Shaharni me’moriy-badiiy kompozitsiyasi


Me’moriy ansambl, dinamika, shakl va boshqa xususiyatlar


Download 19.09 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi19.09 Kb.
#1038053
1   2   3   4
Bog'liq
SHAHARNI ME

6.2. Me’moriy ansambl, dinamika, shakl va boshqa xususiyatlar.
Memoriy ansamblni qurishda imoratlarning qavatini, shaklini, uzunligini,
enini, silueti, rangi va xokazolarni tanlash katta ahamiyatga ega.
Ochiq makonlarning o’lchamlari, shakli, proporsiyalari, yoritilganligi,
dinamikasi yoki statikasi, rang koloriti va boshqa xususiyatlarining ahamiyati ham
kam emas.
Shaharsozlarning eng murakkab vazifalaridan biri - shaharning u yoki bu
ansambllarini vizual qabul qilish uchun ma’lum bir sharoitlar yaratish, erkin
maqonlar tizimini, turar-joy massivlari, ish joylari, jamoat mar azlari va dam olish
joylari orasidagi shahar ichi aloqalarini hal etish. Bunda erkin makonlar roli juda
katta.
150151
Garmoniya va birlik har qanday me’moriy ansambl qurilishining majburiy
sharti hisoblanadi. Ular metr va ritm, o’xshashlik, kontrast yoki nyuans,
simmetriya yoki assimmetriya, rang, proporsiya, masshtab, va masshtablilik kabi
kategoriyalardan foydalanish kerakligini bildiradi.
Ritm – turar-joy tumanlari markazi va jamoat joylari me’moriymakoniy
kompozitsiyasida makonning yo’nalishi dinamikasini va o’lchamlarini bildiradigan
vosita sifatida qo’llaniladi.
Metr - ritmning eng oddiy shakli. M.Ginzburg: ritm - shakllarning makoniy
taqsimlanishiga rahbarlik qiladigan va u yoki bu guruhlarni tashkil etadigan, bir
joyda yig’adigan va zichlashtiradigan, boshqa joyda kamaytiradigan, yuqoriga
ko’tariladigan va pastga tushadigan asosiy kuch, qonuniyatlarning kompleksidir
deb aytgan edi.
O’xshashlik, nyuans va kontrast makonning me’moriy uyg’unlashuvchi
vositalar bo’lib, birgalikda makoniy birlik qurish vositasi sifatida xizmat qiladi.
O’xshashlik
-
bir xil elementlarning qaytarilishi, kurilishni
sanoatlashtirishning ajralmas xususiyati.
Nyuans farqlar - detallar o’zgarishida ko’rinadi. Kontrast farqlardan farqli
o’larok, aniq bilinadigan me’moriy mavzuga ega emas.
Makonni me’moriy tashkil etishning muhim vositalaridan bo’lib kotrast
xizmat qiladi, u shaharsozlikda makonning ma’lum bir qismini belgilovchi aksent,
markaz sifatida harakat yo’nalishini o’zgartiruvchi, to’xtatuvchi vazifasini o’taydi.
Aksentlarning ritmik va metrik joylashishi turar-joy muhitini tashkil etadi,
aksentlarning yagonaligi bosh ansamblning joylashuvini ko’rsatadi. Aksentlarning
ko’pligi esa turar-joy muhitining ancha murakkab makoniy tuzilishi xaqida dalolat
beradi.
Aksentlarning tasodifiy joylashishi me’moriy g’oyaning tushunarliligini
buzadi va binolarning shaharsozlik ahamiyatini pasaytiradi.
Me’moriy ifodalilik va makonni tashkil etish vositalariga simmetriya va
assimmetriyani ham qo’shish mumkin. Har qanday simmitriya uning 152
elementlarining simmetriya o’qiga nisbatan o’xshashlik yoki nyuans munosabatlari
bilan belgilanadi.
Assimetrik kompozitsiya
uning asosiy elementlarining kontrast
munosabatlarida ikkinchi darajali qismlarida o’xshash elementlarga ega bo’lishi
mumkin. Assimetrik echimda tomoshaviy, makoniy muvozanat taasurotini yaratish
ayniqsa muhim.
Proporsiya, rang, me’moriy shakl (siluet) yuqorida sanab o’tilgan asosiy
vositalar: ritm, o’hshashlik, kontrast, aksenti nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi
va ularning me’moriy ahamiyatini yanada ko’proq ochishda foydalaniladi.
Qurilmalar uyg’unligini baholashning muhim mezoni bo’lib uning
masshtabliligi xizmat qiladi.
Masshtablilik - bu shakllarning yiriklik darajasini inson o’lchamiga
mutanosiblikda nisbatlashga tushuniladi.

Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling