Shahrisabz shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli


Download 9.04 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi9.04 Kb.
#1677176
Bog'liq
Eshnayeva Durdona respublika tavsiyanoma


Shahrisabz shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli
16-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti
Eshnayeva Durdona Mansur qizi


TAVSIYANOMA
Eshnayeva Durdona Mansur qizi 2013 yilda Qarshi Davlat pedagogika universiteti Pedagogika psixologiya fakulteti Maktabgacha ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishini tamomlagan. 2016-yil sentabr oyidan boshlab Shahrisabz shahar “Tinchlik” nomli 18- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida psixolog lavozimida ish boshlagan. 2018-2019 yil mart oyidan Shahrisabz shahar12-Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida direktor vazifasida ishlagan.2019-yildan 22-Davlat Maktabgach ta’lim tashkilotida metodist, 2022-yildan 16- Davlat Maktabgach ta’lim tashkilotida o’rindosh metodist vazifasida ishlab kelmoqda.
U o‘zining ish faoliyatida tinmay innovatsion ijodkorlik ishlarini olib boradigan, axborot texnologiyalarini samarali qo‘llaydigan ta’lim-tarbiya jarayoniga yangiliklar kiritishga intiluvchanligi bilan hamkasblari orasida ajralib turadi.
Eshnayeva Durdona Mansur qizi o’zining jamodagi intizomi, izlanuvchan, faol va zukko pedagog sifatida ko‘rsata bildi.
O‘z kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarda, faol qatnashib kelmoqda.
U kamtarin to‘g‘ri so‘z, do‘stlariga nisbatan doim g‘amxo‘r, mehribon bo‘lganligi uchun ham ota-onalar va Maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi unga hurmat va ehtirom bilan qaraydi.
2023 yil avgust oyida Eshnayeva Durdona Mansur qizi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik tanlovining shahar bosqichida ishtirok etib “ Eng yaxshi metodisti” yo’nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Eshnayeva Durdona Mansur qizining “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida “Yilning eng yaxshi metodisti” yo’nalishi bo‘yicha ishtirok etib birinchi o’rinni egalladi va Respublika bosqichida “Yilning eng yaxshi metodisti” yo’nalishi bo’yicha ishtirok etish uchun tavsiya beradi.
Tavsiyanoma Respublika komissiya a’zolariga taqdim qilish uchun berildi.


Maktabgacha va maktab ta’limi
boshqarmasi boshlig‘i: U.Aripov
Download 9.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling