Shahar dizayni sillabus kelishildi: “Arxitektura muhandisligi” fakulteti dekani: Doh Sun Boong Fan dasturi “


Download 132.33 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi132.33 Kb.
#1566980
  1   2   3
Bog'liq
Shahar dizayni



Shahar dizayni

SILLABUS



Kelishildi:

Arxitektura muhandisligi” fakulteti dekani: Doh Sun Boong


Fan dasturi Arxitektura muhandisligi” yo'nalishining 2022-2023 o'quv yilidagi 3-kurs uchun tasdiqlangan ISHCHI O'QUV REJASI soatlari asosida tuzilgan.

TASDIQLANDI”



Farg‘ona shahridagi Korea Xalqaro universiteti o`quv bo`limi:
_____________________________ Baek Jon Jin
_____________________________ Nazil Fazilov

2023 yil «_____»_____________________

FANNING O'QUV DASTURI (SILLABUS)



Akademik daraja

Bakalavr

Ta`lim
yo'nalishi

Arxitektura muhandisligi

Fan kodi




Semestr

2

Fan nomi

Shahar dizayni

Modulning
davomiyligi

15 hafta

Kredit hajmi
(1 kredit = 15 soat)

3

Tayyorladi

O`rmonov Baxrom Ilxomovich urmonov.bahrom1989@gmail.com

Ajratilgan akademik
soat hajmi

90

Talabalarni erkin qabul qilish kunlar

Juma,
soat 12.30 - 15.50

Shundan:
Auditoriya

45

Mustaqil ish

45

Fan bo'yicha talabaning bilimi, ko'nikmasi va malakasiga qo'yilgan talablar


Mazkur fanni o'rganish davomida talaba:



  • Shaharsozlik, shahar qurilishi va dizayniga oid terminlarni tushunishi;

  • Shaharlarni loyihalash va arxitekturaning shahrsozlikdagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo’lishi;

  • Shaharsozlikning hozirgi kundagi asosiy yutuq va muammolarini bilib olishi;

  • Shaharlarni loyihalash boyicha ko'nikmalariga ega bo'lishi;



Fanga ajratilgan soatlar. Fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi 90 akademik soat bo'lib, shundan auditoriya mashg'ulotlari 45 soatni, mustaqil ta’lim 45 soatni tashkil etadi. Auditoriya mashg'ulotlarida jami 45 soat (45 soat ma’ruza) fan mavzulari o'qitiladi va oraliq va yakuniy nazoratlar uchun 2 soatdan jami 4 soat vaqt ajratilgan.


Fanni o'zlashtirish va mustaqil o'qib-o'rganish uchun asosiy adabiyotlar ro'yxati:

  1. D.U.Isamuhamedova, M.K.Mirzayev “Zamonaviy shaharsozlik nazariyas” O`quv qo`llanma. Т. 2015.

  2. F. Chorshanbiyev “Sahar qurilishi asoslar”i. O‘quv qo‘llanma Samarqand 2021

  3. D .U .Isamuxamedova. “Turar-joy tumani loyihasi” -Т .: “Fan va texnologiya”, 2015.


Fanni o'zlashtirish va mustaqil o'qib-o'rganish uchun qo`shimcha adabiyotlar ro'yxati:



  1. Mirzayev M.K., Latipov D.V. O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik asoslari. O’quv qo’llanma. T.2000 TAQI.

  2. Isamuhamedova D.U. «Shaharsozlik asoslari». O'quv qo'llanma. T., 2000

  3. Krystyna Solarek Urban Design in Town Planning Current Issues and Dilemmas from the Polish and European Perspective. 2021



Fan mashg'ulotlarining rejasi





Mavzular

Soatlar hajmi

1.



Kirish Shaharsozlikning paydo bo`lishi
Shaharlarning rivojlanish bosqichlari
Shaharsozlik nazariyalarining rivojlanishi

3

2.

Shaharsozlik faoliyatining tarkibi va obyekti
Shaharsozlikning hozirgi zamondagi asosiy masalalari va
muammolari



3

3.

Aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish
Shaharsozlik va aholi joylashuvi
Aholi yashash joylarining turlari va shakllari

3

4.

Aholi joylashuvi va tabiiy muhit
Tumanni rejalashtirishda hududning tahlili.
Hududni tabiiy shart-sharoitlar bo`yicha baholash
Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari

3

5.

Shaharning rejaviy tuzilishi
Shaharning tarhiy tarkibi

3

6.

Shaharning asosiy funksional hududlari
Shaharning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar

3

7.

O`zbekiston shaharsozligining hozirgi zamon xususiyatlari va muammolari.
O`rta Osiyo shaharsozligining qisqacha rivojlanish tarixi

3

8.

O`zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari
O`zbekiston Respublikasida hozirgi zamon aholi joylashuvi xususiyatlari
Oraliq nazorat

3

9.

Shaharni me’moriy-badiiy kompozitsiyasi
Shaharning me‘moriy-badiiy ko‗rinishini tashkil etuvchi asosiy omillar

3

10.

Me‘moriy ansambl, dinamika, shakl va boshqa xususiyatlar.
Kompozitsiya qoidalari

3

11.

Arxitekturada me‘moriy-badiiy yechimlar
Tanqidiy taxlillar

3

12.

Shaharsozlik nazariyasining ekologik asoslari
Atrof-muhit muhofazasining umumiy masalalari
Landshaft dizayni

3

13.

Shaharsozlikda atrof-muhitni muhofaza qilish
Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash

3

14.

Shaharsozlik nazariyasining estetik asoslari
Shaharsozlikda estetik bilimlar tuzilmasi
Shaharsozlik nazariyasi estetik bilimlarining qo`shni sohalar
bilan o‗zaro aloqasi.

3

15.

Shaharsozlik loyihalashda badiiy ijod
Ansambl. Kompleks (majmua). Kompozitsiya
Yakuniy nazorat

3




Jami

45



Mashg‘ulotlar o‘tkazishda qo‘llaniladigan jihozlar, dasturlar yoki ma’lumotlar manbalari:

  1. Elektron doska.

  2. Amaliy mashqlar bajarish laboratoriyasi.

  3. Mavzular bo‘yicha prezentatsiyalar (RRT), audio fayllar, video roliklar.

  4. Qo‘shimcha dasturlar (-“AutoCad”, “ Adobe Photoshop”, “3ds max”)

  5. Youtube platformasidagi roliklar

Loyiha ishini bajarish bo'yicha ko'rsatmalar




Talaba keng qamrovli bilimlarga ega bo'lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog'lay olishi lozim. Ushbu maqsadga erishishda talaba o'z ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun mazkur fandan loyiha ishini bajarishi talab etiladi.
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifaning yechilishi va tadqiqot ob’yekti sifatida muayyan bir kichik tumanning bosh rejasini olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga bo'lingan holda kurs davomida bir marta topshiriladi. Loyiha ishida shaharsozlikka oid bir yoki bir-biri bilan bog'langan bir nechta masalalarni komanda bo'lib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qo'yilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bog'liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega bo'ladilar.

Loyiha ishini bajarish bosqichlari:





  1. Loyiha ishi mavzusini tanlash.

  2. Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy xujjatlar, yo'riqnomalarni yig'ish.

  3. Loyiha ishi rejasini tuzish.

  4. Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.

  5. Loyiha ishini himoyaga tayyorlash.

Loyiha ishida aks etadigan jihatlar: mavzuning dolzarbligini asoslash, o'rganilganlik darajasini tahlil qilish, asosiy qismni yoritish, tahlillarni amalga oshirish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
FANNI BAHOLASH MEZONI VA REJASI
Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), unung ichiga darsdagi faolligi va topshiriqlar kiradi, oraliq nazorat (ON), yakuniy nazorat (YaN).

Download 132.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling