Shaharni me’moriy-badiiy kompozitsiyasi


Sankt Peterburg, Kazan sobori oldidagi maydon


Download 19.09 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi19.09 Kb.
#1038053
1   2   3   4
Bog'liq
SHAHARNI ME

Sankt Peterburg, Kazan sobori oldidagi maydon.
Sanoat maussasalari va ularning komplekslari ham shaharning me’moriy ko’rinishiga ko’proq ta’sir ko’rsata boshlamoqda. Birinchi o’rinda baland muhandislik inshootlari, yirik ishlab chiqarish binolari, ma’muriy-boshqarish binolari va ilmiy-tadqiqot institutlari korpuslari ta’siridir. Shahar ansambllarining muhim elementlari yirik jamoat binolari: teatrlar, konsert zallari, san’at saroylari, muzeylar, kinoteatrlar va h.k.lar hisoblanadi. Ular keng ko’chalar va maydonlarning vizual yakunini tashkil etishga, atrofdagi turarjoy qurilmalari bilan zaruriy kontrastni yaratishga yordam beradi.

Shaharning umumiy me’moriy-badiiy ko’rinishini yaratishda yashil


o’simliklarning, bog’ va parklarning ahamiyati katta. Ko’kalamzor hududlar shahar muhitini sog’lomlashtirish funksiyasi bilan birga me’moriy ob’ektlar va shaharning barcha qurilmalarini boshqacha qabul qilishga yordam beradi.
Sankt Peterburg, Petergof.
Shaharlar rejasi va qurilishiga, hamda ularning badiiy ko’rinishiga suv
havzalari katta ta’sir ko’rsatadi. Qurilmalarning old tomonidan suv havzalariga qarashi, qirg’oqbo’ylarini arxitekturaviy echimi bilan jamoat markazlarini suv havzalariga olib chiqish, ko’kalamzorlashtirish va relefdan unumli foydalanish ko’p tomonlama ma’nodor shahar panoramasini tashkil etadi.
Rang ham shaharsoz palitrasida muhim element hisoblanadi. SHahar rejaviy tuzilmasida rang aksentlarini o’ylab qo’llash shaharning me’moriy muhitini ta’sirchanligini oshiradi. Iqlimiy sharoitlar tufayli o’simliklar deyarli bo’lmagan va qurilmalar ma’nodorligi asosan bino arxitekturasi yordamida yaratiladigan shaharlarda rangdan unumli foydalanish ayniqsa muhim.
Hozirda amalda qo’llaniladigan kompozitsion vositalardan biri – yangi shahar qurilishiga me’moriy yodgorliklarni kiritish hisoblanadi. Me’moriy yodgorliklarga nafaqat alohida bino va inshootlar, balki shaharsozlik va arxitektura yodgorliklari – me’moriy ansambl va majmualar, tarixiy markaz va kvartallar, maydonlar, ko’chalar, va boshqa aholi punktlarining qadimgi rejasi va Tarixiy obidalarning plastik shakllari zamonaviy qurilmalari qoldiqlari kiradi.
binolarning tekis yuzalari bilan kontrast hosil qilib, qurilmalarni jonlantiradi, hamda eski va yangi arxitekturaning qadr-qimmatini oshiradi. Shahar silueti. Buxoro va Xiva shaharlari. Shaharning badiiy ko’rinishi individualligini namoyon etishda uning silueti
katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat har xil qavatli binolarni relefda joylashtirish,
shuningdek, shaharga temir yo’l va magistrallardan kirishning me’moriy ma’noga
egaligi bilan belgilanadi.

Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling