Aholiga hizmat ko’rsatish guruhiga quyidagi tashkilotlarda ishlovchilar kiradi:
- bolalarning maktabgacha bo’lgan tashkilotlarida;
- maktablarda;
- madaniyat va san’at tashkilotlarida - sog’liqni saqlash tashkilotlarida; - jismoniy tarbiya va sport; - savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish tashkilotlarida; - boshqaruv, moliya, aloqa va turar-joy kommunal tashkilotlarida. Aholining sonini aniqlashda asos bo’lib shahar tashkiliy asos guruhi xizmat qiladi. Shaharning kattaligiga qarab bu guruh aholining umumiy sonida turli ulushga ega.
Shahar tashkil qiluvchi guruhlarga quyidagilar kiradi: - barcha sanoat va qishloq xo’jaligi tashkilotlari, engil, oziq-ovqat va mahalliy sanoat tashkilotlari, hamda moddiy-texnika ta’minot omborlari va bazalari; - tashqi transport korxonalari, tashkilotlari va inshootlari; - qurilish-montaj tashkilotlari; - ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari; - shaharlararo ahamiyatga ega bo’lgan davolash-sog’lomlashtirish tashkilotlari;
. Shaharlarning kelajakdagi aholisi sonini aniqlash. SHaharni loyihalashtirishda rejaviy me’yorlarni qabul qilish uchun avvalo uning aholisining sonini hisoblab aniqlash kerak. YAngi aholi joyini tashkil qilish yoki mavjud bo’lgan shahar yoki posyolkalarni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan omillar shahar hosil qiluvchi omillar deyiladi. Shaharlar kelajakdagi aholisi sonini hisoblashniig bir nechta usullari ma’lum. SHaharsozlik loyihalashda quyidagi usullar qo’llaniladi: - statistik ekstrapolyasiya; - hududning chegaraviy-demografik sig’imi; - turli yoshlardagi aholi guruhlarining o’zgarishi; - energoishlab chiqarish sikllari, - mehnat balansi. Aholi joylashuvining turli shakl va turlari jamoat ishlab chiqarishi asosida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Mehnat qilish joylari yangi shahar va poselkalarning paydo bo’lishi hamda mavjudlarini rivojlantirish, ularning o’lchamlari aholi sonini belgilaydi. 46 Bu omillar shahar tashkiliy guruhi deb ataladi, ularga tegishli korxona muassasalar shahar tashkiliy guruhini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |