Шаблон презентации "Планшет"
Download 27.04 Kb.
|
Raqami iqtisodiyot mustqaril ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli iqtisodiyot
- TCP protokoli.
Raqamli iqtisodiyot
Dastlabki ma`lumotlarni komp’yuter orqali uzatish va qabul qilish XX asrning 50-yillarda boshlanib, tajriba sifatida laboratoriyalarda olib borilar edi. 60-yillarning oxiriga kelib AQSHning «Istiqbolni belgilovchi agentligi» ning (DARPA – Defense Advanced Research Project Agency) mablag’i hisobidan birinchi milliy tarmoq yaratildi. Bu tarmoq agentlikning nomi bilan yuritila boshlandi va u ARPANET deb nomlandi. Bu tarmoqda bir nechta ilmiy tekshirish institutlari, markazlari va ta`lim tizimlari o`zaro aloqada edilar. Bu tarmoqning asosiy vazifasi yagona ilmiy-texnik loyiha ustida ish olib borayotgan bir guruh jamoa ishini koordinatsiya qilish bo`lib, bu ishlar ilmiy va ilmiy-konstruktorlik hujjatlarini elektron aloqa vositasi yordamida fayllar bilan o`zaro almashish orqali amalga oshirilar edi. ARPANET tarmog’i 1969 yilda ishga tushirildi. Bu tarmoqning ko`p bo`lmagan tugunlari o`zaro ajratilgan aloqalar (Videlennie linii) bilan bog’langan edi. Ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish tugundagi komp’yuterlarning dasturiy vositalari orqali amalga oshirib borilar edi. Tarmoq 80-yillarga kelib asta-sekin rivojlanib borib, mintaqaviy tarmoq darajasiga yetkazildi. Internetning haqiqiy tavallud topgan vaqtini 1983 yil deb qabul qilingan. SHu yili komp’yuter aloqasining dasturiy ta`minotida revolyutsion o`zgarishlar ro`y berdi. Internetning paydo bo`lish vaqti uning asosini tashkil etuvchi TCP/IP «protokol» larining standart sifatida qabul qilingan vaqti bilan belgilangan. Raqamli iqtisodiyot Bu erda TCP/IP - bu ikki pog’onada turuvchi alohida tarmoqli protokollardir (Buni odatda protokollar steki deb yuritiladi). TCP protokol transport pog’onasining protokolidir. Bu protokol ma`lumotlarni qanday uzatish kerakligini boshqaradi. IP protokoli adres bilan ta`minlovchi protokoldir. Bu protokol tarmoq pog’onasiga tegishli bo`lib, u ma`lumotlarni qaerga uzatishni aniqlaydi. TCP protokoli. TCP protokoli yordamida uzatilayotgan ma`lumotlar katta bo`lmagan paketlarga «kesiladi» va ularning har biri maxsus markerlar bilan belgilanadi. Ushbu markerlar orqali uzatilgan hujjat adresatning komp’yuterida to`g’ri yig’iladi. IP protokoli. (Internet Protocol). Bu protokolning mazmuni shundan iboratki har bir internetga ulangan kishining unikal (yagona) adresi bo`lishi lozim (IP adres). Bu adressiz TCP protokolning paketlarini kerakli adresga etkazish masalasini echish mumkin emas. Bu adres oddiy ko`rinishda bo`lib, u 4 baytdan tashkil topgan bo`ladi. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling