, boks bo‘yicha Dilshod Yorbekov, yengil at­letika bo‘yicha Denis Sorokin, velosport bo‘yicha Andrey Tuychiyevlar oltin medal sovrindorlari bo’lishdi. Sambo kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida Farxod Xujanov, Shavkat Jurayev, Maksim Xalturin, Elmurod Kodirov, Akmal Raximovlar chempionlik unvonini qo’lga kiritdilar. Dilshod Yorbekov boks bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi o’rinni egalladi. Ogir atletika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarida Amri Xujamov va Grigoriy Leyb­man ikkinchi o’rinni egalladilar.
Viloyatdan 1 nafar sportchi Atlanta shahrida bo‘lib yozgi olimpiya o’yinlariga qatnashishdi. Keyingi yillarda viloyatda sport inshootlari qurishga ham katta e’tibor berilmoqda. Bugungi kunga kelib viloyatda jami 27 ta stadion bo‘lib, shulardan 5 tasi keyingi 2-3 yilda qurilgan.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling