"Murakkab qoʻshma gap turlari "


Download 84.27 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi84.27 Kb.
#1125842
Bog'liq
Murakkab qoʻshma gap turlari

"Murakkab qoʻshma gap turlari "

Fargʻona davlat universiteti BT va STI yo'nalishi 19.37-guruh talabasi Tojiddinova Xumoraning matematika fanidan mustaqil taʼlim taqdimoti


1-AMALIY MASHG’ULOT. DARS ISHLANMA MAVZU: MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR GAPLAR. DARSNING MASADI:
Ta’limiy: murakkab eqo’shma gaplar mavzusini to’laligicha yoritib berish. Talabalarda tushuncha, bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish Tarbiyaviy: talabalarni kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Axloq odob qoidalarini o’rgatib boorish. Rivojlantiruvchi: murakkab qoʻshma gap turlarini bir-biridan toʻlalificha farqlay olish.
DARS USLUBI: suhbat, savol javob va ma’ruza DARS TURI: yangi tushuncha va bilim beruvchi, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, aqliy salohiyatni oshiruvchi dars. DARS JIHOZI: darslik, mavzu yuzasidan taqdimot, ko’rgazmali material DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash. BUGUN SINFDA KIM NAVBATCHI, MENGA BO’LAR YORDAMCHI?
2. Siyosiy daqiqa. Yangiliklar va ularga bo’lgan munosabat.
3. O’tgan mavzuni so’rash.
4. O’tilgan mavzuni savol-javob qilib olish.
YANGI MAVZU BAYONI Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga ko`ra bir butunlikni tashkil etgan, bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar Qo`shma gapni tashkil etadi. O`zbek tilida qo`shma gaplar ma`lum ma`no munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va ohangiga ko`ra uch tipga bo`linadi: 1. Bog’lovchisiz qo`shma gaplar 2. Bog’langan qo`shma gaplar 3. Ergash gapli qo`shma gaplar Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar murakkab qo‘shma gaplar deyiladi”.
Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi. Ko`rsatish olmoshlari odatda bosh gap tarkibida ( siz shuni unutmangki, ...)yoki bosh va ergash gaplarning tarkibida bo`ladi. ( Bog` shunchalik meva berdiki, bunchalik hosil ko`pdan beri olinmagan edi).
1. Aralash murakkab qo‘shma gaplar
2. Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
3. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
4. Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog‘lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
ARALASH MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi: Tog’ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO’SHMA GAP
Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo‘yi ko‘tarilib, bulut darvoza oralig‘ida charaqlab turardi. DAM OLISH DAQIQASI: bunda talabalar “bu qanday gap turi” o’yinini o’ynashadi.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH. Ko’rgazmali materialdan foydalangan holda yangi mavzuga doir savol-javob o’tkaziladi. UYGA VAZIFA BERISH: o’tilgan mavzuni mustahkamlab konspektlashtirish va mavzu yuzasidan 5ta gap tuzish
Download 84.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling