Шаблон презентации "Планшет"
Download 27.04 Kb.
|
Raqami iqtisodiyot mustqaril ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Domen ismli xizmatlar (DNS).
- Raqamli iqtisodiyot
Raqamli iqtisodiyot
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni odatda internet bilan tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati – bu internetning ko`p tarmoqli xizmatlaridan biridir.World Wide Web – bu Web-serverlarda saqlanayotgan va o`zaro bog’langan millionlab elektron hujjatlarning yagona ma`lumotlar fazosidir. Web-fazolar (prostranstvo Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-stranitsi) deb yuritiladi. Web-sahifalarning ma`lum mavzuga birlashtirilgan guruhlarini Web-tugunlar (Web-uzel) yoki Web–sayt yoki oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web–server etarli darajada ko`p saytlarni o`zida mujassamlashtirishi mumkin. Ularning har biriga odatda serverning qattiq diskida alohida katalog ajratiladi. Domen ismli xizmatlar (DNS). YUqorida biz internetning protokollari haqida so`z yuritganimizda lokal tarmoqdagi ixtiyoriy komp’yuterning internetdagi adresi to`rt bayt bilan ifodalanishini ta`kidlagan edik. Masalan, 696.22.231.79 Hozir bo`lsa har bir komp’yuter o`zining takrorlanmas (unikal) domen ismiga ega deb aytdik. Masalan, www.abcdef.com Bu erda qarama-qarshilik yo`q. Bu faqatgina tarmoqdagi komp’yuterning ikki xil formada berilgan adreslarining ko`rinishidir. Inson uchun sonli adres bilan ishlash juda noqulay domen ismlarni bo`lsa eslab qolish, ular bilan ishlash oson va qulaydir. Odatda domen ismlar mazmunida belgilaydigan ob`ektning bosh harflari yoki ularning qisman yoki to`liq ismlari bo`lishi mumkin. Masalan, Microsoft kompaniyasining Web-serveri www.microsoft.com, «Kosmos TV» kompaniyasi Web serveri www.kosmostv.ru ismlarga egadir. Raqamli iqtisodiyot Domenli adreslarni sonli adreslarga tarjima qilish bilan DNS serverlar xizmati shug’ullanadi. Biz www.abcde.com serverdan olishimiz kerak bo`lgan sahifamiz dastlab DNS server tomonidan qayta ishlanib undan so`ng IP-adresga jo`natiladi. Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlarining orasida fayllarni qabul qilish va uzatish ancha katta foizini tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni (masalan, kitoblarni) hamda arxiv ma`lumotlarni (katta hajmdagi yoshintirilgan ma`lumotlar) fayllar ko`rinishida uzatishga zaruriyat tug’iladi. FTP xizmati dunyo tarmog’ida o`zlarining serverlariga ega bo`lib, unda arxiv ko`rinishidagi ma`lumotlar saqlanadi. FTP protokoli server va klientlar o`rtasidagi ikkita TCP qo`shilmalar (soedineniya) bilan bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo`shilma bilan ma`lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo`shilma bilan ma`lumotlarni boshqarishda foylaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan klientning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan odatda komertsiyali serverlar va chegaralangan serverlar o`zlarida qayd etilgan klientlarga foydalanuvchining ismini va u bilan bog’liq parolni kiritishini talab qiladi. Ammo o`n minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko`rinishda o`zlarining xizmatini taklif etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so`zini va parol sifatida elektron aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko`p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling