Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI XII


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI XII
CHAQIRIQ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHINING
XI SESSIYASIDA 1992-YIL 8-DEKABRDA QABUL QILINGAN.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob,
128 moddadan iborat.
2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumiy xalq referendumi natijasiga
ko‘ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003-yil 24-apreldagi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII
boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan.
I bob, 4- modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston
Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillari,
urf-odatlari va an’anasini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ular rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi.
VI bob. 22-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham
o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni
kafolatlaydi.
VII bob. 31-modda.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
XIV bob. 66-modda.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida
g’amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar. Quyida ish qog‘ozlaridan berilgan
namunalarni o‘rganib chiqib, namuna asosida misol yozing.
I S H O N C H N O M A
Muassasa yoki ayrim shaxs nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir
shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar mol-
mulkni boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish, sud va notarial
idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
Ishonchnomalar ikki turga bo‘linadi: 1) rasmiy ishonchnomalar; 2) shaxsiy
ishonchnomalar.
Rasmiy ishonchnomalar davlat muassasalari, korxona va boshqa koope-
rativ hamda ijtimoiy tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini


85
84

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling