Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ch talim 3-22guruh talabasi Baxtiyorova Dilnuraning tayyorlagan taqdimoti


Download 118.48 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi118.48 Kb.
#1484538
  1   2   3
Bog'liq
Miqdorlar orasidagi bog\'lanish turlari va ularga oid misollar.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ch talim 3-22guruh talabasi Baxtiyorova Dilnuraning tayyorlagan taqdimoti.

Miqdorlar orasidagi bog'lanish turlari va ularga oid misollar.

Reja:

  • Bog’lanish turlari. Qonun tushunchasi.
  • Ayniyat, tafovut, qarama - qarshilik, ziddiyat tushunchalari va ularning o’zaro bog’liqligi.
  • Miqdor, sifat, me’yor, sakrash tushunalari va ularning aloqadorligi.
  • Inkor, inkorni inkor tushunchasi, ularning o’zaro bog’liqligi. Falsafiy qonunlarning tibbiyotda namoyon bo’lishi.

Bog’lanish turlari. Qonun tushunchasi.


Sakrashning turlari o’z xarakteriga ko’ra tabiat va jamiyatda xilma–xil bo’lib, ular bir-biridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o’ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo’q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o’rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo’lish mumkin: birinchisi-portlash yo’li bilan bo’ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo’l bilan bo’ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o’tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga quyidagicha ta’rif berish mumkin: qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari, o’zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo’lishidir. Endi qonunning belgilariga to’xtalamiz:
-qonun turli tuman aloqadorliklar, bog’lanishlardan faqat muhimlarini, ya’ni shunday bog’lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi, o’zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo’ladi;
-qonun zaruriy bog’lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog’lanishlar, goh paydo bo’lib, goh yo’qolib ketadigan bog’lanishlarga asoslanmaydi;
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog’lanishlarini ifodalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog’lanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog’lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2004 yili qishdan keyin bahor kelib, 2005 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni – fasllar o’zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.
Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati – u ob’yektiv xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog’liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o’zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo’q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog’lanishlar, munosabatlar ob’yektiv xususiyatga ega.

Download 118.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling