Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratib yozish
- Nazorat uchun mashqlar 1-mashq.
T/r
Ishlatilish o‘rni Misollar 1. Bo‘g‘in ko‘chirishda To‘q-son, ko‘-ngil, va’-da 2. Juft va takroriy so‘zlar orasida El-yurt, baland-baland, bordi- keldi 3. -a(ya), -chi, -u(yu), -ku, -da yuklamalaridan oldin Sen-a, ko‘r-chi, kecha-yu kunduz, bor-ku, yaxshi-da 4. Bilan, uchun ko‘makchilarining qisqargan shakllarini (-la, -chun) ajratish uchun Sen-la, uning-chun, yor-la bo‘lmoq, Vatan-chun xizmat qilmoq 5. Arab tiliga xos tarkibli nomlarni yozishda «Hayrat ul-abror», «Ravzat us-safo», «Mantiq ut-tayr» 6. Tartib sonlardan (faqat arab raqami) keyin –(i)nchi qo‘shimchasi o‘rnida 2017-yil 27-yanvar, 1-bob, 42-modda, 9-sinf, 102-band Ajratib yozish Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi: – Birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Sharqiy Yevropa; – Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: borib kelmoq, aytib bermoq, degan edi; – Qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: har qachon, hech kim, hamma vaqt; – O‘zaro -dan qo‘shimchasi bilan bog‘langan takror so‘zli birikmalar: yildan yilga, yangidan yangi, kamdan kam kabi. 31 Nazorat uchun mashqlar 1-mashq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib, juft so‘zlar yasang. Katta-…, mo‘l-…, nari-…, nom-…, dori-…, zeb-…, aytdi-…, chora-…, mehr-…, nasl-…, ilm-…, noz-…, ozmi-…, yo‘l- …, bilar-…, bor-…, ust-…, bosh-…, ahd-…, yalt-…, el-…, achchiq-… . 2-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib yozilgan qo‘shma so‘zlarning yozilishiga e’tibor qarating. Har qanday reklama matnining yaratilishida u yoki bu tovush, so‘z, gap+tasvir yordamida xaridor diqqatini torta bilish, matnning originalligi, mantiqiyligi, sarlavhaning ifoda tarziga e’tibor qaratiladi. 2. Kichik Osiyo xalqlari qadimdan chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. 3. O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham notiqlik san’ati o‘ziga xos mavqega egadir. 4. Yildan yilga bizning hayotimizga axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadal kirib kelmoqda. 5. G‘arbiy Yevropa asarlarining Sharq xalqlari tillariga qilingan son-sanoqsiz tarjimalari yanada chuqurroq o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim masala hisoblanadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling