Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari o’zaro chambarchas bog’langan bo’lishiga qaramay, ular ayrim o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Chunonchi:
-birinchidan, miqdor o’zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatning nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o’zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o’zgarish-lariga o’tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
-ikkinchidan, miqdor o’zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muhim ta’sir ko’rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100 gradusgacha suyuqlik holatini yo’qotmaydi, keyin esa bug’ga aylanadi, sifatini o’zgartiradi. Demak, sifat o’zgarishlari hodisalari tubdan o’zgartirilib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;
-uchinchidan, miqdor o’zgarishlari asta – sekin amalga oshadi va ko’p hollarda sezilmasdan o’tadi. Sifat o’zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to’satdan sodir bo’ladi;
-to’rtinchidan, sifat o’zgarishlari miqdor o’zgarishlariga qaraganda tub o’zgarish bo’lib hisoblanadi.
Sakrashning ikkinchi turida esa eski sifat elementlarining asta-sekin yo’qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to’planishi natijasida yangi sifat paydo bo’ladi. Shunday qilib, sakrash quyidagi jihatlarga ega:
-birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob’yektiv va qonuniy jarayondir;
-ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o’zgarishlaridan tub sifat o’zgarishlariga o’tishdir;
-uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli pa ydo bo’ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
-to’rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo’ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq ob’yektiv voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro’y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |