Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mashq.
- Tansiq, tanqis
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi namuna asosida sinonim, omonim va antonimlar ustida o ‘ zingiz topgan so ‘ zlar bilan mashq o ‘ tkazing. 13 So ‘ zlar Sinonimlari Shodlik Quvonch, sevinch, xursandchilik, xurram Begona Abadiy Ayyor Aloqador Vaqt Yorug ‘ Zarar Lavozim Xabardor Rivojlanish So ‘ zlar Omonimlari Ot Chiqaribsan yomon ot; xon berdi noiloj ot. O ‘ ch Bas Burun Dam Yoz Tom Tuman Chek Shart So ‘ zlar Antonimlari Oq qora Ayovsiz 14 Begona Chaqqon Umumiy Jadal Xiyonatkor Saranjom 2-mashq. «Zumrad va Qimmat» ertagida uchraydigan quyidagi so ‘ zlarning sinonimlarini topib yozing. Asarda ishlatilgan so ‘ zlar Sinonimlari Erkalar Aqlli Injiq To ‘ polon Ozor berar Sevinib Do ‘ mbog ‘ im O‘zbek tilida talaffuzi jihatidan o‘xshash, ammo boshqa-boshqa ma’noga ega bo‘lgan bir qancha so‘zlar bor, ular fonetik jihatdan bir-ikki tovushga ko‘ra farqlanadi. Bunday so‘zlar tilshunoslikda paronimlar deb yuritaladi. Masalan: asl – asil, sado – sazo, o‘qishli – o‘qimishli, tansiq – tanqis, yonilg‘i – yoqilg‘i, oro – aro (ora), qayda – qaydam, bola – balo, xayol – xiyol, afzal – abzal, tip – tif, shox – shoh, taxlit – taqlid, nogiron – nigoron, ma’naviy – ma’noviy kabi. Bunday so‘zlarni nutqqa olib kirishda juda ham hushyor bo‘lish, so‘zning ma’nosiga alohida e’tibor berish zarur. Ularning biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash bayon qilinayotgan fikrning buzilishiga, juda bo‘lmaganda, yanglish 15 anglanishiga olib keladi. Aniq nutq yuzaga kelmaydi, fikrning aniqligi va ravshanligi tamoman yo‘qoladi. Tilimizdagi o‘qishli so‘zining ma’nosi «huzur qilib o‘qiladigan» demakdir, ushbu jumlada bu so‘z ayni ma’nosini namoyon qilgan: Rus klassik yozuvchilaridan qaysi biri o‘qib bo‘lmaydigan kitob yozgan? Bularning jahonga tanilgan kitoblari eng o‘qishli kitoblar emasmi? (A. Qahhor, «Kitob shavq bilan o‘qilishi kerak» maqolasi). Ba’zan bu so‘z o‘rnida unga paronim bo‘lgan o‘qimishli so‘zi mana bu tarzda yanglish qo‘llanadi: Prilavka ortida yoshi o‘tib qolgan bir qiz berilib kitob o‘qib o‘tirardi... Prilavkaga suyanib, sekin gap boshladim: – Turgenevning «Asya»si ham juda o‘qimishli... (O‘ Umarbekov, «Gul sotuvchi qiz» hikoyasi). Holbuki, o‘qimishli so‘zining ma’nosi butunlay boshqa, ya’ni u «savodli, ma’lumotli» degan ma’noni ifodalaydi, demak, kitob o‘qimishli bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun o‘qishli kitob, o‘qimishli odam qabilida qo‘llash aniq nutq uchun xizmat qiladi. Tansiq, tanqis paronimlari ham nutqda ko‘p qorishtiriladi, natijada nutqning aniqligiga putur yetadi, chunki ularning ma’nolari o‘rtasida kattagina farq mavjud, ya’ni Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling