Shahar tumani umumiy o’rta ta’lim maktabi Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi
Download 342.72 Kb.
|
Jismoniy-tarbiya-ish-rejasi-2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-sinf 4- chorak (16 soat )
- Amaliy: Nazorat ishi
- Nazariy
- Amaliy: Yengil atletika
- SALOMATLIK DARSLARI MAVZULARI
- Sog’lom avlod asoslari”
- TAQVIM – MAVZU REJA 5 -SINF Jismoniy tarbiya 68 soat
SALOMATLIK DARSLARI MAVZULARI Ushbu mavzular nazariy bilim berish orqali, ya’ni fan o’qituvchilari tomonidan darsning tayorlov qismida (2-3 daqiqa) o’qitilib boriladi. Jumladan: “Hayot xavfsizligi asoslari” dasturidagi mavzularni Jismoniy tarbiya fani tarkibiga integratsiyalanishi: 6-sinf. “Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida xavfsizlik choralari” - Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida xavfsizlik choralari. “Sog’lom avlod asoslari” o’quv dasturini Jismoniy tarbiya fani tarkibidagi integratsiyalanishi 5-sinf. “Poyabzal va uni salomatlikka ta'siri” - Ustki va poyabzal kiyimning gigiena talablari; “Virusli gepatitning oldini olish” - Shaxsiy gigiena qoidalari; “Zararli odatlar haqida tushuncha” - Tamaki va spirt ichimliklar iste'mol qilishning zarari; “Kirish” - Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati; “Inson tanasi gigienasi” - Tozalik salomatlik garovi; “Salomatlikka zarar yetkazuvchi illatlar” - Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson salomatligiga ijobiy ta'siri; “Gripp va uning asoratlari” - Shamollash kasalligini oldini olish choralari; “Tamaki chekishning zarari” - Tamaki mahsulotlarining inson organizmiga salbiy ta'siri; “Ekologiya va salomatlik” - Tabiatning sog’lomlashtiruvchi omillari orqali chiniqish. 6-sinf. “OITV va OITSning tarixi” - Tibbiy nazorat; “Ilk o’smirlik davridagi psixologik o’zgarishlar” - Zararli odatlarning inson salomatligiga ta'siri; “Mikroelementlar haqida umumiy tushuncha” - Ovqatlanish tartibi; “O’quvchilarning tashqi ko’rinishiga qo’yiladigan gigiena talablari” - Shaxsiy gigiena; “Jamoat sanitariyasi – salomatlik garovi” - O’quvchilarning shaxsiy gigienasi va kun tartibi; “Qiz va o’g’il bolalar organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar” - Tanani parvarish qilish tartibi; “Shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari” - Mashqlarni tartib-intizom va jadallik bilan bajarish tartibi; “Inson nima sababdan kasal bo’ladi” - Tibbiy nazoratdan o’tkazishning ahamiyati. 7-sinf. “Shaxsiy gigiena va salomatlik” - Shaxsiy gigiena qoidalari; “Sil kasalligi va uning oldini olish” - Jismoniy mashqlarni bajarish davomida to’g’ri nafas chiqarish qoidalari; “OITV va OITSning yuqish yo’llari” - Shaxsiy gigiena; “Reproduktiv yoshdagi aholi salomatligini saqlash to’g’risidagi qonunlar” - Ochiq havoda sayr qilishning organizmga ijobiy ta'siri; “Yoshlar OITV va OITS haqida bilishi kerak” - Tanani parvarish qilish tartibi; “Giyoqvand moddalar iste'mol qilishning oqibatlari” - Tanani parvarish qilish tartibi; “Turmush tarzi va salomatlik” - Quyoshda chiniqish qoidalari. 9-sinf. “Zamonaviy emlash taqvimi” - Jarohatlanishda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish; “OITV va OITS bo’yicha dunyo va O’zbekistondagi vaziyat” - Tibbiy nazorat; “OITV va OITSga qarshi kurashish usullari” - O’z-o’zini nazorat qilish tartibi; “Giyohvand moddalarga qarshi «Yo’q!» deng” - Xavfsizlik choralari. Mazkur taqvim-mavzuiy rejadagi mavzular DTS va o’quv dasturi asosida o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan BKMni shakllantirish maqsadida tuzilgan. Ushbu taqvim-mavzuiy rejada berilgan (a, b, ...) bandlar dars mavzusini o’qitilishidan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazishga yordam berishga qaratilgan. Shu bilan birga, umumiy o’rta ta’lim maktablari Jismoniy tarbiya fani o’qitilishida o’qituvchilari tomonidan taqvim-mavzuiy rejaga o’zgartirish kiritishlari mumkin. Bunda maktab sharoiti va sport anjom-jihozlarining mavjudligini inobatga olgan holda Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi asosida bo’lishi lozim. TAQVIM – MAVZU REJA 5-SINF Jismoniy tarbiya 68 soat
Download 342.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling