Shahar va sanoat ekologiyasi


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi


Download 190.5 Kb.
bet3/9
Sana30.09.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1690289
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
portal.guldu.uz-sillabus

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
“SHahar va sanoat ekologiyasi” fani asosiy umumkasbiy fanlardan hisoblanib, 1-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy (oliy matematika, informatika, fizika, kimyo, ekologiya) fanlar, umumkasbiy fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Dunyoning barcha sanoat rayonlari kabi sun’iy ekotizimlarida ma’lum ekologik muammolar mavjud va ularni ilmiy asosda o‘rganish va hal qilish muhim ahamiyatga egadir. SHaharni ifloslanishdan saqlash, shaharlarning tabiatga etkazadigan zararini kamaytirish; ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’sirini me’yorlash; tabiiy ekotizimlarga bosimni kamaytirish; havo, suv, tuproqlarning ifloslanishi va ularning muhofazasi; shahar va sanoat zonalarini ko‘klamzorlashtirish; chiqindisiz va kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish,sanoat chiqindilarining ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlari; ekologik audit va pasportlashtirishda ahamiyati kattadir va barcha sohalarga tegishlidir.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “SHahar va sanoat ekologiyasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish lozim. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va vertual stendlardan foydalaniladi.
Fanning o‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan mavzulari ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Mavzularni yoritishda kompleks va tizimli yondashuvdan keng foydalaniladi. SHuningdek, chuqur va atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik metodlar–“Aqliy hujum”, “Klaster”, “Munozara”. “Loyiha tuzish”, “Modellashtirish”, “Tadqiqot”, “Taqdimot o‘tkazish” tarzida o‘tish ko‘zda tutiladi. Ma’ruzalar ko‘rgazmali o‘quv qurollari, multimedia hamda masofaviy ta’lim yordamida tashkil etiladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslariga mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar tanlanadi.



Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling