Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida to'planib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
Workshop. Talabaning darsga kelishi, mashg'ulotlarda faolligi va ekspress tarzda berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba kichik guruhlarga bo'lingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual ko'ranishida himoya qiladi. Guruh a'zolari (komanda) uyushgan holda pedagog-o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qo'yilgan umumiy ball, har bir a’zo-talabaga qo'yilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda o'qituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqni Esse/Hisobot (2000 so'zdan kam bo'lmagan) ko'rinishida bajaradi.
Oraliq imtihon/nazorat (ON). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida dars mashg'uloti vaqtida (yozma shaklda) olinadi. Unda quyidagilar aks etadi: Savol-javob. Modulning 8-haftasiga qadar o'tilgan mavzular asosida tuzilgan savollarga javob yozish.. Atamalar izohi. Fanga doir ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar, kategoriyalarning ma’nosi, tavsifi yozma ko'rinishda izohlanishi so'raladi.
Yakuniy imtihon/nazorat (YaN). Modulning oxirgi (15-haftada) haftasida test, atamalar izohi va muammoli vaziyat (oraliq nazoratdan keyingi o'tilgan mavzular asosida) ko'rinishida amalga oshiriladi (yozma shaklda). Yakuniy imtihon/nazorat variantlari 8-haftasidan keyingi o'tilgan mavzular asosida savollar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |