Shahrisabz davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar kafedrasi


Download 370.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi370.9 Kb.
#1380628
1   2   3
Bog'liq
MAVZU 5

TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR 

Industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p 
funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalar. 
Transmilliy kompaniyalar deganda ko‘pincha, o‘z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq 
mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. 



Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar 
mavjud bo‘lib, ularning dunyo bo‘yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. 
(Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK 
bo‘lgan bo‘lsa, 19 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida 
etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 
16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to‘g’ri keladi. XX asr 
so‘ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi. 
TMKlar bo‘yicha BMT komissiyasi o‘z vaqtida transmilliy kompaniyalarga 
quyidagicha ta'rif bergan: Bu kompaniyalar: 

- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq 
mamlakat birligini o‘z ichiga oladi; bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali 
umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi 
qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o‘zib ketuvchi; 

- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir 
nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan 
majburiyatlarni bo‘lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o‘zaro bog‘langan; 

“Trans” old qo‘shimchasi o‘z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan 
tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g‘oyalarni, didlarni, 
standart va texnologiyalarni butun dunyo bo‘ylab tarqatadilar; ular o‘z operatsiyalarini 
global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o‘z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. 

Download 370.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling