Ayniyat, tafovut, qarama - qarshilik, ziddiyat tushunchalari va ularning o’zaro bog’liqligi.
«Ayniyat» tushunchasi narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga, narsa – hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Ayni bir xil bo’lgan narsaning o’zi yo’q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan ikki barg xam bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jihatlarga ega. Hech bo’lmaganda, ular bir-biridan makondagi o’rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo’lsak, bir – biriga tashqi tomondan tamomila o’xshash bo’lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko’p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo’lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa-hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Olamning mavjudligi-miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon bo’ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo’lmagan miqdoriy o’zgarishlar asta-sekin to’plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo’li bilan tub sifat o’zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma – xil narsa va hodisalar bir – biridan o’z sifati bilan ajralib tradi. Sifat – narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo’lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo’lsa, uni shundayligicha ko’rsatib beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog’liqlikda namoyon qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir – biriga o’xshashligi yoki o’xshamasligini ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yig’indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o’zgarishi, muqarrar suratda, xossaning o’zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o’zgarishi har doim sifatning o’zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo’q bo’lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |