Shahrisabz davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar kafedrasi
Download 23 Kb.
|
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOBALLASHUV ASOSLARI fanidan
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI MILLIY G’OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI 202-GURUH TALABASI NURMATOVA MATLUBANING GLOBALLASHUV ASOSLARI fanidan REFERAT O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, BMTning rasmiy sayti (un.org), shuningdek, sputniknews-uz.com, rt.com, currenttime.tv va boshqa portallarda onlayn tarzda efirga uzatildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, BMTning rasmiy sayti (un.org), shuningdek, sputniknews-uz.com, rt.com, currenttime.tv va boshqa portallarda onlayn tarzda efirga uzatildi. Davlatimiz rahbarining, ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslariga xorijiy internet nashrlarida alohida e’tibor qaratilgan. BMT rasmiy saytida (un.org) yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi, terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi. «Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti. Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotganini ta’kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev «globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish"ni taklif etdi. «Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir", dedi Shavkat Mirziyoyev", deb yozadi BMT sayti. TASS axborot agentligi (tass.ru) yozishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasiga yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqish hamda ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolutsiyani qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari jahon jamoatchiligiga "islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini" yetkazishga chaqirdi. «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz", dedi O‘zbekiston rahbari hamda islom dini "ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga" da’vat etishini qayd etdi". O‘zbekiston Prezidenti BMTga a’zo davlatlarga "BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi" bilan murojaat qildi. «Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan", deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev", deyiladi TASS xabarida. Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ham xorij ommaviy axborot vositalarining alohida e’tiborini tortdi. BMT rasmiy sayti (un.org) axborot berishicha, Shavkat Mirziyoyev Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi hamda xalqaro hamjamiyatni Orol dengizi butkul qurishining oldini olishga chaqirdi. «Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda», dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Prezidenti BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi. Prezident Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash muammolari to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, mintaqaning umumiy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga to‘xtaldi: «BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q», deb yozadi un.org sayti. O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda, deb ta’kidlaydi «Sputnik» yangiliklar agentligi (ru.sputniknews-uz.com). «Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi. Sentabr oyining boshida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir», dedi O‘zbekiston rahbari". Shavkat Mirziyoyev suv resurslari bilan bog‘liq murakkab va global mavzuga to‘xtalar ekan, bu muammoga BMT shafeligida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlarini hisobga olgan va murosaga asoslangan holda yondashish lozimligini yana bir bor alohida qayd etdi. «Rossiya 24» telekanali xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Bosh Assambleyadagi nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari sammitini o‘tkazishni taklif etdi hamda bunday tadbirlar siyosiy ishonch darajasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. «Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz", deb ta’kidladi O‘zbekiston rahbari". Xorij ommaviy axborot vositalari Shavkat Mirziyoyevning BMT faoliyatini isloh qilishga doir tashabbuslariga e’tibor qaratdi. Rossiya axborot agentligi (ria.ru)ning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarurligini ta’kidladi hamda BMTning yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi. «Anadolu» axborot agentligi (aa.com.tr) qayd etganidek, O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston BMTning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdori ekanini ta’kidladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida BMTga a’zo davlatlarga taqdim etilgan axborot xorij ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo‘ldi. tengrinews.kz axborot portali xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqini O‘zbekiston siyosati va iqtisodiyoti to‘g‘risida qisqacha sharh berishdan boshladi, oxirgi yilda mamlakatda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda global o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi. «Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti". BMT bilan hamkorlik haqida so‘z yuritar ekan, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston demokratik huquq va erkinliklarni mustahkamlash sari qator muhim choralar ko‘rganini, jumladan, xorijga chiqish vizalari bekor qilinganini ta’kidladi. TASS axborot agentligi (tass.ru) O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib O‘zbekiston maqsadi demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat tub islohotlar amalga oshirayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi. «Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak», deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev. U Assambleya ishtirokchilariga mamlakatning barcha hududlarida Prezident qabulxonalari tashkil etilgani haqida xabar qildi. Ularga murojaat qilgan bir milliondan ortiq fuqarolar o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qildi". O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha choralar ko‘rildi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining tashrifidan so‘ng inson huquqlarini mustahkamlash va himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. «Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi», deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi axborot agentligi. Davlatimiz rahbarining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga oid fikrlari ham xorij media olamida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston AQSh Prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir, deb ta’kidlaydi Rossiya axborot agentligi (ria.ru). Prezident O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga bundan buyon ham hissa qo‘shadi, deb qayd etdi, deb yozadi Rossiya axborot agentligi (ria.ru). Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati (bbc.com/uzbek) – "Xalqaro moliyaviy tuzilmalar va AQSh ishbilarmon doiralari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar misolida Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrifdan O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiyot sohasida ikki tomonlama shartnomalar imzolashda samarali foydalandi. Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar va valyuta siyosatining liberallashtirilishi AQSh biznes hamjamiyatida O‘zbekistonga nisbatan qiziqish uyg‘otdi", deb ta’kidlaydi. Xorij ommaviy axborot vositalari, shuningdek, davlat arboblari va oddiy odamlarning Prezidentimizning nutqi va tashrifiga doir munosabatini ham yoritgan. «Amerika ovozi» radiosi “Vatandosh” jamiyati faoli N.Sodiqov bilan intervyuni e’lon qilgan. N.Sodiqov «Biz, o‘zbek diasporasi vakillari, Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifidan mamnunmiz, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bizni xursand qilmoqda. O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar Vatanimizga muhabbat, undan g‘ururlanish tuyg‘usini yanada kuchaytirmoqda», deb ta’kidladi. «Uzmetronom» axborot portali (uzmetronom.com) yozishicha, «O‘zbekiston Prezidentining Nyu-Yorkdagi nutqi – xorijda mamlakatimiz haqida shakllangan bir xil qolipdagi tushunchalarni maksimal darajada lo‘nda va ishonarli o‘zgartirganining tasdig‘idir. Mohiyatan, bu BMT Nizomida mustahkamlangan inson huquqlari ustuvorligi, umuminsoniy qadriyatlar, xalqaro hamkorlik subyektlarining o‘zaro munosabatlariga doir tamoyillarga to‘liq va so‘zsiz sodiq bo‘lgan davlatning yangi qiyofasini namoyish etadi. Vaqt qat’iy chegaralangan, auditoriyada shundoq ham axborot ko‘p bo‘lsa-da, nutqda fikrlarni qisqa bayon qilish usuli e’tiborni tortadi, deb yozadi axborot portali. Pragmatik siyosiy muhitda an’anaviy ravishda yaxshi qabul qilinmaydigan uzun, tarjima qilish murakkab gaplar, tarixga nazar va lirik chekinishlar yo‘qligi e’tiborga molik. Uning hamkorlarga aytadigan har bir fikri chuqur o‘ylangan. Har bir xatboshi – u fakt yoki tezis bo‘lsin, atigi bir gapdan iborat bo‘lib, tezda xotirada muhrlanishga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev atigi bir yil ichida O‘zbekistonda aynan nimalar o‘zgargani, mamlakatni nimalar tashvishga solayotgani, mavjud global muammolar sharoitida kelajakni qanday ko‘rayotganini maksimal darajada sodda shaklda auditoriyaga yetkazishga intildi. Fikr va bayonning tiniqligi ilgari surilgan takliflar bilan birga, Prezident sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, deyishga asos beradi. Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev «Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir», dedi hamda «Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim»ligini ta’kidladi. Xorijiy internet nashrlari davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi doirasida boshqa mamlakatlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarini ham yoritdi. «24 chasa» internet gazetasi (24chasa.bg) qayd etishicha, Bolgariya va O‘zbekiston Prezidentlari Rumen Radev va Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni va o‘zaro investitsiyaviy sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish uchun biznes-forum tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar. Prezidentlar ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi o‘zaro manfaatli ekaniga e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakatning mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalari yaqinligi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. "Gruziya Online" axborot-tahlil portali (apsny.ge) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini qabul qildi, deb xabar beradi. Uchrashuv chog‘ida tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo uylari tashkil etish va qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi hamda unda ilgari surilgan tashabbus va takliflar, tashrif doirasidagi uchrashuv va tadbirlar xorijiy ommaviy axborot vositalari va internet hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Internetda joylashtirilgan ko‘p sonli fikr va munosabatlar shundan dalolat beradi. Bu jarayon davom etmoqda. Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling