Sh. X. Xushmurodov atom yadrosi va zarralar fizikasi
me Nuklonlaming o‘zaro ta’sirlashuvida yadro maydonida massasi -2 7 0 me
Download 0.75 Mb.
|
atom yadrosi va zarralar fizikasi (4)
me
Nuklonlaming o‘zaro ta’sirlashuvida yadro maydonida massasi -2 7 0 me boMgan zarra hosil qiladi. Hozirgacha bunday maydonning toMa nazariyasi mavjud emas, biroq taqribiy nazariyalar tadqiqotlar olib borishda muhim qurol boMib,hisoblanadi. Shunday qilib, mavjud boMgan tajriba dalillari nuklonlararo o‘zaro ta’sir potensialining yagona shaklini tanlab olishga imkon bermadi. Hatto ikkita erkin nuklon uchun ham o‘zaro ta’sir potensiali toMa aniq emas. Hozirgi kvant mexanikasi apparatining murakkabligi yadro xususiyatlarini yetarli darajada tahlil qilish uchun imkon bermaydi. Yadro xarakteristikalarini hisoblash uchun zamonaviy hisoblash mashinaiarining quvvati hatto A = 5 boMgan yengil yadrolarga ham yetmaydi. Shu sababli, hozircha yadro xususiyatlarining barcha ta’sirlarini hisobga olgan hisoblashning iloji yo‘q. Real yadroning xarakteristikalarini emas, balki matematik va fizik jihatdan soddalashtirilgan yadro modellari deb ataladigan har xil sistemalaming xususiyatlarini hisoblashga to‘g‘ri keladi. Yadro modeli tajriba natijalariga asoslangan holda tanlab olinadi, so‘ngra bu modelga mos keluvchi turlicha taxminlar ishlab chiqiladi. Demak, birgina fizik jarayonni bayon qilish uchun turlicha modellar mavjud boMishi mumkin. Yadroning xususiyatlarini hisoblash mumkin boMishi uchun model yetarli darajada sodda boMishi shu bilan birga hech boMmaganda u real yadrolarning xususiyatlarini taxminan aks etishi lozim. Har qanday model yadro xususiyatlari haqidagi fizikada mavjud boMgan bilimlarning xulosasi va umumlashuvidan iboratdir. Har qanday model yadro xususiyatlarini toMa aks ettira olmaydi. Shuning uchun har bir modelning qoMlanish chegarasi mavjud. Model tadqiqotlami davom ettirishda asosiy yo‘nalishni ko‘rsatadi va har xil xossalami ma’lum nuqtai nazardaturib bir-biri bilan bogManishga imkon beradi. Yadro modellari ikki xil boshqa-boshqa yo‘nalish asosida yaratilgan. Birinchi yo‘nalish «Kuchli o‘zaro ta’sir modellari». Bu modelga ko‘ra, yadro o‘zaro kuchli ta’sir etuvchi va o‘zaro kuchli bogManishda boMgan zarralar ansambli deb qaraladi. Moddalaming bu guruhiga «Suyuq tomchi modeli», «alfa zarra model», «birikma yadro modeli» mansubdir. Ikkinchi yo‘nalish «erkin zarralar modellari», bunda har bir nuklon yadroning boshqa nuklonlaming o‘rtachalashtirgan maydonida deyarli bog‘Iiqsiz erkin ravishda harakatlanadi. Bu guruhga fermigaz, qobiqli, umumlashgan yoki kollektiv modellar kiradi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling